Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.78K subscribers
7.93K photos
1.24K videos
57 files
3.1K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.iss.one/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
#Butunjahon_yoshlar_festivali
#Prezident_maktablari_paviloni

⚡️BUTUNJAHON YOSHLAR FESTIVALI DOIRASIDA PREZIDENT MAKTABLARI PAVILONI OCHILDI

Toshkent shahrida Butunjahon yoshlar festivali doirasida Yoshlar shaharchasi tashkil etildi. Bu shaharchaning "Ta’lim" ko’chasida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining “Prezident maktablari” paviloni ochildi.

Mazkur pavilonni tashkil etishdan maqsad O‘zbekistonda ta’lim tizimida yangi tendensiyalar va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar bilan mahalliy va xorijiy yoshlarni tanishtirishdan iborat.

Shuningdek, zamonaviy ta’lim tizimida STEAM fanlari ahamiyatini o‘sib kelayotgan yosh avlodga yetkazish, oʻgʻil-qizlarni ilmga ragʻbatini oshirishni ham koʻzda tutadi.

Ushbu pavilonda Prezident, ijod va Ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari tomonidan yaratilgan loyihalar va ishlanmalar namoyish etilmoqda. Yoshlar fanlar bo‘yicha test va topshiriqlar asosida oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazib, amaliy va virtual laboratoriya mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda, robototexnika, dasturlash, STEAM Art yoʻnalishlarida mahoratlarini oshirmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal