Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.63K subscribers
6.72K photos
1.17K videos
57 files
2.73K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.iss.one/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Raqamli_avlod

🎥O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab “ZAMIN” xalqaro jamoat fondi Prezident ta'lim muassasalari agentligi va "Raqamli avlod O'zbekiston" NTT bilan birgalikda “Raqamli avlod IT oromgohi” IT-tadbiri bo'lib o'tmoqda.

Raqamli avlod IT oromgohi” loyihasida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, Toshkent shahridagi “SOS-O‘zbekiston bolalar mahallalari” va respublikadagi eshitish qobiliyati zaif bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari o‘quvchilari uchun dasturlash, 2D dizayn, robototexnika, raqamli media /marketing bo'yicha onlayn darslar, shuningdek eshitish qobiliyati cheklangan bolalar uchun dasturiy ta'minot bilan oflayn robototexnika darslari o'tkazilmoqda.
#Raqamli_avlod_oromgohi

RAQAMLI AVLOD” IT OROMGOHIGA START BERILDI!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi, “Zamin” Xalqaro jamoat fondi va “Digital Generation Uzbekistan” NNT bilan hamkorlikda "Raqamli avlod" IT oromgohi o'z faoliyatini boshladi.

✔️IT oromgohda Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, eshitishda nuqsoni bor yoshlar, Agentlik tizimidagi maktab o'quvchilari hamda IT va media sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun onlayn va offlayn darslar olib borilmoqda.

⚡️Shuningdek, mazkur IT tadbiri doirasida eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar maktab-internatlarining informatika fani o‘qituvchilari uchun mahorat darslari tashkil etildi.

🔸Ishtirokchilar darslar davomida Web-dasturlash, .NET dasturlash, 2D dizayn, raqamli media va marketing, robototexnika kabi yo‘nalishlarda o'z bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo'lIshadi.

📌IT oromgohda ishtirok etish uchun 3000 dan ortiq yoshlar ro'yxatdan o'tgan va darslarni onlayn kuzatib borishmoqda. Oromgoh 8-yanvargacha davom etadi.
#Raqamli_avlod_qizlari

Bugun, 28-fevral kuni Prezident ta’lim muassasalari agentligi va “Digital Generation Uzbekistan” NNM tomonidan tashkil etilgan “Raqamli avlod qizlari - 2022” haftaligining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbir avvalida Agentlik rahbari Hilola Umarova so’zga chiqib, yig’ilganlarga omad tiladi:

“So’nggi yillarda axborot texnologiyalari sohasida ayol-qizlarning roli tobora ortib bormoqda. Bu yil “Raqamli avlod qizlari” tadbiri ikkinchi marta tashkil etilmoqda va sizlarni bu yerda ko’rib turganimdan xursandman. Umid qilamanki, mashg’ulotlar davomida egallagan bilimlaringiz kelgusidagi faoliyatingizda ham o’z samarasini beradi”.

📆Raqamli avlod qizlari-2022” 5 kun davom etadi, darslar onlayn va offlayn shaklda bo’lib o’tadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Inklyuziv_IT_oromgoh_2022
#Raqamli_avlod

Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi, "Zamin" Xalqaro jamoat fondi va "Digital Generation Uzbekistan" NNT bilan hamkorlikda "Raqamli avlod-2022" IT oromgohining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirni Agentlik direktori Hilola Umarova ochib berdi:

- So’nggi yillarda axborot texnologiyalari sohasiga qiziquvchi yoshlar ko'payib borayotgani quvonarli holat. Ustoz-shogird an'anasi asosida 6 kun davomida ishtirokchilar IT sohasini chuqurroq va yaxshiroq o'rganishlariga aminman. Umid qilamanki, mashg’ulotlar davomida egallagan bilimlaringiz kelgusidagi faoliyatingizda ham asqatadi.

❗️Oromgohda zaif eshituvchi yoshlar va Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ham ishtirok etishmoqda.

