Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar
629 subscribers
36.5K photos
1.41K videos
2 files
6.28K links
Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar rasmiy sahifasi

Murojaat va takliflar uchun: @ITMA_Surxondaryo_murojaatbot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muzrabot_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Sumalak_sayli

🌺🌸🌷SURXON ELIDA BAHOR NAFASI...

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida bahorning ilk kuni "Sumalak sayli" bilan boshlandi.

🪁💐Sumalak” saylida o'quvchilar kun davomida Navroʼzning kelib chiqish tarixi, bahorni tarannum etuvchi kuy-qo'shiq, laparlar ijro etishdi, bolalar chillak, eshak mindi, oq terak, varrak uchirish, besh tosh kabi milliy o'yinlar o'ynashdi, qizlar esa qoshlariga o'sma qo'yishib, “Sumalak” saylini barcha koʼtarinki kayfiyatda nishonlashdi.

❗️Bu sumalak sayli o'quvchilarimizni ota-bobolarimiz va momolarimizdan qolgan milliy urf-odatlar hamda qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Bunda o'quvchilar buvijonlaridan sumalak tayyorlash sirlari hamda milliy odatlarimizni o'rganishib, kelajak avlodga yetkazishni maqsad qilishdi.


📖 Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:👇

Telegram | Instagram | Facebook