Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.77K subscribers
7.95K photos
1.25K videos
57 files
3.11K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.iss.one/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
#bugun

🔬Xiva shahridagi Prezident maktabida III chorak yakuniy imtihonlarining amaliy tajriba qismidan fotolavhalar.

⬇️Xiva shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi
sahifalari:

telegram | instagram | facebook | you tube
#bugun

🧪Xiva shahridagi Prezident maktabida Kimyo fanidan A-level Mock imtihonlarining amaliy tajriba jarayonidan fotolavhalar.

Tajriba keng ma'noda - uquv, malaka va bilimning birligidan iborat bo'lib, fanni rivojlantirishning muhim vositasi bo'lib xizmat qiladi.

⬇️Bizni kuzatishda davom eting
telegram | instagram | facebook | you tube
#Bugun

BUYUK MUVAFFAQIYATLAR FAQAT QAT'IYAT VA SABOT - MATONATNING NATIJASI XALOS!

❇️Bugun Xiva shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda faoliyat yuritayotgan maktab maslahatchilarining malakasini oshirish bo'yicha amaliy seminar treningga start berildi.

✔️Yuqori tempda kechayotgan seminarda maktab maslahatchilari bir-birlari bilan tajriba almashgan holda yanada ko'proq ma'lumot hamda tajribaga ega bo'lishmoqda.

Trening jarayonlari 27-28-mart kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Bizni kuzatishda davom eting👇
🔹telegram 🔸instagram
🔸facebook 🔹you tube
#Bugun
#treningdan_fotolavhalar

🔰Bugun Xiva shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda faoliyat yuritayotgan maktab maslahatchilarining malakasini oshirish bo'yicha amaliy seminar treningning 2-yakuniy kuni bo'lib o'tdi.

✔️2 kunlik seminar trening tajribali va malakali trenerlar tomonidan olib borildi.

❗️Eslatib o'tganimizdek trening jarayonlari 27-28-mart kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan edi.

Bizni kuzatishda davom eting👇
🔹telegram   🔸instagram
🔸facebook  🔹you tube
#Bugun

🔥 1992-yil 10-dekabr. Shu kuni “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Bugun esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligiga 32 yil to‘ldi.

Madhiyamizda xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalangan. Unda mardona va sharaflarga boy o‘tmishimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ular tarannum etilgan.

🔅 Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimiz, yoshlarimizni ushbu qutlug‘ kun bilan chin dildan muborakbod etamiz! Istiqlolimizni, yurtimizning kuch-qudrati, xalqimizning aql-zakovati, ajdodlarimizning shon-shuhrati va avlodlarimizning yorug‘ kelajagini sharaflovchi ushbu tarona asrlar osha baralla yangrayversin!

🌐 Telegram | Facebook
#Bugun

O‘zbek milliy teatr san’atining tamal toshini qo‘ygan jadidni bilasizmi?


Vatanimiz tarixidagi 15-yanvar sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1914-yil (bundan 111 yil oldin) – Samarqanddagi Xalq uyida “Padarkush” spektakli birinchi marta namoyish etildi.

1929-yil (bundan 96 yil oldin) – O‘zbekiston hukumati qaroriga asosan Katta yo‘llar va tosh yo‘llar bosh boshqarmasi tashkil etildi.

1936-yil (bundan 89 yil oldin) – Xorazmda birinchi radioeshittirish amalga oshirildi.

1938-yil (bundan 87 yil oldin) – Buxoro, Farg‘ona, Samarqand, Toshkent va Xorazm viloyatlari tashkil etildi.

1948-yil (bundan 77 yil oldin) – O‘zbekiston hukumatining «Chet tili o‘qituvchilari tayyorlashni tashkil etish haqida»gi qarori qabul qilindi.


Batafsil:
https://uza.uz/posts/677745

🌐 Telegram | Facebook
#Bugun

Sohibqiron Amir Temur xotirasi kuni

1405-yil (bundan 620 yil oldin) – O'tror hokimi Berdibek saroyining Temur uchun maxsus jihozlangan xonasida Xitoy yurishiga otlangan buyuk lashkarboshi, davlat arbobi Amir Temur vafot etdi. Bu hodisa hijriy 807-yil sha'bon oyining o'n yettinchi kuni (milodiy 1405-yil 18-fevralda) yuz berdi. Buyuk saltanat asoschisi namozshom bilan xufton orasida, “Tavhid” kalimasini takror-takror aytib, hayotdan ko'z yumdi.


Vatanimiz tarixidagi 18-fevral sanasi bilan bog'liq ayrim voqealar bayoni.

Batafsil:
https://uza.uz/posts/689383
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bugun

✍️ Matnazar Abdulhakim tavallud topgan kun!

IBODAT

Rad etmagil dahriy deb meni,
Mustajob et ezgu duoyim.
O‘g‘il ko‘rsin o‘g‘li yo‘q odam,
Qizi yo‘qqa qiz ber, Xudoyim.

Umid bilan dunyoga kelgan
Farzandsizlik dog‘in tuymasin
Hech parranda, hech darrandaning,
Qo‘y, iloyim, pushti kuymasin.

Qulunlar ber saodatmand et
Har bir tulpor, har bir duldulni.
Avlodidan mosuvo qilma
Biron to‘ti, biron bulbulni.

Qo‘ralarga soladi qiron,
Uyalarda qiladi buzg‘un.
Bola ko‘rsin, baribir, bo‘ri,
Jo‘ja ochsin, baribir quzg‘un.

Qoraysa ham dastidan falak
Junjiksa ham dastidan bog‘lar,
Zag‘chalar ko‘p sernasil bo‘lsin,
O‘zlaridan ko‘paysin zog‘lar.

Uzumlar ko‘p meva bersinlar,
Gujumlar ko‘p soya bersinlar.
Mayli, pechak, mayli, alaf ham,
Ildizini yoya bersinlar.

Menga she’r bermasang bermagil,
Boshqalarni qilma nolonlar.
Mayliga, boshqorong‘i bo‘lsin
Mening yuragimga ilonlar.

Shudir senga o‘tinchim, nolam,
Iltijo ham faryodim doim.
Baxtimizga O‘zing yolg‘izsan,
Shu baxt bizga basdir, Xudoyim.


🌐
Telegram | Facebook
#Bugun

🌍 22-aprel – Xalqaro Yer kuni

Yer kuni har yili 22-aprel sanasida dunyo bo‘ylab ekologik muammolarga e’tibor qaratish, tabiatni asrash va barqaror yashash tarzini targ‘ib qilish maqsadida nishonlanadi.

Quyosh sistemasidagi uchinchi sayyora hisoblangan Yer hozirgacha tiriklik tarqalgan yagona sayyoradir. Yerning yoshi 4.54 mlrd yoshda deb hisoblangan.


Yer - barchamizning umumiy uyimizdir!


🌐 Telegram | Facebook
#bugun

⚡️ 30-iyun “Yoshlar kuni”!

- Bugun bayram munosabati bilan yoshlar uchun yangi imkoniyatlar e’lon qilinadi.

- Mehnati, harakati orqali muvaffaqiyatga erishgan ko‘p sonli yoshlar davlat mukofotlari bilan taqdirlanadi.

- Respublika bo‘ylab ishbilarmon, tadbirkor yoshlarning innovatsion loyihalari taqdimoti o‘tkaziladi.

- Va albatta, mamlakatimiz bo‘ylab yoshlar sayllari, bayramlar hamda tantanalar bo‘ladi.

Yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring, yangi imkoniyatlardan ham faol foydalaning.

“Yoshlar kuni” muborak bo‘lsin!

🌐 Telegram | Facebook
#bugun

2-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun

⚪️ Davlat gerbi dumaloq ko‘rinishga ega bo‘lib, bu shaklning so‘l tomoni rizq-ro‘zimiz timsoli – bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa o‘zbekning dong‘ini dunyoga taratgan bebaho boyligimiz – chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan, uzoqdagi tog‘lar va daryolar manzarasida gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi, ayni paytda bu O‘zbekistonning serquyosh mamlakat ekanligini ham bildiradi.

Gerbning yuqori qismida esa O‘zbekiston ozodligining ramzi sifatida sakkizburchak yulduz, uning ichki qismida yarimoy va yulduz maʼnosi mamlakat aholisining ko‘p qismi islom diniga etiqod qilishi, markazida baxt va erksevarlik ramzi – qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan.

Gerbning pastki qismida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar tasmasiga “O‘zbekiston” deb yozib qo‘yilgan.

🌐 Telegram | Facebook