IMA|Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
479 subscribers
4.57K photos
384 videos
17 files
1.07K links
Download Telegram
#integratsiya
#adabiyot_va_tasviriy_sanat
17-may Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 7-"A" sinfida adabiyot fanidan "Fanlararo aloqa: adabiyot va tasviriy san'at" mavzusida ochiq dars bo'lib o'tdi. Dars jarayonida  tasviriy san'at fani o'qituvchisi E.Jumayev bilan hamkorlikda o'quvchilar olgan bilim, malaka, ko'nikmalari va amaliy ishlar baholanib borildi. Adabiyot va tasviriy san'at fanlaridagi portret tushunchasining umumiy va o'ziga xosliklari, yozuvchi va rassomlar tomonidan yaratilgan portretlar tahlil qilindi. O'quvchilar tomonidan "Mening sevimli qahramonim" nomli tayyorlangan portretlar baholandi. Shuningdek, sun'iy intellekt tomonidan yaratilgan suratlar ham o'quvchilar e'tiboriga havola qilindi. Badiiy adabiyot va tasviriy san'at o'rtasidagi mushtaraklik o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi.
Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram |Telegram |Facebook | You tube