Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar
672 subscribers
31.1K photos
1.2K videos
1 file
5.38K links
Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar rasmiy sahifasi

Murojaat va takliflar uchun: @ITMA_Surxondaryo_murojaatbot
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Эълон
#Seminar_trening

📣 RESPUBLIKADAGI BARCHA MATEMATIKA VA INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING MAHORATI OSHIRILADI!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan “O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusida seminar-treninglar tashkil etilmoqda!

❗️Mazkur treninglar 3 bosqichli bo‘lib, 1-bosqich onlayn tarzda tashkil etildi va unda 28 nafar pedagog ishtirok etdi.

Seminarlarning 2-bosqichida 2800 nafar hamda 3-bosqichida 35 422 nafar o'qituvchilarning zamonaviy pedagogik tajribalarini yanada oshirish rejalashtirilgan.

Mazkur treninglardan ko‘zlangan maqsad:

🔹ilgor tajribalar bilan bolishish,
🔹zamonaviy metodikalar bilan tanishtirish,
🔹ta'lim sohasidagi yangiliklar bilan bolishish,
🔹oquvchilarda kreativ va tanqidiy fikrlash konikmalarini rivojlantirishni o‘rgatishdan iborat.

📍Mazkur treninglar Respublikamizning 14 ta hududidagi Prezident maktablarida bo‘lib o‘tadi.

👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
#Seminar_trening

⚡️ Joriy yilning 17-may kuni Termiz shahridagi prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi mas'ul xodimi tomonidan Surxondaryo viloyatidagi Ixtisoslashtirilgan maktablar direktorlariga "Zamonaviy maktab liderining instrumenti" mavzusida seminar-trening o'tkazildi.

" Ushbu seminarni tashkil qilishdan asosiy maqsad, direktorlarga maktablar va jamoani boshqarishda liderlik faoliyatini olib borishni yo‘lga qo‘yish hamda jamoaning fikrini qo‘llagan holda rejalarni amalga oshirish kerakligini tushuntirishdan iborat.

Shu bilan birga, seminarda maktab direktorlari uch chorak davomida birinchi marta qo'llanilgan BSB va ChSB sinovlarining tahlilini ham birgalikda o'rgandilar va yangi o'quv yilida yangi strategik rejalarni amalga oshirishni asosiy vazifa qilib belgilab oldilar.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
#Seminar trening
Maktabgacha  va maktab ta'limi vazirligi hamda
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Hamkorligi yo'lga qo'yildi.


Joriy yilning 3-iyun sanasida Denov tuman 1-son va 2-son ixtisoslashtirilgan maktab va maktab  internati Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari S.Xodjakulov N.Babayarovalar  tomonidan Umumta'lim maktablarning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari uchun "Ixtisoslashtirilgan maktablar tajribasini umumta'lim maktablariga tadbiq etish" mavzusida   o'quv-amaliy seminari o'tkazildi.


❇️ Ma'naviyat tushunchasi va o'quvchi-yoshlarning mafkuraviy immunitetini shakllantirish,sog'lom muhit va ezgu g'oyalar ruhida tarbiyalash usullari

❇️ O'quvchi yoshlar hamda maktab jamoasi o'rtasida sog'lom muhitni shakllantirish mexanizmi

❇️ Ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishda olib borilgan ishlar natijadorligini oshirish metodlari va targ'ibot tadbirlarini tashkil etish tartiblari


🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇
|Telegram | Facebook |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar trening
Maktabgacha  va maktab ta'limi vazirligi hamda
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Hamkorligi yo'lga qo'yildi.


Joriy yilning 3-iyun sanasida Denov tuman 1-son va 2-son ixtisoslashtirilgan maktab va maktab  internati Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari S.Xodjakulov N.Babayarovalar  tomonidan Umumta'lim maktablarning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari uchun "Ixtisoslashtirilgan maktablar tajribasini umumta'lim maktablariga tadbiq etish" mavzusida   o'quv-amaliy seminari o'tkazildi.


❇️ Ma'naviyat tushunchasi va o'quvchi-yoshlarning mafkuraviy immunitetini shakllantirish,sog'lom muhit va ezgu g'oyalar ruhida tarbiyalash usullari

❇️ O'quvchi yoshlar hamda maktab jamoasi o'rtasida sog'lom muhitni shakllantirish mexanizmi

❇️ Ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishda olib borilgan ishlar natijadorligini oshirish metodlari va targ'ibot tadbirlarini tashkil etish tartiblari


🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇
|Telegram | Facebook |Instagram
#Seminar trening
#Ixtisoslashtirilgan ta'lim #muassasalari agentligi tizimidagi #Psixologlar faoliyati tadbiq etilmoqda

Joriy yilning 05-iyun sanasida Denov tuman 1-son va 2-son ixtisoslashtirilgan maktab va maktab  internati Psixologlari R.Axmedova M.G'aznayevalar tomonidan Umumta'lim maktablarning Psixologlar uchun "Ixtisoslashtirilgan maktablar tajribasini umumta'lim maktablariga tadbiq etish" mavzusida   o'quv-amaliy seminari o'tkazildi.


❇️ Psixologik xizmatning maqsad vazifalari ixtisoslashtirilgan maktablar tajribasi bilan o'rtoqlashish

❇️ Voyaga yetmaganlar o'rtasida sodir etishi mumkin bo'lgan salbiy holatlar (suitsidning oldini olishda) Psixologlarning o'rni

❇️ Maktabda "Ahil oila - baxtli maktab" dasturini amalga oshirish bo'yicha o'quv amaliy seminar o'tkazildi


🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇
|Telegram | Facebook |Instagram
#Muzrabot_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#seminar_trening

🔰 "ENGLISH SPEAKING NATION" DASTURI ASOSIDA SEMINAR-TRENING MASHG'ULOTI O'TKAZILDI

 Joriy yilning 10-11-noyabr kunlari Toshkent shahrida o'tkazilgan "English speaking Nation Silk Road Conferences" konferensiyasida Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi tizimidagi Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ingliz tili fani o'qituvchilari faol ishtirok etib qaytishdi.

🔷 Bugun ushbu o'qituvchilar konferensiyada o'rganib qaytishgan yangicha ta'lim metodikalar va uslublarini maktab jamoasiga targ'ib qilishib, seminar-trening mashg'uloti o'tib berishdi.

🌍 Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇

Telegram | Instagram | Facebook
#Muzrabot_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#seminar_trening

🧩 FANLARNI O'QITISHDA ZAMONAVIY METODLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI

🔰 Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi fizika fani o'qituvchilari tomonidan Muzrabot tumanidagi umumta'lim maktablari fizika fani o'qituvchilariga "Fanlarni o'qitishda zamonaviy metodlardan foydalanish" mavzusida seminar-trening mashg'uloti o'tkazildi.

Seminar ishtirokchilari o'zlari dars mashg'ulotlarida qo'llashi mumkin bo'lgan turli xil metodlar haqida trener o'qituvchilardan ma'lumot olib, mashg'ulot davomida amalda sinab ko'rdilar hamda zamonaviy ta'lim metodlari xususida o'zaro fikr almashdilar.

🌍 Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇

Telegram | Instagram | Facebook
#QUMQOʻRGʻON_TUMAN_IXTISOSLASHTIRILGAN_MAKTABI
#seminar_trening

❇️ FANLARNI O'QITISHDA ZAMONAVIY METODLARDAN FOYDALANISH.


🏢 Qumqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi fizika fani o'qituvchilari tomonidan tumanidagi umumta'lim maktablari fizika fani o'qituvchilariga "Fanlarni o'qitishda zamonaviy metodlardan foydalanish" mavzusida seminar-trening mashg'uloti  o'tkazildi.

Seminar ishtirokchilariga dars mashg'ulotlarida qo'llash mumkin bo'lgan turli xil metodlar haqida trener o'qituvchilar ma'lumot berdi hamda zamonaviy ta'lim metodlari xususida o'zaro fikr almashdilar.

🌐 Qumqoʻrgʻon tuman IM Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
#Denov_tuman_1_son_IM
#seminar_trening

⚡️Denov tuman 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi fizika fani o'qituvchilari tomonidan Denov tumanidagi umumta'lim maktablari fizika fani o'qituvchilariga "Fanlarni o'qitishda zamonaviy metodlardan foydalanish" mavzusida seminar-trening mashg'uloti o'tkazildi.

♻️Seminar ishtirokchilari o'zlari dars mashg'ulotlarida qo'llashi mumkin bo'lgan turli xil metodlar haqida ma'lumot olib, mashg'ulot davomida amalda sinab ko'rdilar.

┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈
Telegram / Facebook / Instagram
#Muzrabot_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#seminar_trening

🧩 ZAMONAVIY PEDAGOG QIYOFASI

🔰 Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ingliz tili fani o'qituvchilari tomonidan Muzrabot tumanidagi umumta'lim maktablari ingliz tili fani o'qituvchilariga "Fanlarni o'qitishda zamonaviy metodlardan foydalanish" mavzusida seminar-trening mashg'uloti  o'tkazildi.

Seminar ishtirokchilari o'zlari dars mashg'ulotlarida qo'llashi mumkin bo'lgan turli xil zamonaviy metodikalar, zamonaviy pedagog imidji haqida trener o'qituvchilardan ma'lumot olib, mashg'ulot davomida amalda sinab ko'rdilar hamda o'zaro fikr almashdilar.

🌍 Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇

Telegram | Instagram | Facebook