Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.77K subscribers
7.92K photos
1.24K videos
57 files
3.1K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.iss.one/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
#Kasbiy_sayohat
#Xiva_shahridagi_prezident_maktabi

▶️ Xiva shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o'quvchilari ishtirokida "Khorezmtex" mas'uliyati cheklangan jamiyati, “UrTex carpets”korxonalariga sayohat tashkil etildi.

📘 Mazkur sayohatdan ko'zlangan asosiy maqsad o‘quvchilarning yaqin hududlarda joylashgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida kasb mahoratiga qiziqtirishdan iboratdir.
Mazkur sayohat o'quvchilarda kasb-hunarga bo'lgan qiziqishini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi va o'quvchilar katta taassurotlarga ega bo'ldilar.



🌐Maktabimiz ijtimoiy tarmoqda:
Telegram | Instagram
Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xiva_shahridagi_Prezident_maktabi
#Geography_lesson

🔔Geografiya darslarida - interfaol metodlar.

7-blue va 7-green sinf o'quvchilari bilan dars jarayonlari Venn diagrammasi,Xarita bilan ishlash, Eshik qoq, Mozayka, metodlaridan foydalangan holda olib boriladi.

📝Uzterra , Kahoot, Blooket, Word-wall saytlaridan mavzu doirasida qiziqarli savol-javoblar bilan mustahkamlanadi.
Darslarda ko'proq o'quvchiga yo'naltirilgan ta'lim ya'ni dars markazida ko'proq o'quvchi o'z ustida ishlashiga zamin yaratiladi. Dars jarayonlarida o'quvchilar kichik guruhlarda ishlashadi. Guruh a'zolari ma'lumotlarni tahlil qilish xulosalashda faol qatnashadilar.
#XIVA_SHAHRIDAGI_PREZIDENT_MAKTABI

  "JAHOLATGA QARSHI MA'RIFAT BILAN"


🏢 Xiva shahridagi Prezident maktabining 7-sinf o‘quvchilari bilan “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida rasmlar tanlovi tashkillashtirildi.

📎Maqsad: O‘quvchilarni turli yod g'oyalar ta'siriga tushib qolishini oldini olish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iborat.

🌐 Xiva shahridagi Prezident maktabi ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
Telegram | Instagram | Facebook| You tube
#Xiva_shahridagi_Prezident_maktabi

BIZNING SHUNDAY USTOZIMIZ BOR!


Ixtisoslashtirilgan  ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahridagi Prezident maktabining ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi G’ulomova Shoira Usmanjanovna umumta’lim fanini bilish darajasi to’g’risida sertifikatni qo’lga kiritdi.

Biz ustozimiz bilan faxrlanamiz!


👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube
#Xiva_shahridagi_Prezident_maktabi

BIZNING SHUNDAY USTOZIMIZ BOR!


Ixtisoslashtirilgan  ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahridagi Prezident maktabining tarix va tarbiya fani o’qituvchisi Xakimov Farrux Ulug’bekovich umumta’lim fanini bilish darajasi to’g’risida sertifikatni qo’lga kiritdi.

Ustozimizning sharafli kasbida omad tilaymiz!!!

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube
#Xiva_shahridagi_Prezident_maktabi
#Seminar
#1_kun
🔹 Bugun Xiva shahridagi Prezident maktabida Xorazm viloyatidagi barcha ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘qituvchilari uchun matematika, fizika va informatika fanlaridan maxsus seminarlar tashkil qilindi. Tadbirning asosiy maqsadi pedagoglarning malakasini oshirish, yangi taʼlim usullarini joriy qilish va o‘quv jarayonini yanada sifatli tashkil etishga qaratilgan.

📚 Seminar davomida o‘qituvchilar o‘zaro tajriba almashib, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion metodikalarni taʼlim jarayonida qo‘llash bo‘yicha fikr-mulohazalarini bo‘lishdi. Pedagoglar nafaqat o‘z bilimlarini mustahkamladi, balki o‘quvchilarning taʼlim olish samaradorligini oshirish yo‘nalishida yangi yondashuvlarni o‘rgandilar.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube
#Xiva_shahridagi_prezident_maktabi
#Seminar_2_kun
Maktabimizda ingliz tili fani o’qituvchilari uchun zamonaviy o’qitish uslublarini o’rgatish bo’yicha seminar treningi tashkil etildi. Treningda o'qituvchilar zamonaviy uslubda darsni tashkil etish, interfaol metodlar va innovatsion pedagogik yondashuvlar orqali o'quvchilarning qiziqishini oshirishga oid ko'nikmalarni o'rgandilar. Ushbu tadbir o'qituvchilarga dars jarayonini samarali va qiziqarli tashkil etish uchun yangi uslublarni qo'llash imkonini berdi. Bunday treninglar o'qituvchilarni rivojlantirish va ta'lim sifatini yaxshilashga xizmat qilmoqda.


👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube
#Xiva_shahridagi_Prezident_maktabi
#Bizning_faxrimiz

🇺🇿Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida o'tkazilgan SEAMO (Janubi-Sharqiy Osiyo Matematika Olimpiadasi) tanlovida maktabimizning 8-Blue sinf o'quvchisi Sotimboyev Ibratbek oltin medalni qo'lga kiritdi!

🎯Ibratbekning bu yutuqi nafaqat uning shaxsiy muvaffaqiyatidir, balki butun maktabimiz uchun katta faxr va iftixordir. Matematikaga bo‘lgan ulkan qiziqishi va mehnatlari natijasida, u o‘zining bilim va iste’dodini xalqaro miqyosda sinab ko‘rdi va eng yuqori natijani ko‘rsatdi.

📎Ibratbekka kelajakdagi ishlarida yana katta yutuqlarni tilaymiz va uning muvaffaqiyatlari biz uchun ilhom manbai bo‘lsin!


👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xiva_shahridagi_prezident_maktabi

Bizda Vatanparvarlik oyligi davom etmoqda!

Shimoliy-g’arbiy xarbiy okrugi orkestr jamoasi hamda orkestr boshlig’i leytenant Baxrom Qobulov o’quvchilarga bayram kayfiyati ulashishdi!

https://instagram.com/psinkhiva
#Bobur_day #Xiva_shahridagi_Prezident_maktabi


Har vaqtki ko‘rgasen mening so‘zumni,
So‘zumni o‘qub, sog‘inasen o‘zumni.
Vasling bila ko‘nglumni Xudoy aylab shod,
Shukrki, yorutdi yuzung bila ko‘zumni.


Sinf soatlarida o’quvchilar Bobur adabiy merosi, siyosiy faoliyati va ilmiy yutuqlari haqida yana bir bor o’rgandilar.


Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube
#Kitobxonlik
#Xiva_shahridagi_Prezident_maktabi

"Zukko kitobxon" tanlovining navbatdagi bosqichi 5- sinflar uchun O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asaridan bo'lib o'tdi.

Tanlovda o'quvchilar :

1. Guruhlar taqdimoti.
2. Asardan olingan kichik sahna ko'rinishi.
3. Berilgan parchaning qaysi qissadan ekanligini topish.
4. Xulosa.
shartlari orqali o'z bilimlarini sinadilar.


📚 Kitob- xazina, lekin sotib olingani emas o'qilgani.


📎Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube
#Trening
#Xiva_shahridagi_Prezident_maktabi

Maktabimizda o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishi va psixologik farovonligini oshirish maqsadida "O‘zimni tushunaman, o‘zimni topaman" mavzusida qiziqarli va foydali psixologik trening tashkil etildi.

📌 Trening davomida o‘quvchilar:
O‘z hissiyotlarini anglash va boshqarish bo‘yicha mashqlar bajardilar;
O‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish usullarini o‘rgandilar;
Shaxsiy maqsadlarini aniq belgilash va ularga erishish yo‘llari haqida muhokama qildilar.


💡 Ushbu trening o‘quvchilarga o‘z imkoniyatlarini chuqurroq tushunish, ijobiy fikrlash hamda hayotga motivatsiya bilan qarashga yordam berdi.

📸 Tadbirdan lavhalarni siz bilan bo‘lishamiz!

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube
#Xiva_shahridagi_Prezident_maktabi #Qadriyatlaring_boqiy_boʻlsin_Navroʻz
#Navroʻz_sayli_haftaligi
#milliy_qadriyatlar
💫 "Navro‘z sayli haftaligi" – milliy qadriyatlar tantanasi!
🏫 Xiva shahridagi Prezident maktabida “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida o‘tkazilayotgan "Navro‘z sayli haftaligi" bo'lib o'tmoqda!

Tadbir davomida milliy qadriyatlarimiz va an’analarimiz o‘z ifodasini topdi. Yoshlarimiz milliy liboslarda sahnaga chiqib, xalq o‘yinlari, she’riy mushoiralar va qo‘shiq aytish bahslarida ishtirok etishdi. O‘g‘il bolalar milliy cholg‘u asboblarida kuy chalsalar, qizlarimiz an’anaviy o‘sma qo‘yib, milliy liboslar jilosi ila Navro‘z shukuhini yanada oshirishdi.

🌿 Navro‘z – do‘stlik, hamjihatlik va ezgulik bayrami! Ushbu haftalik yosh avlodni milliy urf-odatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga, ularning qalbida milliy g‘ururni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube
#Webster_Universiteti
#Xiva_shahridagi_Prezident_maktabi

🎓 Webster universiteti vakillari Xiva Prezident maktabida!

🏫 Xiva shahridagi Prezident maktabida Webster universiteti vakillari 9-10-11-sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazishdi. Uchrashuv davomida o‘quvchilarga universitet va uning ta’lim dasturlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

🌍 Webster universiteti dunyoning yetakchi ta’lim muassasalaridan biri bo‘lib, xalqaro talabalar uchun yuqori sifatli ta’lim, innovatsion dasturlar va keng imkoniyatlar yaratib kelmoqda. O‘quvchilar universitetga kirish shartlari, ta’lim yo‘nalishlari hamda xalqaro talabalarga taqdim etiladigan grant va stipendiyalar haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.


👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | You tube
#Sayohat
#Xiva_shahridagi_prezident_maktabi

Xiva shahridagi Prezident maktabining 8-sinf o'quvchilari "Geografiya va tarix" fani doirasida 17-asrda ikki xalq – o‘zbeklar va turkmanlar tomonidan qurilgan “Ulli Hovli” tarixiy majmuasiga sayohatga chiqishdi.

"Ulli Hovli”, yaʼni “katta hovli” Xorazm viloyatining Urganch tumanida joylashgan. Dastlab Xiva xoni tomonidan Xiva va Urganch o‘rtasida yashab bu hududdan o‘tgan savdo karvonlarini dushman bosqinlaridan himoya qilgan jasur turkmanlar uchun harbiy shaharcha sifatida qurdirgan.


O'quvchilar hovli tarixi va suratlari, ko'rgazmalari bilan tanishdilar. Turkmaniston hayot tarzi, chorvachiligi, qadimiy uy-anjom buyumlari o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Xiva_shahridagi_Prezident_maktabi
Tashrif davomida mehmonlarga Prezident maktabining o‘quvchilari uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, ta’lim tizimi va metodikasi, shuningdek, dars jarayonlari va noakademik to‘garaklardagi amaliy faoliyat natijalari haqida maktabimiz o’qituvchilari va o’quvchilari tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi.

🔷 Tashrif buyurganlar maktab, laboratoriyalar, kutubxona va sport inshootlari bilan tanishdilar. O‘quvchilarning dars mashg‘ulotlari va to‘garaklardagi ijodiy ishlari namoyish etildi.

🔶 Tadbir 2 smenada tashkil etilib, 500 dan ortiq o‘quvchi va ularning ota-onalari ishtirok etdi. Ular uchun yangi o‘quv yiliga qabul jarayoni va shartlari bo‘yicha ham batafsil axborot berildi.


Xiva shahridagi Prezident maktabi — kelajak yetakchilarini tarbiyalaydigan zamonaviy ta’lim maskani!

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube
#Kun_qahramoni
#Xiva shahridagi Prezident maktabi
Xudarganov Ixtiyor
Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha kun qahramoni 80 ball

@T_Nurmetov
#Xiva_shahridagi_Prezident_maktabi
#Tadbirkor_va_yoshlar_uchrashuvi

Xiva shahridagi Prezident maktabida yuqori sinf oʻquvchilari va tadbirkor, oʻz sohasining yetuk mutaxassisi Z.Abdrimov bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Suhbat jarayonida tajribali iqtisodchi va savdo ustasi bitiruvchi sinf oʻquvchilariga oʻz maslahatlari va takliflarini berdi. Barcha yutuqlar bilim olish va muntazam harakat qilish orqali qoʻlga kiritilishini takidladi.Maqsadlarni katta qoʻyish va yuqori marralarni zabt etishga intilish yoshlar oldida turgan asosiy vazifalardan ekanligiga urgʻu berildi.

Uchrashuv oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi va oʻz maqsadlari sari harakat qilish ishtiyoqini yanada kuchaytirdi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube
#Bitiruvchi
#Xiva_shahridagi_Prezident_maktabi

🎓 Bitiruvchilar bilan iliq uchrashuv!

Bugun maktabimizda quvonchli va ilhomlantiruvchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Maktabimizni tamomlab, hozirda turli nufuzli oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan sobiq o‘quvchilarimiz bilan samimiy suhbat tashkil etildi.

Ular o‘z hayotiy tajribalari, tanlagan yo‘llari, talabalik hayoti va bilim sari intilish yo‘lidagi muhim maslahatlari bilan o‘rtoqlashdilar.

📚 Maktab — bu faqat bilim maskani emas, balki insonni hayotga tayyorlovchi muhim bosqich. Bitiruvchilarimiz bunga yaqqol misoldir!

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube