Panda Books
5.55K subscribers
2.41K photos
466 videos
8 files
2.13K links
Books & Book Reviews.
Zamonaviy mutolaa repertuari.

Insta: instagram.com/pandabooksuz

Donat: 8600312923143529
Reklama: @pandapochtabot
Download Telegram
Bu mashhur ibora nima degani?

"Qohira yozadi" - Misr, ayniqsa Qohira, tarixan arab dunyosining intellektual va adabiy markazi bo‘lgan. Ko‘plab mashhur arab yozuvchilari, shoirlari va mutafakkirlari Qohiradan yetishib chiqqan yoki u yerda ijod qilgan.

"Bayrut nashr qiladi" - Livan, xususan Bayrut, arab nashriyot sanoatining markaziga aylangan. U nisbatan erkin matbuoti va butun arab dunyosidan kitoblar hamda jurnallarni chop etadigan faol nashriyotlari bilan tanilgan.

"Bag‘dod o‘qiydi" - Iroq va uning poytaxti Bag‘dod arab dunyosidagi eng ma’rifatli va madaniyatli aholidan biriga ega edi. Bu adabiyot va bilimni chuqur qadrlaydigan yuqori savodli jamiyatning timsoli edi.

@panda_books
👍13❤‍🔥74🥰3🔥2
Forwarded from Panda Books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tarjima

Qachonki erkak kishidan "Ishlar qalay?" deb so'raganingda, u qisqagina javob beradi: "Hammasi joyida!".

Men senga bir gap aytaman. Bu erkak bilan hammasi joyida emas. U sen hatto tasavvur ham qilolmaydigan iblislar bilan kurashib yotibdi. U har kuni o'zida hayotda yana olg'a davom etish uchun sabab izlaydi.

Biz —"hammasi joyida" deyishimizning sababi shundaki, biz erkaklar bilamiz, aslida qay ahvoldaligimiz bilan hech kimning ishi yo'q. Shunday ekan, buni aytishdan nima ma'no?

Lekin bilasanmi..men seni tushunaman, birodar.

Chunki.. menda ham "Hammasi joyida!"...

📱 @panda_books
👍195🔥3😢3💯2🤨2🗿2😱1
​​Yoshligimizda sevib tomosha qiladigan multfilmlar texnik yuksak boʻlmasada, ancha chuqur falsafaga boy edi. Hozir bunaqalari kam uchraydi. Ulardan biri “Nemoni izlab” edi, masalan.

Undagi syujetga e’tibor bersangiz, aslida masxaraboz baliq Marlin avvaliga oʻz farzandlariga Marlin Kichkina deb ism bermoqchi boʻladi. Uning ayoli esa Nemo. “Mayli faqat bittasini shunday nomlaymiz” deydi Marlin. Ammo keyin sodir boʻlgan fojea: ayoli va bolalaridan ayrilishi, tirik qolgan yolgʻiz farzand…

Qiziq, Nemo aslida lotinchadan “Hech kim” degan ma’noni beradi. Yana uni otasidan boshqa hech kim koʻrmagan, Marlinga yoʻlda uchraydigan xotirasini yoʻqotgan Dori..

Bu falsafiy jihatdan aslida shunchaki farzandni izlash emasdi, bu Marlinning oʻzligini anglash yoʻlidagi sarguzashti, oʻz qoʻrquviga tik boqishga jasorat topish uchun yoʻlga chiqilgan safar edi.

Tubsiz okean, turli qoʻrqinchli va xatarli xavflar orasidan oʻtish… umuman hozir yoshi katta inson va avvalo ota koʻzi bilan qarasam, bu qanchalik mashaqqatli ish ekaniga yana bir bor amin boʻlayapman..


Albatta, bu mutlfilm va unda hammasi yaxshilik bilan yakunlanadi. Ammo hayotda hammagayam Nemosini topish nasib qilavermaydi.. koʻpchilik aqldan ozadi, yoʻlini yoʻqotadi.

Bir vaqtlar Nitshe aytganidek, “Agar uzoq vaqt inson tubsizlikka qarab tursa, tubsizlik ham unga qarab boshlaydi.”


@panda_books
19🔥10
Oxirgi oylarda menga atalgan barcha kitoblar qo’limga yetib keldi.

Oʻzim xorijda boʻlsam ham Panda Books aslo oʻz hamkorlik faoliyatini toʻxtatmaydi. Barchaga rahmat!

@panda_books
7❤‍🔥64👍4🤩3🔥2
Ibrohimbek qoʻrboshi haqida yangi reels. Like, izoh va follow…

https://www.instagram.com/reel/DMX4D2SI0Bp/?igsh=dDEwNjlhcDBibzRz

Sharing is caring!

@panda_books
🔥76
Laptopimdan oʻsmirlik maksimalizmi davrida Jon Styuart Millning “Erkinlik haqida” risolasini tarjimasini boshlagan ekanman. Albatta, oxiriga yetmagan, va oʻylaymanki, bu maqolani endi tarjima qilish hojati yo’q, chunki erkinlikka allaqachon erishib boʻldik-ku:)

@panda_books
🔥139❤‍🔥2💯2
Va nihoyat, kun kelib bir paytlar sotib olgan “Sayohat-albom”ingiz toʻlmasdan qolmasin…

@panda_books
8👍2🔥2
#muqova

Sal kechikib boʻlsa ham, qayd etib oʻtishim lozimki, Joze Saramagoning “Koʻrlik” romani muqovasi Top! Dizayner va nashriyot ishga did bilan yondoshgan.

Menga atalgan nusxa qoʻlimga endi yetib keldi, va nasib bu kitob mening bu yilgi “Oʻqulgʻon asarlar” roʻyxatimdan joy oladi.

@panda_books
18🔥5😇2
Bugun Huzur nashriyotining ilk doʻkon ochilishiga taklif qilishdi.

Kitob doʻkonlari yana bittaga koʻpayganidan juda xursandman.

25-iyul Juma kuni tantanali tadbir boʻlib oʻtarkan. @huzurkitoblari

Panda Books muxlislari orasida men bilan koʻrishishni istaganlar boʻlsa, men nasib qilsa oʻsha yerda sizlarni kutib qolaman.

@panda_books
8🥰3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Hayot mazmuni - yoʻqotishni aslo istamaydigan narsangizni topishdan iborat.

@panda_books
83
#newbook #yangikitob

Bombora va Denis Peskov tavsiyasi turkumini yigʻishda davom etayapman.

Bu safar ikki professional meteorolog - Saymon King va Krer Nasirning "Yomg‘irning hidi qanday?" kitobini sotib oldim. Unda tabiiyki ko‘plab murakkab ob-havo hodisalarini sodda tilda tushuntirib beriladi.

Ob-havo kundalik hayotimizda muhim mavzu boʻlsa-da, ayniqsa Buyuk Britaniyaga kelganimdan keyin, birinchi raqamli mavzuga aylandi.

Shunday ekan, u haqida yanada yaxshiroq bilib olish aslo zarar boʻlmaydi.

@panda_books
🔥61👍1
Amir Temur va Bibixonim.

Instagramda koʻrish

@panda_books
12👎11🔥5😁5👍1
#newbook #yangikitob

Yuy Xua - “Yashamoq”

Oʻqiganlarga: fikringiz?
7🔥4👍1
Bristolda “Hobbit” kitobining ilk nashri topilibdi.

1937-yilgi nashr hozirgi kunda noyob hisoblanib auksionda £10K gacha baholanadi.

@panda_books
👍135
Forwarded from Qamar kitoblar do‘koni
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BOOK BLOGERLAR JANGI ☄️

Bolalikladagi sevimli oʻyinimizni kitobxon blogerlarimiz @kitob_ombori va @Panda_books oʻrtasida oʻtkazdik.

Qoidasi oddiy — kitob nomining oxirgi harfidan boshqa kitob nomini aytish kerak!

Kim tezroq, ko‘proq va eng noodatiy kitoblarni eslay oladi? Javobni videoni tomosha qilgach javob olasiz!

⬇️ Endi navbat sizga! A harfidan kitob nomini izohlarda yozib qoldiring va oʻyinni davom ettiring!

@qamarbooks
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰124😎4🏆3👍2
​​#review #taqriz

📙Plato — “Republic”

Adolat nima? Ideal davlat qanday boʻlishi kerak yoki inson tabiati haqida mulohazalar. Miloddan oldingi IV asrda yozilgan ushbu asar qiymati hozirgi kunga qadar zarra kamaymagan. Hozirgi kunga qadar muhokama qilinadigan masalalar aslida Platonga oʻxshatishlardan iboratdek goʻyo.

Bu kitobda Suqrot o’z doʻstlari -Glavkon, Adimant, Polemax, Frasimax bilan Pireydagi Kefal uyida oʻtirib, faylasufona bahsga kirishgani haqida hikoya qilinadi. Va aynan shu kitob siyosiy falsafani tamal toshidir.

Kitobni oʻqirkanman, Platonni ancha oldin qoʻlimga olmaganimga achindim. Bu shunchaki oʻta aqlli suhbatdosh bilan goʻzal mashvarat qilishga oʻxshaydi. Universitetda faqat risola bilan cheklangan edim, hozir butun kitob meni boshimni gangitib qoʻydi.

Platon fikricha, boylikka haris boʻlish oxir-oqibatda oligarxiyaga olib keladi, oligarxiyaning ajali ham aynan shu boylikka haddan tashqari hirs qoʻyishdaligini ta’kidlaydi. Shuningdek, tiraniyaga aynan demokratiya yoʻl boshlashi haqida fikri ham juda qiziq. Too much freedom (bu haqida yozgandim) alal-oqibat tiran hokimiyat tepasiga chiqishini ta’minlaydi.

Shuningdek, Platon “omma” nihoyatda ahmoq boʻlishi va uning qoʻliga hokimiyatni berib boʻlmasligini, va insonlar tabiatan teng emasligini yozadi. Kitobda kommunizmga ishoralar bor: masalan qoʻriqchilarda shaxsiy mulk, oila va bolalar boʻlmasligi..

Platon mamlakarni faylasuflar boshqarmaguncha, bu davlat yuksalmasligini ta’kidlaydi. Chunki faylasuflar moddiyatga emas, Haqiqatga tashna boʻlmogʻi lozim. Bu xuddi hozirgi texnokratiyaga monanddir. Lekin undan farqi mamlakatni injener-olimlar emas, balki faylasuf-donishmandlar boshqaradi. Bu ilmga emas, balki ruhiy kamolotga e’tiqoddir.

Platon obrazi murakkab. Kitob bittada tushunishga qiyin. Ammo bu fundamental asar, vaqt sinovidan oʻtgan va eng bebaho bilimlar jamlanmasi ekaniga shubha qilmasangiz boʻladi.

@panda_books
3