IMA|Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
481 subscribers
4.74K photos
389 videos
17 files
1.1K links
Download Telegram
Давлатимиз раҳбари кластерлар раҳбарлари билан мулоқот қилди.

Глава нашего государства государства провел встречу с руководителями кластеров.

#Mirziyoyev #safar #Buxoro #klasterlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Buxoro
#navroz_shukuhi
АССАЛОМ, НАВРЎЗ!

Мисли озод, учар қуш келдинг,
Майсалардай яшил туш, келдинг.
Бойчечакни соғинган юртга
Хуш келибсан бугун, хуш келдинг.

Йўлларингга муштоқ эди кўз,
Салом, баҳор, ассалом, Наврўз.

Уйғондилар далалар, боғлар,
Турна келар, кетишар зоғлар.
То умрбод чиқмагай ёддан
Висол каби бу тансиқ чоғлар.

Кўнгил осмонида сен юлдуз,
Салом, баҳор, ассалом, Наврўз.

Қаҳратоннинг қаҳрин синдирдинг,
Совуқ шамолларни тиндирдинг.
Ҳарорат истаган дилларга
Олов бердинг, оташ индирдинг.

Замин китобида олтин сўз,
Салом, баҳор, ассалом, Наврўз.

Қадамларинг етган чоғлари,
Яшнар қирнинг қизғалдоқлари.
Бахтнинг ифорига тўлгайдир
Янги Ўзбекистон боғлари.

Янги қўшиқ, янги алёр туз,
Салом, баҳор, ассалом, Наврўз.

Озод Ватан қучоғида қол,
Қадамларинг келтирсин иқбол.
Ўн икки ой навбаҳор бўлсин,
Қалбда ёнсин қуёш -- Истиқлол.

Халқимга бер ҳалол ризқу рўз,
Салом, баҳор, ассалом, Наврўз!

Абдунаби ҲАМРО

Уланиш учун: https://t.iss.one/ijod_bustoni
#Buxoro_

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘quvchilari o'rtasida STEAM (matematika,biologiya, fizika, kimyo, science hamda informatika va axborot texnologiyalari) fanlari bo'yicha olimpiadaning Buxoro viloyati bo'yicha olimpiada jarayonlarini ushbu havola orqali kuzatib boring.

https://t.iss.one/hududiybuxoropiima
#Buxoro_hudud

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘quvchilari o'rtasida STEAM (matematika,biologiya, fizika, kimyo, science hamda informatika va axborot texnologiyalari) fanlari bo'yicha olimpiadaning Buxoro viloyati bo'yicha ushbu olimpiadaga START berildi.

https://t.iss.one/hududiybuxoropiima
#Buxoro_viloyati_Bolalar_kutubxonasi
#Seminar_2_bosqich

📣
Buxoro viloyatidagi umumta’lim maktablari kutubxonachilarining malakasini, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha kaskad usulida o‘tkazib kelinayotgan o‘quv-seminarning 2-bosqichi o`tkazilmoqda.

Bugun 18-avgust kuni Buxoro viloyatidagi Jondor tumani 49-ixtisoslashtirilgan maktabida viloyat Bolalar kutubxonasi bilan hamkorlikda maktab kutubxonachilari uchun o‘quv-seminar tashkil etilib, ushbu seminarda Jondor tumani MMTB mutaxassislari va maktab kutubxonachilari ishtirok etishdi.

📂 Ushbu o‘quv-seminarga tashrif buyurgan maktab kutubxonachilariga kataloglar turlari, kitoblarga ishlov berish tartibi, bibtexnikalar to‘plami, kitob fondidan chiqarilayotgan kitoblar, jamlama hisobga olish kitobi, kitobxon formulyari namunasi, kitobning indeksi, jurnal va gazetalarni hisobga olish tartibi haqida tushuntirildi.

Buxoro viloyati Bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

|Telegram |Facebook|You Tube| Web site |Instagram
#Buxoro_viloyati_Bolalar_kutubxonasi
#Taqdirlash

❇️Jondor tumani maktab kutubxonachilari taqdirlandi.

🏆Bugun, 18-avgust kuni Buxoro viloyati Bolalar kutubxonasi va Jondor tumani MMTB tomonidan bolalar o`rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kitob mutolaasini keng targ'ib qilish hamda sohadagi samarali mehnatlari uchun Jondor tumanidagi bir guruh maktab kutubxonachilari Tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Buxoro viloyati Bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

|Telegram |Facebook|You Tube| Web site |Instagram
#Buxoro_viloyati_Bolalar_kutubxonasi
#Tanlov

‼️DIQQAT TANLOV‼️

🔹 Buxoro viloyati Bolalar kutubxonasi "Men g'olibman" loyihasi doirasida buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludlariga atab “Bir asrning ikki dahosi” mavzusida ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichini o'tkazilishini e’lon qiladi.

📖Ko‘rik-tanlov Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

🗓Tanlov 13 ta tuman (shahar) umumta’lim maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi. (har bir tumandan 2 nafardan iborat jamoa)
1. Tuman(shahar) bosqichi - 2024 yil 6-fevralga qadar
2. Viloyat bosqichi - 8-fevral

📌Tanlov shartlari bilan quyidagi
nizom orqali tanishing!

