Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar
652 subscribers
34.7K photos
1.3K videos
2 files
5.94K links
Surxondaryo | Ixtisoslashtirilgan maktablar rasmiy sahifasi

Murojaat va takliflar uchun: @ITMA_Surxondaryo_murojaatbot
Download Telegram
#Robo_Coding
#hududiy_bosqichi
#Surxondaryo_viloyati

⚡️Ayni vaqtda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning o‘quvchilari o‘rtasida “Robo-Coding” olimpiadasining hududiy bosqichi (yuqori 9-10-11-sinflar kesimida) bo‘lib o‘tmoqda.

📌Olimpiadaning Surxondaryo viloyat bosqichi Termiz shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan hamda unda viloyatdagi Prezident maktabi, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 9-10-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etmoqda.

⚙️Olimpiada nizomiga muvofiq oʻquvchilar 3 ta: “Yashil shahar yaratish”, “Yuk koʻtarish konstruksiyasini yaratish” va “Dasturlash” yoʻnalishlarida bellashmoqda.

📝Maʼlumot uchun, har bir hududdan yuqori va quyi sinflar kesimida 1 tadan gʻolib jamoa mazkur olimpiadaning Agentlik bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.


Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube