Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar
616 subscribers
41.8K photos
1.55K videos
3 files
7.1K links
Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar rasmiy sahifasi

Murojaat va takliflar uchun: @ITMA_Surxondaryo_murojaatbot
Download Telegram
#ishchi_guruh
#Surxondaryo

AGENTLIK RAHBARIYATINING MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining oʻrinbosari Sevara Shakirova boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Agentlikning Termiz shahridan olis hududlarda joylashgan Shoʻrchi hamda Sherobod tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida o‘quvchilarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligi, harbiy-vatanparvarlik targʻiboti, oʻquv binolari va yotoqxonalarni isitish holati oʻrganildi.

Xususan, dars jarayonlari kuzatilib, oʻquvchilarni fanlarni oʻzlashtirish koʻrsatgichlari tahlil qilindi. Shu bilan birga o‘qituvchilarga ilmiy-pedagogik faoliyatlarini samarali tashkil etish, o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, pedagogik kompetensiyalarini yanada kengaytirish borasida amaliy tavsiyalar berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosi doirasida Muzrabot, Boysun tuman ixtisoslashtirilgan maktablari hamda Termiz shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ham STEM fanlarini Kembrij xalqaro taʼlim dasturlari asosida ingliz tilida oʻqitiladigan sinflar tashkil etilgan boʻlib, ishchi guruh tomonidan ulardagi darslar kuzatilib tahlil qilindi.

Ishchi guruh tomonidan taʼlim muassasalarida darsdan keyin tashkil etilgan fan, xorijiy tillar, shaxmat toʻgaraklari faoliyati, ularda oʻquvchilar qamrovi ham alohida oʻrganildi. Shuningdek, bitiruvchilarini oliy taʼlim muassasalari, SAT, IELTS kabi xalqaro sertifikatlar imtihonlariga tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilinib, bu borada malakali pedagoglarning taklif va mulohazalari olindi.

Shuningdek, masʼullarga oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Ishchi guruh faoliyati boshqa hududlar boʻyicha ham davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Oltinsoy_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

#𝘽𝙚𝙨𝙝_𝙩𝙖𝙨𝙝𝙖𝙗𝙗𝙪𝙨_𝙖𝙢𝙖𝙡𝙙𝙖

Oltinsoy tuman sport maktabi tashabbusi bilan
🇺🇿 8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan sportning shaxmat turi bo'yicha 2010-2015 yillarda tug'ilgan o‘smir va qizlar o'rtasida o‘tkazilgan tuman birinchiligi musobaqasida maktabning 8-sinf o‘quvchisi Jabborov Hasan faxrli 🥇1-o‘rinni egalladi.



✍🏻✍🏻Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda obuna bo'ling 👇

        •┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
|Facebook |Instagram |Telegram
#Oltinsoy_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi

#𝘽𝙚𝙨𝙝_𝙩𝙖𝙨𝙝𝙖𝙗𝙗𝙪𝙨_𝙖𝙢𝙖𝙡𝙙𝙖

Bugun maktabimizda "5-ta muhum tashabbus" ning 4-yoʼnalishi yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish kitobga boʼlgan  qiziqishlarini oshirish maqsadida 5-sinf oʼquvchilariga maktabimizga yangi kelgan badiiy kitoblar taqdimoti boʼlib oʼtdi.
📚📘📚📘📚📘📚📘📚📘📚📘
Unda  Abdurahmon Akbarning "Oq qovunning bolasi" Sherali
Albert Eynshtenyning "Serqirra daho"
Stiv Jobsning "Kompyuterga jon bergan odam"
kitoblari haqida davra suhbati oʻtkazildi.



✍🏻✍🏻Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda obuna bo'ling 👇

        •┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

|Facebook |Instagram |Telegram