Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.64K subscribers
6.69K photos
1.17K videos
57 files
2.73K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.iss.one/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
#Liderlar_haftaligi
#Seminar_trening

"LIDERLAR HAFTALIGI"DA 10104 NAFAR MAKTAB DIREKTORI ISHTIROK ETISHMOQDA

🔴 Ayni damda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Zamonaviy maktab liderlar nigohida” mavzusida seminar-treninglari bo'lib o'tmoqda.

Bundan ko‘zlangan maqsad Agentlik tizimidagi maktablar direktorlari tajribasini umumta'lim maktablari rahbar kadrlari bilan bo‘lishishdir.

📍Treninglar butun Respublika bo‘ylab bo'lib o'tmoqda va yurtimizning barcha hududlaridan 10104 nafar maktab direktorlari ishtirok etishmoqda.
_________
📷Fotolavhalarda Qoraqalpog'iston, Farg'ona, Buxoro, Namangan va Navoiy viloyatlaridagi jarayonlar aks etgan.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Seminar_trening

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan matematika fani o‘qituvchilari uchun seminar-treninglarning birinchi bosqichiga start berildi.

❗️ Trening onlayn shaklda tashkil etilib, unda o’quv seminarining keyingi bosqichlarini joylarda sifatli tashkil etish masalalari muhokama etildi.

Treningda Qoraqalpog‘iston, Toshkent shahar va viloyatlar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari boshliqlari o‘rinbosarlari, Prezident maktablari direktorlari va Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi hududiy trenerlar ishtirok etishdi.

🔹Mazkur treninglar 3 bosqichli kaskad usulida tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Jarayonning keyingi bosqichlarida tuman (shahar) umumta’lim maktablaridagi mahalliy trenerlar uchun Prezident maktablarida va yil yakuniga qadar tuman markazidagi umumta’lim maktablarida tashkil etish ko'zda tutilgan.

Yig'ilishda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga vazirlik mas’ullaridan javob olishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Эълон
#Seminar_trening

📣 RESPUBLIKADAGI BARCHA MATEMATIKA VA INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING MAHORATI OSHIRILADI!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan “O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusida seminar-treninglar tashkil etilmoqda!

❗️Mazkur treninglar 3 bosqichli bo‘lib, 1-bosqich onlayn tarzda tashkil etildi va unda 28 nafar pedagog ishtirok etdi.

Seminarlarning 2-bosqichida 2800 nafar hamda 3-bosqichida 35 422 nafar o'qituvchilarning zamonaviy pedagogik tajribalarini yanada oshirish rejalashtirilgan.

Mazkur treninglardan ko‘zlangan maqsad:

🔹ilgor tajribalar bilan bolishish,
🔹zamonaviy metodikalar bilan tanishtirish,
🔹ta'lim sohasidagi yangiliklar bilan bolishish,
🔹oquvchilarda kreativ va tanqidiy fikrlash konikmalarini rivojlantirishni o‘rgatishdan iborat.

📍Mazkur treninglar Respublikamizning 14 ta hududidagi Prezident maktablarida bo‘lib o‘tadi.

👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
#Seminar_trening
#Matematika

🔴SEMINAR TRENINGLARGA START BERILDI

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan “O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusida seminar-treninglarga start berildi.

Mazkur treninglardan ko‘zlangan maqsad:

🔹ilgor tajribalar bilan bolishish,
🔹zamonaviy metodikalar bilan tanishtirish,
🔹ta'lim sohasidagi yangiliklar bilan bolishish,
🔹oquvchilarda kreativ va tanqidiy fikrlash konikmalarini rivojlantirishni o‘rgatishdan iborat.

📍Trening jarayonlari Xiva shahridagi Prezident maktabida bo'lib o'tmoqda. Mazkur treninglar 23-24-mart kunlari umumta'lim maktablarining matematika va ingliz tili fanlari o'qituvchilari uchun tashkil qilinadi.

⬇️Bizni kuzatishda davom eting
telegram | instagram
facebook | you tube
#Prezident_maktablari_metodikasini_oʻrganamiz
#Seminar_trening

🔴 LIVE

“O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusidagi seminar-treninglardan ko‘zlangan maqsad:
🔹ilgor tajribalar bilan bolishish,
🔹zamonaviy metodikalar bilan tanishtirish,
🔹ta'lim sohasidagi yangiliklar bilan bolishish,
🔹oquvchilarda kreativ va tanqidiy fikrlash ko
nikmalarini rivojlantirishni o‘rgatishdan iborat.

Suratlarda Navoiy, Nurafshon, Namangan va Xiva shaharlaridagi jarayonlar aks etgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#Prezident_maktablari_metodikasini_õrganamiz
#Xiva_shahri
#Seminar_trening
#2_kun
#LIVE

🔴Ayni damda Xiva shahridagi Prezident maktabida matematika va ingliz tili fani o'qituvchilari uchun seminar-treninglarning 2-kuni bo'lib o'tmoqda.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan “O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni loyiha ishlari orqali shakllantirish” mavzusida seminar-treninglar davom etmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting:
📘telegram 📕instagram
📗facebook 📙you tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

🎥 Xiva shahridagi Prezident maktabida o'tkazilayotgan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar maslahatchilarining malakasini oshirish bo'yicha seminar trening jarayonlaridan videolavha.

Bizni kuzatishda davom eting:
📘telegram  📕instagram
📗facebook 📙you tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

JARAYON,
YAKUN VA
TAASSUROTLAR!


Xiva shahridagi Prezident maktabida o'tkazilgan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar maslahatchilarining malakasini oshirish bo'yicha
seminar trening jarayonlari yakuniga yetdi.

Bizni kuzatishda davom eting:
📘telegram  📕instagram
📗facebook 📙you tube
#Guliston_Prezident_maktabi
#seminar_trening_taassurotlari

📌Xabaringiz bor, joriy yilning 27-28-mart kunlar Xiva shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda faoliyat yuritayotgan maktab maslahatchilarining malakasini oshirish bo'yicha amaliy seminar-treninglari o‘tkazildi.

❇️Ushbu trening-mashg‘ulotida Guliston shahridagi Prezident maktabi maslahatchisi Madina Saparova ham ishtirok etdi. Bugun o‘zaro almashilgan tajribalar va treningdan olingan taassurotlar bilan bo‘lishish maqsadida maktab jamoasi va bitiruvchi o‘quvchilari uchun o‘z taqdimotlarini namoyish etdi.

Bizni kuzatishda davom eting:
📱Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram
#seminar_trening

🏫Xiva shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashgan maktablar direktorlari va direktor o'rinbosarlari uchun "Monitoring - zamonaviy maktab liderining instrumenti" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminarda maktab direktorlari uch chorak davomida birinchi marta qo'llanilgan BSB va ChSB sinovlarining tahlilini ham birgalikda o'rgandilar va yangi o'quv yilida yangi strategik rejalarni amalga oshirishni asosiy vazifa qilib belgilab oldilar.

⬇️Xiva shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi
sahifalari:
telegram | instagram | facebook | you tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Ta’limda boshqaruv” mavzusidagi seminar-treninglarga start berildi.

Mazkur tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, Toshkent shahar, viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari hamda mas’ullar ishtirok etishmoqda.

❗️Tadbir avvalida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova so’zga chiqib, bu kabi treninglarning ahamiyati hamda ta’limda boshqaruvning to’g’ri yo’lga qo’yilganligi naqadar muhimligi haqida so’z yuritdi.

⚡️ Shundan so’ng, seminar-treninglarning amaliy qismiga start berilib, vazir “motivatsion kouching”larni boshlab berdi.

Unda hududiy rahbarlarning ish faoliyatini yo’lga qo’yish, samarali boshqaruv tizimini shakllantirish kabi mavzularda so’z bordi.

📌 Kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilar uchun sho’balarga bo’lingan holda seminar-treninglar bo’lib o’tadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Seminar_trening

“Ta’limda boshqaruv” mavzusidagi seminar-treninglar davom etmoqda

🔴 Seminar-treninglar quyidagi yo’nalishlarda bo’lib o’tmoqda:

▶️ o‘quvchi qabuli,
▶️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi maktablaridagi yondashuv, mezonlarga asoslangan baholash tizimi,
▶️ umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’limni joriy etish,
▶️ maktablarda o‘quvchilarni bepul ovqatlantirish,
▶️ ikkinchi xorijiy tilni va kasb o‘rgatishni joriy etish,
▶️ nodavlat ta’lim muassasalari faoliyati,
▶️ attestatsiya va akreditatsiya, milliy reyting,
▶️ maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrov darajasi.

❗️ Treninglar davom etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Seminar_trening
#Kutubxona_nurxona

🫡Xiva shahridagi Prezident maktabida Trener kutubxonachilar uchun ''Zamonaviy kutubxonachining kasbiy kompetensiyasi'' mavzusida o'quv seminari bo'lib o'tdi.

💠 Ixtisoslashtirilgan maktablarni darsliklar bilan ta'minlash bo'limi boshlig'i S.Nazarov ishtirok qilib yangi o'quv yiliga darslik buyurtmalarini shakllantirish va tarqatish tartibi to'g'risida gapirdi.

🫥Seminarda Viloyatimizdagi barcha Ixtisoslashtirilgan maktab kutubxonachilari qatnashib Prezident maktab kutubxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Xiva shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi
sahifalari:
telegram | instagram | facebook |you tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening
#Angliya

O’ZBEKISTONLIK MAKTAB DIREKTORLARI ANGLIYADAGI MAKTABLARDA DIREKTOR BO’LISHADI

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi” tashkil etilgan bo’lib, g‘oliblar Angliyaning Portsmut universitetida malaka oshirish imkoniyatini
qo‘lga kiritishadi.

🔴 Bugun mazkur dasturning so‘nggi bosqichi sifatida seminar-trening jarayonlari bo’lib o’tmoqda.

❗️Trening Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti Ta’lim, tillar va lingvistika bo‘limi boshlig‘i, professor Stiven Korbett tomonidan o’tkazilmoqda.

⚡️ Ma’lumot uchun, Angliyaning Portsmut universiteti bilan hamkorlikdagi mazkur dastur 1-marta o’tkazilayotgan bo’lib, o‘z ichiga quyidagi 3 ta shartni qamrab oladi:
 
Hujjat topshirish. Nomzodlar ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi lozim (kamida B2 daraja).
 
Yozma ish
 
Suhbat

Ushbu tanlovda g’olib bo’lgan 28 nafar direktor Angliyaning Portsmut shahriga 2 hafta davomida malaka oshirishga yuborilishi rejalashtirilmoqda.

❗️G’oliblar dastur doirasida Angliyadagi Portsmut universitetida treninglarda ishtirok etishadi va 2 kun davomida Angliyadagi maktablarda direktor sifatida ham amaliyot o’tashadi.

Ular keyinchalik Angliyada o’rgangan tajribalarini boshqa maktab direktorlari bilan bo’lishishlari ko’zda tutilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening
#Prezident_maktablari

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, psixolog va tarbiyachi-pedagoglarning malakasini yanada oshirish maqsadida Nukus shahridagi Prezident maktabida amaliy seminar-trening tashkil etildi.

Dastlab mehmonlar uchun maktab boʻylab sayohat uyushtirildi. Bunda mehmonlar maktab hayoti, yaratilgan sharoitlar va uning milliy o'ziga xosligi, shuningdek, oʻquvchilar tomonidan ishlangan loyiha ishlari bilan tanishtirildi.

🗣Seminar-treningni Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi boshligʻi T.Atamuratov va Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi S.Shakirovalar kirish soʻzi bilan ochib berdi.

📝 Seminar davomida:
Prezident maktablari missiyasi, maqsadlari va ularga erishishda Xalqaro maktablar kengashi (CIS) faoliyati tajribasi;
Global fuqarolik va madaniyatlararo ta’lim;
Xavfsiz maktab va bolalarni himoya qilish;
Etika kodeksi, maktab qadriyatlari;
Xodimlar, ota-onalar va bolalar hamjihatligi kabi mavzularda taqdimotlar va treninglar boʻlib oʻtmoqda.

📆Ma'lumot uchun, mazkur seminar-trening ikki kun davom etadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening
#ikkinchi_kun
#jarayon

🗺Nukus shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan seminar-treningning ikkinchi kunidan suratlar.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening

🗺Nukus shahridagi Prezident maktabida o‘tkazilgan "Xavfsiz va sog‘lom muhit – sifatli ta’lim asosidir!" nomli seminar-treningdan videolavha.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#direktorlar_kengashi
#seminar_trening

Xorazm viloyati “Direktorlar kengashi” tomonidan "Zamonaviy rahbar va maktab ta’limida samarali boshqaruv" mavzusida seminar-trening o’tkazildi.

Bugun 6-aprel kuni Xiva shahridagi Prezident maktabida davr talabiga mos lider kadrlarni shakllantirish maqsadida tashkil etilgan ushbu seminarda Xorazm viloyatidagi umumta’lim maktablarining direktorlari hamda ularning ma’naviy-ma’rifiy va o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari qatnashayapti. Seminar munozara va muzokaralarga boy va qiziqarli o’tayotganligini e’tirof etayotgan seminar qatnashchilari tashkilotchilardan mamnun ekanligini bildirishdi.

Birgalikda biz ta’lim tizimini yuksaklarga olib chiqamiz!!!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#direktorlar_kengashi
#seminar_trening

Xorazm viloyati “Direktorlar kengashi” tomonidan "Zamonaviy rahbar va maktab ta’limida samarali boshqaruv" mavzusida o’tkazilgan seminar-treningdan video lavha