Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar
660 subscribers
31.8K photos
1.21K videos
1 file
5.48K links
Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar rasmiy sahifasi

Murojaat va takliflar uchun: @ITMA_Surxondaryo_murojaatbot
Download Telegram
#Bobur_tavalludining_540_yilligi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavaludining 540 yilligiga bag'ishlab tanlovlar, ochiq darslar hamda chellenjlar tashkil etilmoqda.

▶️Namangan shahridagi Prezident maktabida o'quvchilar ishtirokida Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" romani asosida tayyorlangan sahna ko'rinishi namoyish etildi.

▶️ Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan 10-sinflar oʻrtasida uning ijodiy faoliyati yuzasidan intellektual ring tashkil etildi.

▶️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-8-9-10-sinflar o'quvchilari o'rtasida "Alisher Navoiy va Zahiriddin Bobur ijodini o'rganishning ahamiyati" mavzusida insholar va rasmlar tanlovi va intellektual musobaqa o'tkazildi.

▶️Shomanay tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan "Bobolarimiz merosi" nomli bayram tadbiri tashkil etildi.

▶️Navbahor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ham Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

▶️ 𝐗𝐢𝐯𝐚 𝐬𝐡𝐚𝐡𝐚𝐫 𝟐-𝐬𝐨𝐧 𝐢𝐱𝐭𝐢𝐬𝐨𝐬𝐥𝐚𝐬𝐡𝐭𝐢𝐫𝐢𝐥𝐠𝐚𝐧 𝐦𝐚𝐤𝐭𝐚𝐛𝐢𝐝𝐚 "𝙄𝙠𝙠𝙞 𝙗𝙪𝙮𝙪𝙠 𝙨𝙞𝙮𝙢𝙤" nomli tadbir bo'lib o'tdi.

🔴Bayram tadbirlari davom etmoqda.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Denov_1son_IM
#Bobur_tavalludining_540_yilligi

🏢 Denov 1-son ixtisoslashtirilgan maktabida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan Ijodiy-badiiy kecha tashkil etildi.
Tadbirda Denov axborot kutubxona markazi xodimlari ham qatnashib o'z fikrlarini bildirib oʻtdilar.
📚Ijodiy-badiiy kechada 8-sinf o'quvchilari o'zlarining g'azallari, she'rlari, sahna ko'rinishlari bilan ishtirok etdilar.
Bu esa o’quvchilarda milliy iftixor g'ururini shakllantirish, ajdodlarimizning ijodiy-madaniy meroslarini o'rganish va kelajak avlodga yetkazish yo’lida yana bir qadam bo’ldi.

🌐 Facebook | Telegram | Instagram
#Bobur_tavalludining_540_yilligi
#Bandixon_tumani_ixtisoslashtirilgan_maktabi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tuman hokimligi, ma’naviyat va ma’rifat boʻlinmasi bilan hamkorlikda  Zahiriddin Muhammad
Bobur bobomiz tavalludining 540 yilligiga bag'ishlab   tadbir kechasi tashkil etildi.

❇️Kechada Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodiga bagʻishlangan sahna koʻrinishlari namoyish etildi. Tadbir mazmunli va taassurotlarga boy tarzda bo'lib o'tdi.



🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
👇👇👇👇👇👇
Telegram | Facebook
Forwarded from Hilola Umarova
#Bobur_tavalludining_540_yilligi
#Fotoreportaj

Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag'ishlab "Tarix qa'rida ikki yulduz" nomli bayram tadbiridan fotoreportaj.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube