Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.77K subscribers
7.92K photos
1.24K videos
57 files
3.1K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


πŸ‘‰ instagram.com/psinkhiva
πŸ‘‰ https://t.iss.one/PSinKhiva
πŸ‘‰https://www.facebook.com/psinkhiva
πŸ‘‰ @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
#Sayohat
#Harbiy_qismda_bir_kun

HARBIY QISMDA BIR KUN

πŸ”°Xiva shahridagi Prezident maktabining 9-sinf o'quvchilari uchun Vatanparvarlik oyligi munosabati bilan Shimoli-g'arbiy 53008 harbiy qismiga sayohat tashkil qilindi.

βœ…Harbiy qism bilan tanishtirish bilan birga tajribali mutaxassislar bolalarga harbiy san'at sirlari haqida ma'lumotlar berib o'tishdi.

✨ Ko'rgazmadagi turli o'qotar qurollarni o'z qo'llari bilan ushlab ko'rgan bo'lajak Vatan himoyachilari harbiy qismdan bir olam iliq taassurotlar bilan qaytdilar.

⬇️Bizni kuzatishda davom eting
Telegram | Instagram
Facebook | You tube
#Kitobxonlik
#Sayohat

BILIM - XAZINA!

βœ…Xiva shahridagi Prezident maktabi oΚ»quvchilarini kitobxonlikka ishtiyoqini yanada oshirish maqsadida "Yoshlar kutubxonasi" ga sayohat tashkil qilindi.

πŸ“š Bu kabi ma'naviyat maskanlariga tashriflar yoshlar dunyoqarashi rivojlanishiga o'z ijobiy ta'sirini o'tkazmasdan qolmaydi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram
Facebook | You tube
#sayohat

πŸ”°Xiva shahridagi Prezident maktabining 6-sinf o'quvchilari bilan Geografiya fani doirasida Yevrosiyo materigi mavzusida Beruniy asos olgan "Ma'mun akademiyasi" ga sayohat uyushtirildi.

Mamun akademiyasida o'quvchilar olimlar hayoti va qadimiy eksponotlar bilan tanishdilar. Zamonaviy laboratoriyalarda  ilmiy ish olib borayotgan tadqiqotchilar bilan suhbatlashdilar.

Xiva shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi
sahifalari:

πŸ“˜telegram πŸ“™instagram
πŸ“—facebook πŸ“•you tube
#sayohat

OGAHIY XOTIRASINI YOD ETIB

πŸ”°Xiva shahridagi Prezident maktabining o'quvchilari Ogahiy uy muzeyi bo'ylab sayohat qilishdi.

Muzey bo'ylab sayohat davomida o'quvchilarimiz Muhammad Rizo Ogahiyning o'zbek mumtoz adabiyoti rivojida tutgan o'rni hamda adibning shaxsiyati haqida ham ko'pgina ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

πŸ”—https://t.iss.one/PSinKhiva
#Sayohat

KITOB - BILIM BULOG'I

πŸ“šXiva shahridagi Prezident maktabining 6-7-sinf o'quvchilari uchun "Vatan bo'ylab sayohat" rukni ostida Urganch shahridagi Yoshlar kutubxonasiga sayohat tashkillashtirildi.

πŸ“–Kutubxonaga sayohat davomida yosh kitobxonlarimiz markaz bilan tanishdilar va o'zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Shuningdek, o'quvchilar qiziqarli kitoblardan o'qish uchun olib kelishdi.

𝐡𝑖𝑧𝑛𝑖 π‘˜π‘’π‘§π‘Žπ‘‘π‘–π‘ β„Žπ‘‘π‘Ž π‘‘π‘Žπ‘£π‘œπ‘š 𝑒𝑑𝑖𝑛𝑔
telegram | instagram
facebook | you tube
#Teatr
#Sayohat

TEATR-TARBIYA VA MA'NAVIYAT MASKANI

πŸ›πš‡πš’πšŸπšŠ πšœπš‘πšŠπš‘πš›πš’πšπšŠπšπš’ π™Ώπš›πšŽπš£πš’πšπšŽπš—πš πš–πšŠπš”πšπšŠπš‹πš’ 𝚘'πššπšžπšŸπšŒπš‘πš’πš•πšŠπš›πš’ πšπšŽπšŠπšπš›πšπšŠ! π™±πš’πš› πšπšžπš›πšžπš‘ πš˜β€˜πššπšžπšŸπšŒπš‘πš’πš•πšŠπš›πš’πš–πš’πš£ πšžπšŒπš‘πšžπš— πš‡πš˜πš›πšŠπš£πš– πšŸπš’πš•πš˜πš’πšŠπšπš’ πš–πšžπšœπš’πššπšŠπš•πš’ πšπš›πšŠπš–πšŠ πšπšŽπšŠπšπš›πš’πšπšŠ πšœπšŠπš’πš˜πš‘πšŠπš πšπšŠπšœπš‘πš”πš’πš• πššπš’πš•πš’πš—πšπš’ 𝚟𝚊 πšžπš•πšŠπš› "πš€πšŠπš’πšπšŠπš› πšπšžπš—πš’πš˜" 𝚍𝚎𝚒𝚊 πš—πš˜πš–πš•πšŠπš—πšπšŠπš— πšœπš™πšŽπš”πšπšŠπš”πš•πš—πš’ πšπš˜πš–πš˜πšœπš‘πšŠ πššπš’πš•πšπš’πš•πšŠπš›. πšƒπšŠπšŠπšœπšœπšžπš›πš˜πšπš•πšŠπš› 𝚊'πš•πš˜!
πšƒπšŽπšŠπšπš› πšπš˜πš–πš˜πšœπš‘πšŠπšœπš’πšπšŠπš— πš•πšŠπšŸπš‘πšŠπš•πšŠπš›...

π‘©π’Šπ’› π’Šπ’‹π’•π’Šπ’Žπ’π’Šπ’š π’•π’‚π’“π’Žπ’π’’π’π’‚π’“π’…π’‚:
telegram | instagram
facebook | you tube
#Sayohat

Xiva shahridagi Prezident maktabining IT sohasiga qiziquvchi o'quvchilari uchun Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialiga
sayohat tashkillashtirildi.

Bunda o'quvchilarimiz oliy ta'lim muassasasi imkoniyatlari, ta'lim yo'nalishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Biz  ijtimoiy tarmoqlarda:
telegram | instagram
facebook | you tube
#Sayohat

Kim yurtiga sodiq bo'lsa mendirman o'sha...

Xiva shahridagi Prezident maktabining bir guruh o'quvchilari uchun o'zbek xalqining mard va jasur o'g'loni Jaloliddin Manguberdi sharafiga Urganch shahrida qad rostlagan harbiy akademik litseyiga sayohat tashkillashtirildi.

Jaloliddin Manguberdi tarixda jasorati va vatanparvarligi bilan nom qozongan. U Vatan ozodligi yoΚ»lida mislsiz qahramonlik koΚ»rsatib, millatni hurriyat sari ruhlantirgan jasur sarkarda sifatida ehtiromga loyiq. ToΚ»liq ismi – Jaloliddin Abulmuzaffar Manguberdi ibn Muhammad) (1198β€”1231) – Xorazmshohlar davlatining soΚ»nggi hukmdori (1220-yildan), Muhammad Xorazmshohning toΚ»ngΚ»ich oΚ»gΚ»li.

Telegram | Instagram 
Facebook| You tube
#sayohat

⚑️Xiva shahridagi Prezident maktabi o'quvchilarini viloyatimizning ajdodlar tarixi, madaniy merosi va muzeylari bilan tanishtirish maqsadida sayohatlar tashkil etilmoqda...

πŸ’₯ Xiva shahridagi Prezident maktabining 5-sinf oβ€˜quvchilarini Urganch shahridagi "Jaloladdin Manguberdi " yodgorlik majmuasiga
sayohatga olib borildi.

✨Oβ€˜quvchilarning boβ€˜sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning yurtimizda davlatchilik, ilm-fan, madaniyat va san’at, mС’morchilik rivoji yangi bosqichga koβ€˜tarilishi haqidagi bilim va tasavvurlarini yanada boyitish hamda Ikkinchi RΠ΅nΠ΅ssans davrida yaratilgan tarixiy-madaniy obidalarga ekskursiyalar tashkil qilindi.

πŸ“ˆ
Sayohat o'quvchilarda iliq taassurot qoldirdi.

🌐Maktabimiz ijtimoiy tarmoqda:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube
#Sayohat
#Xiva_shahridagi_prezident_maktabi

Xiva shahridagi Prezident maktabining 8-sinf o'quvchilari "Geografiya va tarix" fani doirasida 17-asrda ikki xalq – oβ€˜zbeklar va turkmanlar tomonidan qurilgan β€œUlli Hovli” tarixiy majmuasiga sayohatga chiqishdi.

"Ulli Hovli”, yaΚΌni β€œkatta hovli” Xorazm viloyatining Urganch tumanida joylashgan. Dastlab Xiva xoni tomonidan Xiva va Urganch oβ€˜rtasida yashab bu hududdan oβ€˜tgan savdo karvonlarini dushman bosqinlaridan himoya qilgan jasur turkmanlar uchun harbiy shaharcha sifatida qurdirgan.


O'quvchilar hovli tarixi va suratlari, ko'rgazmalari bilan tanishdilar. Turkmaniston hayot tarzi, chorvachiligi, qadimiy uy-anjom buyumlari o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

βœ… Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube
#XivashahridagiPrezidentMaktabi
#Sayohat

πŸ“ŒXiva shahridagi Prezident maktabi 8-sinf oβ€˜quvchilari β€œArda Xiva” majmuasiga unutilmas sayohat uyushtirishdi.

πŸ“Bu sayohat nafaqat tarixiy bilimlarni boyitish, balki milliy merosimizni chuqurroq anglash uchun ham muhim voqea boβ€˜ldi. Oβ€˜quvchilar β€œArda Xiva” majmuasida qadimiy me’morchilik yodgorliklari, hunarmandchilik buyumlari va boy tarixiy eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar. Sayohat davomida ular Xivaning boy madaniy merosi, urf-odatlari va oβ€˜ziga xos an’analari haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega boβ€˜lishdi.

πŸ“ŒUshbu safar oβ€˜quvchilarning vatanga boβ€˜lgan muhabbatini yanada oshirdi, ularni oβ€˜z tarixiga mehr va hurmat bilan qarashga undadi.

βœ… Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube
#Sayohat

Xiva shahridagi Prezident maktabining 5-sinf oβ€˜quvchilari uchun Xorazm viloyati qoβ€˜gβ€˜irchoq teatriga madaniy-ma'rifiy sayohat tashkil etildi.

Ushbu tashrif o’quvchilarga milliy teatr san’atining goβ€˜zalligi bilan yaqindan tanishish, estetik didini oshirish va ijodiy tafakkurini rivojlantirish imkonini berdi.


βœ…Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube