Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar
628 subscribers
42.1K photos
1.55K videos
3 files
7.18K links
Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar rasmiy sahifasi

Murojaat va takliflar uchun: @ITMA_Surxondaryo_murojaatbot
Download Telegram
#Bir_bayroq_ostida_birlashaylik

BIR BAYROQ OSTIDA BIRLASHAYLIK

  Termiz shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan  "Bir bayroq ostida birlashaylik" shiori ostida Ona Vatanga muhabbat va sadoqat fazilatlarini shakllantirish, davlat ramzlarining milliy davlatchiligimiz tarixi, bugungi mustaqil taraqqiyotimizda tutgan oʻrni va qadr-qimmatini yuksaltirishga qaratilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Surxondaryo viloyati Termiz garnizoni harbiy qism harbiy xizmatchilarining tadbirdagi ishtiroki o'quvchilar qalbida o'zgacha chizgilar qoldirdi.O'quvchilar minnatdorchilik sifatida o'zlari chizgan O'zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog'i tasvirini sovg'a qilishdi.

Tadbirda o'quvchilar tomonidan ijro etilgan bayrog'imizni madh etuvchi she'r va qo'shiqlar hamda sahna ko‘rinishlari barchaga o'zgacha ruh, kayfiyat ulashdi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook