Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar
628 subscribers
42.1K photos
1.55K videos
3 files
7.18K links
Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar rasmiy sahifasi

Murojaat va takliflar uchun: @ITMA_Surxondaryo_murojaatbot
Download Telegram
#IMA
#QIZIRIQ_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Songi_qongiroq

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Qiziriq ixtisoslashtirilgan maktabida ham “Ilmni qadrlang, ilmga intiling” shiori ostida “So’ngi qo’ng’iroq” tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbirda Qiziriq tuman hokimi            Sh. Radjabov hamda bitiruvchi sinfning ota-onalari mehmon bo’lishdi. Dastlab tumanimiz rahbari Prezidentimizning bitiruvchilarga yo’llagan tabrigini o’qib eshittirdi va o’quvchi yoshlarga kelgusida muvaffaqiyatlar tiladi.

  11-sinf bitiruvchilari, ularning ota-onalari hamda 2022-2023-o’quv yili davomida fan olimpiadalari, ko’rik-tanlovlarda ishtirok etib sovrinli o’rinlarni egallagan, tengdoshlari orasida namuna bo’la olgan o’quvchilar maktab ma’muriyati tomonidan tashakkurnoma va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

O’quvchilar tomonidan tayyorlab kelingan she’r, raqs, kuy-qo’shiqlar tadbirga ko’tarinki ruh bag’ishladi.

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting! 👇👇👇

Facebook  /  Telegram