Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar
629 subscribers
36.5K photos
1.41K videos
2 files
6.27K links
Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar rasmiy sahifasi

Murojaat va takliflar uchun: @ITMA_Surxondaryo_murojaatbot
Download Telegram
#Jarayon
#Respublika_Maʼnaviyat_va_maʼrifat_markazi
#Surxondaryo_viloyat_boʻlimi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi, Surxondaryo viloyati hokimligi bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyatida manzilli chora-tadbir dasturiga asosan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.

Termiz shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘quvchi-yoshlar ishtirokida “Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Respublika“Nuroniy” jamg‘armasi mas’ul xodimi U.Rahmatov, viloyat “Nuroniy” jamg‘armasi rahbari o‘rinbosari O.Jo‘rayevlar ishtirok etishdi.

Bizni kuzatishda davom eting:
www.manaviyat.uz|Facebook|Telegram|Instagram|Youtube
#Jarayon
#Respublika_Maʼnaviyat_va_maʼrifat_markazi
#Surxondaryo_viloyat_boʻlimi
#Boysun_tuman_boʻlinmasi

“Biz bir boʻlsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!” shiori ostida “Maʼnaviyat marafoni” boshlandi!

🔹Joriy yilning 10-noyabr kuni mamlakatimizda ilk bor Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Biz bir boʻlsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!” degan ezgu daʼvatlari asosida erta tongdan Boysun tumanida “Maʼnaviyat marafoni” doirasida tadbirlar va loyihalar tashkil etildi.


🔹Marafon doirasida umumta'lim maktablari, xususan, ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari tizimidagi Boysun ixtisoslashtirilgan maktabi hovlisida davlat madhiyasi ijro etilib, davlat bayrog'i tantanali ravishda ko'tarildi.

🔹Ta'lim muassasalari birinchi soat dars mashg'ulotlarida ham “Maʼnaviyat marafoni" haqida so'z yuritilib, "Erkin yosh avlodlar senga zo'r qanot" shiori ostida davlat madhiyasi ijro etildi.

Bizni kuzatib boring👇👇👇
✉️
[Telegram]🪙[Facebook]📹[You tube]💢Instagram
#Jarayon
#Respublika_Maʼnaviyat_va_maʼrifat_markazi  
#Surxondaryo_viloyat_boʻlimi
#Bandixon_tuman_boʻlinmasi

🔹Mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilayotgan “Biz bir boʻlsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!” shiori ostida “Ma’naviyat marafoni” doirasida  Bandixon tuman hokimligi, tuman Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlinmasi, tuman Madaniyat boʻlimi, hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi bilan hamkorlikda tumandagi Ma’naviyat va ma’rifat maskanida “Ma’naviyat va ma’rifat markazi kubogi” loyihasi doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

🔹Tadbirda tuman hokomining oʻrinbosari U.Qulmamatov, tuman Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlinmasi rahbari E.Pardayevlar ishtirok etishdi va g'olib jamoalarga diplom va estalik sovg'alari berildi

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
👇👇👇👇👇👇
Telegram | Facebook
#Jarayon
#Respublika_Maʼnaviyat_va_maʼrifat_markazi
#Surxondaryo_viloyat_boʻlimi
#Boysun_tuman_boʻlinmasi

Bayrog'imiz - faxrimiz

🔵Boysun tumanida 18-noyabr "Davlat bayrog'i qabul qilingan kun" munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy, madaniy tadbirlar davom etmoqda.

🔵Ana shunday tadbirlardan biri ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari tizimidagi Boysun ixtisoslashtirilgan maktabida "Bayrog'imiz - faxrimiz" shiori ostida bo'lib o'tdi.

🔵Tadbirda davlat ramziga ehtirom ko'rsatilib, tantanali harbiy yurish tashkil etilib, bayrog'imizni madh etuvchi she'rlar ijro etildi.

Bizni kuzatib boring👇👇👇
✉️
[Telegram]🪙[Facebook]📹[You tube]💢Instagram
#Surxondaryo_viloyati
#Al_Xorazmiy_olimpiadasi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar, Xalqaro iqtisod olimpiadasi hamda Xalqaro geografiya olimpiadasi o'tkazilmoqda.
Unda Surxondaryo viloyatidagi barcha ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishmoqda.

Tanlovni o'tkazishdan asosiy maqsad tabiiy va aniq fanlar bo‘yicha bilimli, ushbu fanga qiziquvchi, intiluvchan va ijodkor o'quvchilarni aniqlash, ularning ijodiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish, qo‘llab-quvvatlash va  rag‘batlantirishdan iborat.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Facebook
#ishchi_guruh
#ikkinchi_kun
#Surxondaryo

AGENTLIK DIREKTORINING TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Maʼlum qilinganidek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Surxondaryo viloyatida boʻlib turibdi.

Bugun Sherobod, Muzrobod, Angor tuman hamda Termiz shahar 1- va 2-son ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarida o‘quvchilarning sifatli ta'lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda zamonaviy va kreativ usullarda olib borilayotgan dars jarayonlari kuzatildi.

O‘quvchilar bilan bo‘lgan muloqotda Agentlik direktori yoshlarning orzu-istaklari bilan qiziqdi, kelajak sari aniq maqsadlarni qo‘yib, bu yo‘lda dadil harakat qilayotgan oʻg’il-qizlar kelajagimiz tayanchi ekanligini taʻkidladi.

Shundan so’ng, Termiz shahridagi Prezident maktabida Agentlikning viloyatdagi maktab va maktab-internatlari direktorlari ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi.

Unda maktablarni o‘rganishlar davomida ta’lim maskanlarining erishib kelayotgan yutuqlari, hozirgi vaqtda mavjud shart-sharoitlar tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Shuningdek, Agentlik direktori ta’lim tizimida amaliyotda qo‘llanilishi muhim bo‘lgan bir qator topshiriq va takliflarini berdi. Shu o‘rinda xalqaro va mahalliy olimpiada jarayonlari, sport o‘yinlari, tanlov va musobaqalarga tayyorgarliklarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganish ishlari davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Surxondaryo_ixtisoslashtirilgan_maktablar
#qabul_2024

Ota-onalar uchun yanada qulaylik!

🗣 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali hamda Surxondaryo viloyatidagi barcha agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab—internatlari binolarida hujjatlarni ONLAYN topshirish uchun ko'maklashuvchi SHTABlar tashkil qilindi.

❗️Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga tashrif buyuring va hujjatlaringizni topshiring.

Maktab lokatsiyalari:
📍Termiz shahridagi Prezident maktabi
📍Angor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Boysun tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Denov 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Denov 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
📍Jarqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Qumqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Qiziriq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati
📍Termiz shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
📍Termiz shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
📍Termiz shahar 3-son ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Uzun tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Sherobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Sho'rchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Facebook
#Jarayon
#Respublika_Maʼnaviyat_va_maʼrifat_markazi
#Surxondaryo_viloyat_boʻlimi
#Denov_tuman_boʻlinmasi

📌 Xabaringiz bor, mustaqillik bayramiga tuhfa sifatida “Men ham harbiy bo’laman” kitob-albomini nashr qilingan edi.

🔹 Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Denov tuman bo'linmasi va Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda Denov tuman Hayrabod garnizonida joylashgan 36691 harbiy qismda "Men harbiy boʻlamanʼʼ kitob-albom taqdimoti oʻtkazildi.

❇️ Unda harbiylar ,,Vatan tayanchi bolalar va oʻsmirlar harbiy vatanparvarlik harakatiʼʼ otryadi aʼzolari hamda oʻquvchi yoshlar ishtirok etdi.

O’ylaymanki, bu kitob yoshlar qo’lidan tushmay o’qiladi, kutubxonalardan joy oladi va tom ma’noda vatanparvar avlod tarbiyalash yo’lida qo’llanma ham bo’ladi.

🌐 Denov tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati matbuot xizmati

| Telegram | Facebook | Instagram
#Respublika_Maʼnaviyat_va_maʼrifat_markazi
#Surxondaryo_viloyat_boʻlimi
#Boysun_tuman_boʻlinmasi “Men ham harbiy boʻlaman” kitob-albomining targ‘iboti
Surxondaryo viloyati Boysun tumani "Tuzbozor" mahallasida joylashgan tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-11-sinf o‘quvchilariga Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan chop etilgan “Men ham harbiy boʻlaman” kitob-albomining targ‘iboti boʻlib oʻtdi.
Bizni kuzatib boring👇👇👇
✉️
[Telegram]🪙[Facebook]📹[You tube]💢Instagram

Mazkur kitobning yaratilish tarixi, ahamiyati, unda jamlangan maʼlumotlar haqida kerakli ma'lumotlar berildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
09:00  30.11.2024

“YASHIL MAKON” LOYIHASI: KELAJAGIMIZGA DAXLDOR EZGU HARAKAT

#Surxondaryo

muxbir: Sobit Qaynarov

https://t.iss.one/zamon_lavhalar
#ishchi_guruh
#Surxondaryo

AGENTLIK RAHBARIYATINING MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining oʻrinbosari Sevara Shakirova boshchiligidagi ishchi guruh Surxondaryo viloyatida boʻlib turibdi.

Agentlikning Termiz shahridan olis hududlarda joylashgan Sariosiyo, Denov, Oltinsoy, Qumqoʻrgʻon va Jarqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida o‘quvchilarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligi, harbiy-vatanparvarlik targʻiboti, oʻquv binolari va yotoqxonalarni isitish holati oʻrganildi.

Xususan, dars jarayonlari kuzatilib, oʻquvchilarni fanlarni oʻzlashtirish koʻrsatgichlari tahlil qilindi. Shu bilan birga o‘qituvchilarga ilmiy-pedagogik faoliyatlarini samarali tashkil etish, o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, pedagogik kompetensiyalarini yanada kengaytirish borasida amaliy tavsiyalar berildi.

Ishchi guruh tomonidan taʼlim muassasalarida darsdan keyin tashkil etilgan fan, xorijiy tillar, shaxmat toʻgaraklari faoliyati, ularda oʻquvchilar qamrovi ham alohida oʻrganildi. Shuningdek, bitiruvchilarini oliy taʼlim muassasalari, SAT, IELTS kabi xalqaro sertifikatlar imtihonlariga tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilinib, bu borada malakali pedagoglarning taklif va mulohazalari olindi.

Shuningdek, masʼullarga oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Agentlik rahbariyatining Surxondaryo viloyatida joylashgan tizimdagi maktablar faoliyatini oʻrganish ishlari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ishchi_guruh
#Surxondaryo

AGENTLIK RAHBARIYATINING MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining oʻrinbosari Sevara Shakirova boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Agentlikning Termiz shahridan olis hududlarda joylashgan Shoʻrchi hamda Sherobod tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida o‘quvchilarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligi, harbiy-vatanparvarlik targʻiboti, oʻquv binolari va yotoqxonalarni isitish holati oʻrganildi.

Xususan, dars jarayonlari kuzatilib, oʻquvchilarni fanlarni oʻzlashtirish koʻrsatgichlari tahlil qilindi. Shu bilan birga o‘qituvchilarga ilmiy-pedagogik faoliyatlarini samarali tashkil etish, o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, pedagogik kompetensiyalarini yanada kengaytirish borasida amaliy tavsiyalar berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosi doirasida Muzrabot, Boysun tuman ixtisoslashtirilgan maktablari hamda Termiz shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ham STEM fanlarini Kembrij xalqaro taʼlim dasturlari asosida ingliz tilida oʻqitiladigan sinflar tashkil etilgan boʻlib, ishchi guruh tomonidan ulardagi darslar kuzatilib tahlil qilindi.

Ishchi guruh tomonidan taʼlim muassasalarida darsdan keyin tashkil etilgan fan, xorijiy tillar, shaxmat toʻgaraklari faoliyati, ularda oʻquvchilar qamrovi ham alohida oʻrganildi. Shuningdek, bitiruvchilarini oliy taʼlim muassasalari, SAT, IELTS kabi xalqaro sertifikatlar imtihonlariga tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilinib, bu borada malakali pedagoglarning taklif va mulohazalari olindi.

Shuningdek, masʼullarga oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Ishchi guruh faoliyati boshqa hududlar boʻyicha ham davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Memorandum
#Surxondaryo_PMM
#Ixtisoslashtirilgan_maktab_internati

Joriy yilning 19-dekabr kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi va Termiz shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘rtasida ta’lim sifatini oshirish va innovatsion yondashuvlarni joriy etish maqsadida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Ushbu memorandum ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, ixtisoslashtirilgan maktablar baholash tizimini umumta'lim maktablariga joriy etishda hamkorlikda ishlash, pedagoglarning malakasini oshirish, ilg‘or tajribalarni o‘quv jarayonlariga tatbiq etish va o‘quvchilar bilimini yuksaltirish yo‘lida yangi imkoniyatlar yaratadi.

Mazkur tashabbus ta’lim sifatini rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib, istiqbolda yanada ko‘plab loyihalarni amalga oshirishga zamin yaratadi.
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram. Facebook
#oʻquv_seminari
#direktorlar_kengashi
#Surxondaryo_viloyati

📌Surxondaryo viloyati direktorlar kengashi hamda Oltinsoy tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida Oltinsoy tumanidagi umumta’lim muassasalari direktorlari uchun “Ta’lim muassasalarida sifat menejmenti: Zamonaviy yondashuvlar” mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.

Seminarni Oltinsoy tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i U.Xudayberdiyev hamda
Surxondaryo viloyati direktorlar kengashi raisi E.Isaqova ochib berdi.

📝Ushbu seminar bir nechta sho‘balarda tashkil etilgan bo‘lib, unda ta’lim tizimiga aloqador so‘nggi normativ-huquqiy hujjatlar, xususan,“Ta’lim to‘g‘risida”gi hamda “Pedagog maqomi to‘g‘risida”gi qonunlar, Prezident farmon, qarorlari, hukumat qarorlari bilan yaqindan tanishtirildi.

🔗Qolaversa, ta’lim muassasasini samarali boshqarish, liderlik ko‘nikmalari shakllantirish, odob-axloq qoidalari haqida ham alohida sho‘balarda mashg‘ulotlar olib borildi.


🌐 Bizni kuzatib boring 👉
@direktorsurxon
Forwarded from 𝙊𝙯𝙤𝙙𝙖 𝙓𝙖𝙢𝙯𝙖𝙮𝙚𝙫𝙖 SARIOSIYO IMI
#natijalar #Robo_Coding
#Surxondaryo_viloyati

SARIOSIYO TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI

📌Joriy yilning 18-yanvar kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Robo-Coding” olimpiadasining hududiy bosqichi (quyi 5-8-sinflar kesimida) o‘tkazilgan edi.

⏭️Olimpiadaning hududiy (
Surxondaryo viloyati) bosqichi  natijalariga ko‘ra,
🥇Termiz shahridagi Prezident maktabi (jamoa a’zolari — S.Ergashov, M.Mamatmurodov) 1-o‘rinni;
🥈Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati (jamoa a’zolari — D.Safarov, E.Erkinov) 2-o‘rinni;
🥉Termiz shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati (jamoa a’zolari — J.Urolov, K.Sattarov) 3-o‘rinni egalladi.

“Robo-Coding” olimpiadasini tashkil qilishda yaqindan ko'maklashgan ustozlarga maktab ma'muriyati tomonidan minnatdorchilik bildiramiz

▶️🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Facebook/Telegram
#Robo_Coding
#hududiy_bosqichi
#Surxondaryo_viloyati

⚡️Ayni vaqtda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning o‘quvchilari o‘rtasida “Robo-Coding” olimpiadasining hududiy bosqichi (yuqori 9-10-11-sinflar kesimida) bo‘lib o‘tmoqda.

📌Olimpiadaning Surxondaryo viloyat bosqichi Termiz shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan hamda unda viloyatdagi Prezident maktabi, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 9-10-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etmoqda.

⚙️Olimpiada nizomiga muvofiq oʻquvchilar 3 ta: “Yashil shahar yaratish”, “Yuk koʻtarish konstruksiyasini yaratish” va “Dasturlash” yoʻnalishlarida bellashmoqda.

📝Maʼlumot uchun, har bir hududdan yuqori va quyi sinflar kesimida 1 tadan gʻolib jamoa mazkur olimpiadaning Agentlik bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.


Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Turon_yoʻlbarslari
#Surxondaryo_viloyati

🤩 Agentlikning Surxondaryo viloyatidagi Prezident hamda ixtisoslashtirilgan maktablari oʻrtasida oʻtkazilgan “Тurоn yoʻlbarslari” harbiy-sport musobaqasi jarayonlaridan videolavha.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Turon_yoʻlbarslari
#SURXONDARYO

Agentlikning Surxondaryo viloyatida joylashgan maktab oʻquvсhilаri oʻrtasida boʻlib oʻtgan “Тurоn yoʻlbarslari” harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqichi yakunlandi.

📍 SURXONDARYO VILOYATI:

🥇Termiz shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktabining “Elparvar” jamoasi 1-o’rin;

🥈Termiz shahridagi Prezident maktabining “Desantchilar” jamoasi 2-o’rin;

🥉Denov tuman ixtisoslashtirilgan maktabining “Denov yo’lbarslari” jamoasi 3-o’rinni qo’lga kiritdi.

Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining o'quvchilari ham faol ishtirok etdi.


▶️🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Facebook/Telegram
#Surxondaryo

“IXTIROCHILIKKA QADAM” TANLOVINING HUDUDIY BOSQICHI OʻTKAZILDI!

⚡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta taʼlim muassasalari, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning 5-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi "Ixtirochilikka qadam" respublika tanlovining hududiy bosqichi Respublikamiz bo‘ylab tashkil etilmoqda.

🔰 Unda tanlovning tuman (shahar) bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar o‘z loyihalari bilan ishtirok etdi.

Bizni kuzatib boring ⬇️
https://t.iss.one/PTMA_Surxondaryo