Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.62K subscribers
6.85K photos
1.18K videos
57 files
2.76K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.iss.one/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
#Zulfiyaxonim_tavalludi

Zulfiya tavalludining 106 yilligi munosabati bilan bugun Jizzax viloyati Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida “Zulfiya ijodi va adabiy-badiiy merosining xalqaro ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tmoqda.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish Agentligi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan mazkur anjumanda President, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish Agentligi rahbari Hilola Umarova, Jizzax viloyat hokimi Ergash Soliyev, hamda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zolari ishtirok etishdi.
Hamid Olimjon va Zulfiya haykali poyiga gulchambar qo’yish marosimi bilan boshlangan tadbir bu ikki yetuk ijodkorning muzey hamda ijod maktablariga tashrif bilan davom etdi.

⬇️Биз ижтимоий тармоқларда:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zulfiyaxonim

❇️
Zulfiyaxonim tavalludining 107 yilligiga bag'ishlanadi.

🎙She'rni Xiva shahridagi Prezident maktabining 8-sinf o‘quvchisi Dilso'z Fayzullayeva o'qidi.



Xiva PM rasmiy telegram sahifasi https://t.iss.one/PSinKhiva
#Zulfiyaxonim_tavalludi
#Xiva_shahridagi_Prezident_maktabi

ZULFIYAXONIM 108 YOSHDA...

E‘zozlar, ardog‘lar uchun tashakkur,
Asli Siz - oftobim, men ziyosiman.
Tonglaringiz kulsin dorilomon, hur,
Baxtim shul - o`zbekning Zulfiyasiman!

🌸🌸🌸

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Instagram
Facebook| You tube
#Zulfiyaxonim_izdoshlari

Xiva shahridagi Prezident maktabida Zulfiyaxonim izdoshlari safi ortmoqda

Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Sevinchoy Ollayorova Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

– Ushbu mukofotni aynan ta'lim yoʻnalishida olishim va Prezidentimizning menga bildirgan ishonchlari kelajakda yurtimizda ta'lim sohasiga hissa qoʻshish uchun tinimsiz tayorgarlik koʻrishga va izlanishga turtki boʻldi, – deydi Sevinchoy. – Ushbu orzuyim amalga oshgach, menda yanada ulkanroq maqsadlar paydo boʻldi va ularga erishish uchun harakatdan toʻxtamayman.

Ma'lumot o'rnida, 2022-yilda mazkur maktabning yana bir oʻquvchisi Madina Sa'dullayeva ham aynan ushbu mukofot bilan taqdirlangan edi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#tabriklaymiz
#Zulfiyaxonim_izdoshlari

Xiva shahridagi Prezident maktabining Zulfiyasi Zulfiyaxonim izdoshi boʻldi

Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Zulfiya Shomurotova ta’lim yo’nalishi bo’yicha Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

U 2023-yilda Rossiya Federatsiyasi Ta'lim va tarbiya akademiyasi tomonidan "Xalqaro ilmiy ishlar va maqolalar" tanlovida qatnashib "Ta'limdagi xizmatlari uchun" maxsus oltin medali va 1-darajali diplom bilan taqdirlangandi.

Ma'lumot o'rnida, 2022-yilda mazkur maktabning oʻquvchisi Madina Sa'dullayeva, 2023-yilda esa yana bir oʻquvchisi Sevinchoy Ollayorova ham aynan ushbu mukofot bilan taqdirlangan edi.

Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube