Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.63K subscribers
6.73K photos
1.17K videos
57 files
2.73K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.iss.one/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim_faxrim

Aziz yurtoshlar!

Til – davlat timsoli, mulki, millatning madaniy va ma'naviy boyligi, unda xalqning madaniyati, urf-odati, turmush tarzi mujassam.

Millatimiz ramzi bo‘lgan ona tilimizga hurmat ko‘rsatish, avvalo fuqarolik burchimizdir. Shuningdek, o‘zbek tilining rivoji hamda ahamiyatini oshirishda ham shaxsiy mas’ulligimizni unutmasligimiz lozim!

Barchamizga milliy ruhimiz aksi bo‘lgan O‘zbek tili bayramimiz muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim_faxrim

⚡️O'ZBEK TILI BAYRAMIGA "6" KUN QOLDI❗️

🔰Xiva shahridagi Prezident maktabi o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi hamda 21-oktabr O'zbek tili bayrami kunini "O'zbek tili - milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" shiori ostida nishonlash maqsadida #Ona_tilim_faxrim chellenjini e'lon qiladi.

🎙Maktabimiz o'quvchilari Shaxrizoda va Murodbeklar atoqli shoir Muhammad Yusufning "Ona tilim" she'rini ifodali o'qidilar.

⚡️ Chellenjda siz ham faol ishtirok eting.

Biz  ijtimoiy tarmoqlarda:
telegram | instagram
facebook | you tube
#ona_tilim_faxrim

⚡️"Oʻzbek tili – milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" 

Xiva shahridagi Prezident maktabida 21-oktabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining  34 yilligi munosabati bilan "Oʻzbek tili – milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!" shiori ostida "ONA TILI - MILLAT RUHI" deb nomlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbir iste'dodli o'quvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar bilan birga qizg'in munozaralarga boy bellashuv tarzida tashkil qilindi. Bellashuv natijasida "Temuriylar" jamoasiga g'oliblik nasib qildi.

🏵 Shuningdek, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo'limi rahbari Gavhar Ibadullayeva ham mehmonimiz bo'lib, ona tilimizning naqadar serjilo ekanligi haqida fikrlari bilan bo'lishdilar va o'quvchilarga o'zlarining bayram tabriklarini yo'lladilar.

telegram | instagram
facebook | you tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim_faxrim

⚡️Xiva shahridagi Prezident maktabida faoliyat yuritayotgan xorijlik ustozlar xalqimizni
Ona tilimiz - o'zbek tilining 34 yillik shodiyonasi bilan samimiy muborakbod etadilar.


telegram | instagram
facebook | you tube
#ona_tilim_faxrim
#21_oktabr_Oʻzbek_tili_bayrami_kuni

Muhtaram Vatandoshlar!

Til milliy o‘zlik timsoli, millatning g'ururi. O'zbek tili bizga ajdodlardan meros va mustaqil davlatchiligimizning timsolidir.

Zero, til borki, millat yashaydi, madaniyat rivoj topadi. Har bir millatning eng qiymatli xazinasi bu uning milliy tilidir.

Bugungi bayram butun Oʻzbekiston xalqiga muborak bo'lsin! Barchangizga sog‘lik-omonlik, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilaymiz.

Ona tilimiz hamisha mag‘rur yangrasin!

Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi jamoasi


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube