Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar
629 subscribers
36.5K photos
1.41K videos
2 files
6.28K links
Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar rasmiy sahifasi

Murojaat va takliflar uchun: @ITMA_Surxondaryo_murojaatbot
Download Telegram
#QUMQOʻRGʻON_TUMAN_IXTISOSLASHTIRILGAN_MAKTABI

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qumqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilarning innovatsion g‘oyalari va ishlanmalarini rivojlantirish maqsadida  “Yosh akademiklar” klubi a'zolariga xalqaro va mahalliy loyihalar, ko‘rik tanlovlar  va musobaqalar haqida ma’lumotlar berildi.

🌐 Qumqoʻrgʻon tuman IM Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
#QUMQOʻRGʻON_TUMAN_IXTISOSLASHTIRILGAN_MAKTABI

"BIR TAHDIDGA BESH ZARBA"

⚡️Ixtisoslashtirilgan  ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qumqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o'quvchilariga "Bir tahdidga besh zarba" texnologiyasi asosida yoshlarda internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan seminar tashkil qilindi.

Maqsad: Yoshlarda internetdan foydalanish madaniyatini shakillantirish.

🌐 Qumqoʻrgʻon tuman IM Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
#QUMQOʻRGʻON_TUMAN_IXTISOSLASHTIRILGAN_MAKTABI

BIZNING FAXRIMIZ.

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Qumqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o‘quvchisi Xujamberdiyev Jaloliddin
chet tilini bilish darajasi  bo‘yicha
♦️IELTS 6.5 SERTIFIKATini qo‘lga kiritdi.
Biologiya fanidan:
11-"D" sinf o‘quvchisi Xasanova Rayxona. B+ SERTIFIKATini qo‘lga kiritdi.

🌐 Qumqoʻrgʻon tuman IM Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
#QUMQOʻRGʻON_TUMAN_IXTISOSLASHTIRILGAN_MAKTABI

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar.

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Qumqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Qumqo‘rg‘on tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan qish faslini talofatlarsiz o‘tkazish, gaz va gaz-havo aralashmasining chaqnashi hamda boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.

Tadbir davomida isitish tizimlaridan xavfsiz foydalanish, gaz va elektr jihozlari bilan ishlash qoidalari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

🌐 Qumqoʻrgʻon tuman IM Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
#QUMQOʻRGʻON_TUMAN_IXTISOSLASHTIRILGAN_MAKTABI

❇️ Qumqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida oʻquvchilar (o'g'il bolalar) uchun "AGAR AYOL BOʻLMASA" nomli trening mashgʻuloti oʻtkazildi.

Maqsad: Oʻquvchilarda ona va opa-singillarga  nisbatan yanada hurmat hissini rivojlantirish.

🌐 Qumqoʻrgʻon tuman IM Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
#QUMQOʻRGʻON_TUMAN_IXTISOSLASHTIRILGAN_MAKTABI
#Behbudiy_saboqlari
#Insholar_tanlovi

🔰 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Qumqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib, jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash maqsadida 9-sinf  o‘quvchilari o'rtasida "Mahmudxo‘ja Behbudiy saboqlari" mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.

🌐 Qumqoʻrgʻon tuman IM Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
#QUMQOʻRGʻON_TUMAN_IXTISOSLASHTIRILGAN_MAKTABI

Qumqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Termiz filiali o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi!

📢 Yangi imkoniyatlar sari muhim qadam!

Ushbu memorandum doirasida o‘quvchilar va pedagoglar uchun bir qator innovatsion loyihalar amalga oshiriladi:

"Kelajak shifokorlari" loyihasi – TTA mutaxassislari maktabda tibbiyot fanlari bo‘yicha darslar o‘tib, o‘quvchilarni oliy tibbiyot ta’limiga tayyorlashga ko‘maklashadi.

"Sog‘lom maktab" sport dasturi – Jismoniy faollikni oshirish maqsadida sport musobaqalari va tibbiy nazorat ostidagi mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

🤝 Ushbu hamkorlik maktab o‘quvchilarining sog‘lom va bilimli avlod sifatida yetishishiga xizmat qiladi!

🌐 Qumqoʻrgʻon tuman IM Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook
#QUMQOʻRGʻON_TUMAN_IXTISOSLASHTIRILGAN_MAKTABI

Zulfiyaxonim tavalludining 110 yilligi nishonlandi.

⚡️Qumqo'rg'on tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Zulfiya Isroilova tavalludining 110 yilligi munosabati bilan "Bahor keldi seni so'roqlab" shiori ostida  tadbir o'tkazildi.

❇️ Unda o‘quvchilar Zulfiyaxonimning ibratli hayot yo‘li, o‘lmas ijodini e'tirof etishdi. Shoira she'rlari ijro etildi.

🌐 Qumqoʻrgʻon tuman IM Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
Telegram | Facebook