🔴Mahorat dasrlari quyidagi yo'nalishlar kesimida darslar bo'lib o'tmoqda:
- Flutter
- .NET
- Python
- React.js

📆Ma'lumot uchun, IT oromgoh 30-avgust kuniga qadar davom etadi.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Raqamli_avlod
#Fotoreportaj

Prezident ta'lim muassasalari agentligi, "Zamin" Xalqaro jamoat fondi va "Digital Generation Uzbekistan" NNT bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Raqamli avlod-2022" IT oromgohining 2-kunidan fotoreportaj.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Raqamli_avlod
#Robototexnika
#5_kun

🔴"Raqamli avlod inklyuziv IT oromgohi" da darslar davom etmoqda. Ishtirokchilar:

▶️Dasturlash Python;
▶️Dasturlash Flutter;
▶️ Dasturlash React.Js;
▶️ Dasturlash C# (.NET);
▶️ Media;
▶️ Robototexnika;
▶️ Digital Design;
▶️ Startup loyihalarni o'rganishmoqda.

Darslar gibrid shaklda tashkil etilgan.

❗️Oromgoh davomida shuningdek O'zbekistonda 1-marta robolabirint musobaqalari o'tkazildi.

Ma'lumot o‘rnida, onlayn darslarda ishtirok etish uchun Respublika bo‘ylab 3000 dan ziyod yoshlar ro‘yxatdan o‘tgan.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Raqamli_avlod
#IT_festivali

⚡️ Joriy yilning 11-12-13-may kunlari "Raqamli avlod IT FESTIVALI" bo'lib o'tadi.

Festival doirasida:
DG Contest
Robo Futbol
Robo Sumo
Robo Labirint Respublika tanlovlari o'tkaziladi.

💫 Shuningdek, ITga qiziquvchi qizlar uchun xalqaro toifadagi spikerlar ishtirokida "WomenTechmakers" seminar treninglari bo'lib o'tadi.

📍Ro'yxatdan o'tish va tanlovlar bo'lib o'tadigan manzillar haqida ma'lumot olish uchun quyidagi havolaga o'ting.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Raqamli_avlod_qizlari

📣 Axborot texnologiyalariga qiziquvchi eng faol qizlar Birlashgan Arab Amirliklariga ta'lim sayohatiga yuboriladi!


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilarni IT sohasiga qiziqtirish hamda shu yo‘nalishdagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Raqamli avlod qizlari-2024" Respublika tanlovi bo'lib o'tmoqda.

❗️Tadbir joriy yilning 29-martiga qadar davom etadi, unda offlayn tarzda 200 nafarga, onlayn shaklda esa 3000 nafarga yaqin qizlar qamrab olindi.

Bu yilgi tadbirda:

Digital Art,
3D Modelling,
Sun'iy intellekt,
Startup loyihalar,
Grafik dizayn kabi yo‘nalishlarda gibrid darslar o'tkazilmoqda.

⚡️Shuningdek, bu yil ilk bora loyiha doirasida "Liderlar maktabi" yo'nalishi qo'shilgan bo'lib, unda mustaqil loyihalar ustida ishlash hamda IT sohasida xalqaro grantlar yutish haqida ma'lumot berilmoqda.

Bugun mashg'ulotlardan tashqari xorijiy va mahalliy spikerlar bilan uchrashuvlar o'tkazildi. Xususan:

🔹"Yangi O'zbekiston" universiteti professsor-o'qituvchisi, misrlik Islam Elhadary tomonidan "Ayollarning veb dizayn bilan shug'ullanishi haqida 5 afsona"
🔹 T&T Progress asoschisi Tursunoy Usmonova tomonidan Ayol-qizlar uchun chet elda o’qish grantlari va dasturlari” mavzularida davra suhbatlari tashkil etildi.

Respublika tanlovi mashg'ulotlarida eng faol qatnashgan qizlar BAAga ta'lim sayohatini qo'lga kiritishlari mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM