@Milliytiklanish_Toshkent "MILLIY TIKLANISH" TOSHKENT RASMIY SAHIFA
177 subscribers
15.8K photos
1.26K videos
4 files
6.3K links
Таклиф ва мулоҳазалар учун
@Uzmtdp_Tosh_vil. Партия Марказий Кенгаши mt.uz https://www.facebook.com/Toshkentviloyat
Download Telegram
#Toshkent_viloyati_chirchiq

DEPUTAT NAZORATI


🔹"Baxt" va "Gʻalaba" MFYlarda Chirchiq shahar Kengashi deputati Alisher ABDULLAYEV, Toshkent viloyati kasaba uyushmasi raisining o‘rinbosari L.Xolmuminova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 10 dekabrdagi 833-sonli "Ayollar daftari bilan ishlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarori ijrosini monitoring- tekshiruv, tahlil qilib, o‘rganish ishlari o‘tkazdilar.

🔹Monitoring jarayonida "Ayollar daftari" bilan ishlashda kamchiliklar va muammolar aniqlandi.

🔹Mahalla "7-yettilik" xodimlari bilan aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish, kelgusida bunday xatolarga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, Prezident, Senat, Oliy Majlis va Hukumat qarorlarini chuqur o‘rganish va ularga amal qilish zarurligi haqida tushuntirish ishlari olib borildi va qarorlarning ijrosi deputatlik nazorati ostiga olindi.

TelegramlFacebooklInstagraml YouTube
#Toshkent_viloyati_chinoz
#Ijtimoiy_lift

Toshkent viloyati Kengash deputati Nizamutdinov Shahboz Abdusamatovich - Toshkent viloyati Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshligʻi v.b etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar, “Chinoz hayoti” ijtimoiy-siyosiy gazetasi bosh muharriri lavozimida ishlab kelayotgan edi.


🔹“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent viloyati Kengashi  jamoasi partiyadoshimizni ushbu masʼuliyatli lavozim bilan tabriklaydi hamda kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyat tilaydi!

TelegramlFacebooklInstagraml YouTube
#Toshkent_viloyati_bekobod

SESSIYA

Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashining 7-chaqiriq 7-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Bekobod shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida hudud rivojiga doir muhim masalalar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Sessiyada jami 10 ta masala ko‘rib chiqildi:

BATAFSIL


TelegramlFacebooklInstagraml YouTube
#Toshkent_viloyati_chinoz

SOG’LOM HAYOTNI TANLAYMIZ!


🔹Chinoz tuman Kengashi deputati Surayyo AHMEDOVA va O’zbekiston jurnalistlar uyushmasi a’zosi T.Allaberganova ishtirokida 21-umumta’lim maktabining yuqori sinf o’quvchilari o’rtasida “Sog’lom hayotni tanlaymiz!” mavzuida ma’rifiy tadbir o’tkazildi.
🔹Unda S.Ahmedova yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning sog‘lig‘iga alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish bilan bog‘liq xavf-xatarlarning oldini olish haqida ma’ruza qildi.

TelegramlFacebooklInstagraml YouTube
#Toshkent_viloyati_chinoz

ALKAGOL VA TAMAKI MAHSULOTLARI ISTE’MOLIGA QARSHIMIZ!


🔹Toshkent viloyat Kengash deputati Farida IBRAGIMOVA “Xo’ja” MFY hududida joylashgan 2-sonli umumta’lim maktabining yuqori sinf o’quvchilari o’rtasida “Alkagol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishni oldini olish va uning zararli oqibatlari” mavzuida uyushtirilgan tadbirda ishtirok etdi.

TelegramlFacebooklInstagraml YouTube
#Toshkent_viloyati_zangiota

DOIMIY KOMISSIYA


Zangiota tuman Kengashining “Qonuniylikni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi” yig‘ilishi o’tkazildi.

Doimiy komissiya yig‘ilishida Xalq deputatlari Kengashi kotibiyat mudiri G.Tursunova, doimiy komissiya raisi Olimjon AKRAMOV, a’zolar Yo.Mirzaxmedova, F.Rajabova, A.Shapovalovlar qatnashmoqdalar.

Kun tartibidagi barcha masalalar muhokama etilib loyihalar tayyorlanmoqda.

TelegramlFacebooklInstagraml YouTube
#Toshkent_viloyati_ohangaron

DEPUTAT NAZORATI


🔹Ohangaron tuman Kengashi deputati Ibragimjon RAHMANOV "Eyvalek” MFYda mahalla yettiligi bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 10 dekabrdagi 833-sonli "Ayollar daftari bilan ishlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarori ijrosini monitoring- tekshiruv, tahlil qilib, o‘rganish ishlari o‘tkazdi.

🔹Mahalla ma’sullari bilan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, kelgusida bunday xatolarga yo‘l qo‘ymaslik haqida ogohlantirilib, berilgan vazifalarni bajarish deputatlik nazorati ostiga olindi.

TelegramlFacebooklInstagraml YouTube
#Toshkent_viloyati_nurafshon

FUQARO MUROJAATI


🔹Nurafshon shahar Kengashi deputati Kamronbek HAKIMOV "Uchqun" MFY mahalla yetiligi bilan fuqarolarning muammolarni bartaraf etish maqsadida qabul o‘tkazdi.
🔹Unda A.Yo’ldoshev, K.Ismatov, Z.Sultonovalar bandligik, moddiy yordam va subsidiya masalasida murojaat qildilar. Deputat muammolarni o’rganib, belgilangan tartibda hujjatlar taqdim etish va tegishli tashkilotga yuborishga kelishib oldilar.

TelegramlFacebooklInstagraml YouTube
#Toshkent_viloyati_ohangaron

DEPUTAT VA MAHALLA


🔹Ohangaron tuman Kengashi deputati Shaxlo KO’CHIMOVA "Yonariq" MFYdagi asosiy qatnov yo’li ta’mirtalab, yuk mashinalarda ko’mir olib o’tilishi hamda chiqindi maydoniga aylanib, aholi qatnovida qiyinchilik tug’dirayotgan edi.
🔹Deputatga aholi tomonidan qilingan murojaat yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan bog’lanib, ko‘mir tashilayotgan yo‘llar IES tomonidan tozalandi. Har hafta maxsus xizmat texnikalari bilan tozalanishi deputat nazoratiga olindi.

TelegramlFacebooklInstagraml YouTube
#Toshkent_viloyati_ortachirchiq

DEPUTAT TASHABBUSI


🔹O’rta Chirchiq tuman Kengashi deputati Dilora ATAXODJAYEVA tashabbusi bilan “Jangabay” MFY aholisi o’rtasida "Jigar sirrozi" kasalligiga sababchi Surunkali virusli gepatit kasalligini erta aniqlash maqsadida “Tezkor Ekspress test” tekshiruvini o’tkazildi. Shuningdek, haftaning har beshinchi kuni ushbu an’anani davom ettirishga kelishib olindi.

TelegramlFacebooklInstagraml YouTube