IMA|Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
475 subscribers
4.48K photos
384 videos
14 files
1.06K links
Download Telegram
#Buxoro_viloyati_Bolalar_kutubxonasi
#Seminar_2_bosqich

📣
Buxoro viloyatidagi umumta’lim maktablari kutubxonachilarining malakasini, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha kaskad usulida o‘tkazib kelinayotgan o‘quv-seminarning 2-bosqichi o`tkazilmoqda.

Bugun 18-avgust kuni Buxoro viloyatidagi Jondor tumani 49-ixtisoslashtirilgan maktabida viloyat Bolalar kutubxonasi bilan hamkorlikda maktab kutubxonachilari uchun o‘quv-seminar tashkil etilib, ushbu seminarda Jondor tumani MMTB mutaxassislari va maktab kutubxonachilari ishtirok etishdi.

📂 Ushbu o‘quv-seminarga tashrif buyurgan maktab kutubxonachilariga kataloglar turlari, kitoblarga ishlov berish tartibi, bibtexnikalar to‘plami, kitob fondidan chiqarilayotgan kitoblar, jamlama hisobga olish kitobi, kitobxon formulyari namunasi, kitobning indeksi, jurnal va gazetalarni hisobga olish tartibi haqida tushuntirildi.

Buxoro viloyati Bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

|Telegram |Facebook|You Tube| Web site |Instagram
#Buxoro_viloyati_Bolalar_kutubxonasi
#Taqdirlash

❇️Jondor tumani maktab kutubxonachilari taqdirlandi.

🏆Bugun, 18-avgust kuni Buxoro viloyati Bolalar kutubxonasi va Jondor tumani MMTB tomonidan bolalar o`rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kitob mutolaasini keng targ'ib qilish hamda sohadagi samarali mehnatlari uchun Jondor tumanidagi bir guruh maktab kutubxonachilari Tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Buxoro viloyati Bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

|Telegram |Facebook|You Tube| Web site |Instagram
#Buxoro_viloyati_Bolalar_kutubxonasi
#Tanlov

‼️DIQQAT TANLOV‼️

🔹 Buxoro viloyati Bolalar kutubxonasi "Men g'olibman" loyihasi doirasida buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludlariga atab “Bir asrning ikki dahosi” mavzusida ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichini o'tkazilishini e’lon qiladi.

📖Ko‘rik-tanlov Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

🗓Tanlov 13 ta tuman (shahar) umumta’lim maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi. (har bir tumandan 2 nafardan iborat jamoa)
1. Tuman(shahar) bosqichi - 2024 yil 6-fevralga qadar
2. Viloyat bosqichi - 8-fevral

📌Tanlov shartlari bilan quyidagi
nizom orqali tanishing!

🏆Ushbu tanlovda faol ishtirok eting va g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Buxoro viloyati Bolalar kutubxonasining esdalik sovg‘alariga ega bo‘ling!

Buxoro viloyati Bolalar kutubxonasi axborot xizmati

|Telegram|Facebook|You Tube|Instagram|
#Buxoro_viloyati_Bolalar_kutubxonasi

❇️ "MEN JADIDLAR AVLODI" ko'rik- tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

🔹2024 yil  3-oktabr kuni Buxoro viloyati Bolalar kutubxonasida "Men g'olibman" loyihasi doirasida “Men - jadidlar avlodi” mavzusida ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichi o'tkazildi.

📖Ko‘rik-tanlov  2 ta shart "Men jadidlar avlodi" va "Jadidchilar adabiyoti bilimdoni" kabi savol- javob, test topshiriqlari bo'yicha
qatnashuvchilarning bilimlari aniqladi. Jondor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi Olimova Shaxriza bu tanlovda faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram |Telegram |Facebook | You tube