Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar
630 subscribers
36.5K photos
1.41K videos
2 files
6.28K links
Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar rasmiy sahifasi

Murojaat va takliflar uchun: @ITMA_Surxondaryo_murojaatbot
Download Telegram
#Qiziriq_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktab
#Jarayon
#Jadidlar

Biz millatimiz otalari Behbudiy, Munavvarqori, Fitrat, Avloniy, Cho‘lpon, Ibrat boshlab bergan yo‘ldan bormoqdamiz. Ularning orzu-umidlarini bayroq singari baland tutgan ekanmiz, jamiyatimizda ilmga intilish, erkinlik, adolat va ravnaq kabi qadriyatlar yanada chuqur qaror topmoqda.
🏢Qiziriq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida oʻquvchilarning "Jadidlar" hamda "Jadidchilik harakati " haqidagi tushunchalari mustahkamlandi va fikr mulohazalari tinglandi.

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting 👇👇👇

/Facebook/Telegram/
#Denov_tuman_1_son_IM
#JADIDLAR

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Denov tuman 1-son ixtisoslashtirilgan maktabining tarix fani o'qituvchisi tomonidan “Uyg'onish-jadidlar timsolida”shiori ostida har bir o’quvchi yoshlar loyiha ishini taqdim etishdi.

Maqsad: Jadidlar ijodiy faoliyatini chuqur o'rganish hamda ularga munosib izdosh bo'lish.

Telegram / Facebook / Instagram
#Termiz_shahar_1_son_ixtisoslashtirilgan_maktab_internati
#Jadidlar

🏢 Termiz shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Jadidchilik-yangi uyg'onish asosi" mavzusida milliy mustaqillik va ma'rifatparvarlik g'oyalarini ilgari surgan jadidlar merosini keng o'rganish maqsadida davra suhbati o'tkazildi.


👉Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifamiz


Telegram    / Facebook
#Termiz_shahar_3_son_ixtisoslashtirilgan_maktab
#Jadidlar

🏢Termiz shahar 3-son ixtisoslashtirilgan maktabida 2024-yil 19-iyuldagi
PQ-270-son qaror ijrosi asosida "SIYOSIY QATAG‘ON QURBONI BO‘LGAN VATANDOSHLAR HAYOTI"
ya'ni jadid allomalarining merosini keng o'rganish maqsadida, XX asr yangi o'zbek adabiyotining ulkan namoyondalari hayot yo'li hamda ijodiy faoliyati haqidagi ma'lumotlar bilan tanishishdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook  Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Termiz_shahar_3_son_ixtisoslashtirilgan_maktab
#Jadidlar

🏢Termiz shahar 3-son ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari "SIYOSIY QATAG‘ON QURBONI BO‘LGAN VATANDOSHLAR HAYOTI" haqidagi ma'lumotlar bilan tanishishdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook  Telegram
#Denov_tuman_1-son_IM

#Jadidlar_izidan

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Denov tuman 1-son ixtisoslashtirilgan maktabida Jadidlar izidan” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Ma’rifatparvar jadid bobolarimizning ibratli hayot yo‘li aks etgan taqdimot va o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan “Jadid bobolar abadiy”  nomli sahna koʻrinishi tadbir ishtirokchilari qalbida  Vatanga muhabbat, sadoqat tuyg‘ularini yanada oshirdi.

8- D sinf oʻquvchilarining Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon kabi o‘zbek jadidchiligi namoyandalari qiyofasidagi chiqishlari, ular ijrosidagi she’r va monologlar o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Bizni  ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting 👇👇👇
   •┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
Telegram /Facebook / Instagram
#Termiz_shahar_1_son_ixtisoslashtirilgan_maktab_internati
#Jadidlar

Termiz shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati yotoqxonasida yashovchi oʻquvchilar hamda Termiz davlat universitetining filologiya fanlari doktori N.Yoʻldoshev, filologiya fanlari nomzodi dotsent B.Murtazoyev, tarbiyachilar N.Raximov, R.Mamaraimov, D.Esanova, kutubxona mudiri M.Amanovalar ishtirokida Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Facebook