🏆Ushbu tanlovda faol ishtirok eting va g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Buxoro viloyati Bolalar kutubxonasining esdalik sovg‘alariga ega bo‘ling!

Buxoro viloyati Bolalar kutubxonasi axborot xizmati

|Telegram|Facebook|You Tube|Instagram|
#Buxoro_shahridagi_prezident_maktabi

📌27 - aprel Buxoro shahridagi Prezident maktabida sportning shaxmat turi bo'yicha Buxoro Prezident maktabi va İxtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari o'rtasida jamoaviy Buxoro Prezident maktabi ochiq kubogi bo'lib o'tdi.

📌Musoboqada deyarli barcha tuman va shaharlardagi ixtisoslashtirilgan maktablar ishtirok etishdi. Ushbu musoboqada
1 - o'rinni Buxoro Prezident maktabi jamoasi
2 - o'rinni Buxoro shahridagi 2 - son ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi
3 - o'rinni Kogon shahar ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi egalladilar.
Jamoalar diplom va kubok bilan taqdirlandilar.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
#STEM_olimpiadasi
#Buxoro

STEM OLIMPIADASINING AGENTLIK BOSQICHI

Ayni damda Buxoro shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning o'quvchilari o'rtasida STEM (matematika, fizika, kimуо, biologiya, science hamda informatika vа axborot texnologiyalari) fanlari bo'yicha olimpiadaning agentlik bosqichi bo'lib o'tmoqda.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#STEM_olimpiadasi
#Buxoro
#1_kun

STEM OLIMPIADASINING AGENTLIK BOSQICHI

Ayni damda Buxoro shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning o'quvchilari o'rtasida STEM (matematika, fizika, kimуо, biologiya, science hamda informatika vа axborot texnologiyalari) fanlari bo'yicha olimpiadaning agentlik bosqichi bo'lib o'tdi.

📌Ushbu olimpiadadan videolavha.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
Forwarded from FARID RAXMONOV
#Buxoro_ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Qabul_2024

O'quvchilar va ota-onalar uchun yanada qulaylik!

🗣 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda
ariza.piima.uz sayti orqali hamda Buxoro viloyatidagi barcha agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab—internatlari binolarida hujjatlarni ONLAYN topshirish uchun ko'maklashuvchi SHTABlar tashkil qilindi.

❗️Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga tashrif buyuring va hujjatlaringizni topshiring.
Pastda viloyatimizda faoliyat yurituvchi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning lokatsiyalari:
📍Buxoro shahridagi Prezident maktabi
📍
Buxoro shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
📍
Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍
G'ijduvon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍
Buxoro tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍
Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Kogon shahar ixtisoslashtirilgan maktabi
📍
Olot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍
Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍
Qorako'l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati
📍
Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍
Vobkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
📍Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqda: 📱
Telegram
#seminar_trening
#Buxoro_Prezident_maktabi


🎞 BUXORO SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABIDA MAKTAB MASLAHATCHILARI UCHUN SEMINAR-TRENING BO’lIB O’TDI.

📌Ushbu treningdan fotolavhalar

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram |Youtube |Telegram
#Buxoro_viloyati_Bolalar_kutubxonasi

❇️ "MEN JADIDLAR AVLODI" ko'rik- tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

🔹2024 yil  3-oktabr kuni Buxoro viloyati Bolalar kutubxonasida "Men g'olibman" loyihasi doirasida “Men - jadidlar avlodi” mavzusida ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichi o'tkazildi.

📖Ko‘rik-tanlov  2 ta shart "Men jadidlar avlodi" va "Jadidchilar adabiyoti bilimdoni" kabi savol- javob, test topshiriqlari bo'yicha
qatnashuvchilarning bilimlari aniqladi. Jondor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi Olimova Shaxriza bu tanlovda faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram |Telegram |Facebook | You tube
#Buxoro_shahridagi_prezident_maktabi
#eco_school_Uzbekistan
#eco_fest_

🌿Bugun Buxoro shahridagi Prezident maktabida “Eco schools Uzbekistan” , “Young climate Champions”, “ Yosh fermer” loyihalari bo’yicha ECO-FEST bo’lib o’tdi.

Bunda Buxoro hududidan “Eco schools Uzbekistan” loyihasiga yangi qo’shilgan Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi ham faol ishtirok etishdi.

🏢Jondor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Instagram |Telegram |Facebook | You tube
#Buxoro_shahridagi_prezident_maktabi

Buxoro shahridagi Prezident maktabiga Turkiya davlatining nufuzli "Turkiya Burslari" grandi vakillari tashrif buyurishib, ushbu davlatda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ma'lumot berishdi.

Shuni ta'kidlash joizki, bu uchrashuvda Prezident maktabi va viloyatdagi ixtisoslashgan maktab bitiruvchi-o'quvchilari o'zlarining qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Facebook | Instagram | Youtube |Telegram