Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.78K subscribers
7.93K photos
1.25K videos
57 files
3.11K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.iss.one/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
#сўраган_эдингиз

Prezident maktablariga qabul jarayonida xalqaro olimpiadalar va tanlovlarda g’olib bo’lgan o’quvchilar uchun imtiyozlar bormi?
❗️–Xalqaro olimpiadalar va tanlovlarda go’lib bo’lgan o’quvchilar uchun imtiyozlar ko’zda tutilmagan.

Is there any benefit in the presidential admissions process for pupils whom has won international Olympiads and competitions?
❗️–There is no any benefit for pupils whom has won international competitions and contests.

Есть ли какие-либо льготы для учеников, выигравших на международных олимпиадах и соревнованиях, при приеме в президентские школы?
❗️–Ученикам - победителям или призёрам международных олимпиад и соревнований, льготы не предоставляются.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Сўраган_эдингиз

–Prezident maktablarida o'quvchilar boshqa maktablardagi kabi davlat ta'lim standartlari asosida o'qitiladimi? Shunday bo'lsa, ularning umumta'lim maktablaridan qanday ustunlik
jihati bor?
Agar boshqa dastur asosida o'qitilsa, Prezident maktabi o'quvchilari o'zimizning OTMlarga hujjat topshirsa, test savollariga javob berishga qiynalmaydimi?


❗️– O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 25-iyundagi 526-son qarori bilan tasdiqlangan “Prezident maktablari to'g'risida”gi nizomning 4-bob, 14-bandiga muvofiq, Prezident maktablarida ta'lim jarayoni umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standartlari hisobga olingan holda, Kembridj universitetining Cambridge Assessment tashkiloti bilan
hamkorlikda ishlab chiqilgan hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan tasdiqlanadigan o'quv rejalari va dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Prezident maktablarining 11-sinf bitiruvchilari tanlangan fanlar asosida xalqaro malaka imtihonlarini (International Advanced Levels) topshirish huquqiga ega va ushbu imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tgan taqdirda, yetakchi xorijiy oliy ta'lim muassasalariga kirish imkoniyatini taqdim etuvchi xalqaro diplom oladilar.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Сўраган_эдингиз

Prezident maktablarida 10-11 sinflar uchun o’quv jarayoni qanday bo’ladi?

❗️- Prezident maktablarining 10-11 sinf o’quvchilari STEAM yo’nalishidagi fanlar orasidan o’zlari tanlagan yo’nalish bo’yicha chuqur bilim olishadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Сўраган_эдингиз

📩Prezident maktablariga 2021-2022-o‘quv yili uchun qancha o‘quvchi qabul qilish rejalashtirilgan?

❗️- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi 526-son qarori bilan tasdiqlangan “Prezident maktablari to‘g‘risida Nizom”ning 5-bob 20-bandiga asosan, Prezident maktablariga Respublika umumta’lim muassasalarining to‘rtinchi (birinchi o‘quv yilida — to‘rtinchi — to‘qqiz) sinf bitiruvchilari orasidan qobiliyatli va iqtidorli baholar tabeli asosida tegishli STEAM fanlari:
▶️matematika
▶️biologiya (tabiatshunoslik)
▶️informatika va axborot texnologiyalari
▶️fizika
▶️algebra
▶️geometriya
▶️kimyo
bo‘yicha a’lo bahoga tugatgan bolalar tanlov asosida qabul qilinadi.

📌Butun jahon pandemiyasi tufayli 2020-2021-o‘quv yili uchun Toshkent, Namangan, Nukus va Xiva shaharlarida joylashgan Prezident maktablariga o‘quvchilar qabuli qoldirilganligi tufayli 2021-2022-o'quv yilida yuqoridagi jadvalda keltirilgani bo‘yicha o‘quvchilar qabul qilish rejalashtirilgan.
#Сўраган_эдингиз

So‘ngi paytlarda imtihon natijalari bilan bog‘liq murojaatlar kelib tushmoqda. Ulardan eng ko‘p so‘ralgan savollarga javob beramiz.

Prezident maktabiga kirish imtohoni javoblari qachon e’lon qilinadi?
▶️Kirish imtihoni natijalari Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan 16-sentabrgacha e’lon qilinishi ko’zda tutilgan.

Prezident maktabi imtihon natijalari e’lon qilingunga qadar farzandim o'zi tahsil olgan maktabda o‘qib tursa bo‘ladimi?
▶️Ha. Prezident maktablari natijalari chiqqunga qadar har bir o’quvchi o’zi tahsil olgan maktabida o‘qishni davom etdirishi mumkin. Prezident maktablarida o‘qish taxminan oktyabr oyidan boshlanishi rejalashtirilmoqda.

Farzandim Prezident ta’lim muassasalari tizimidagi ixtisoslashtirilgan va Prezident maktabga imtihon topshirgan edi. Ixtisoslashtirilgan maktabga o‘qishga kirdi. Hozir ushbu maktabda o‘qishni boshlab, keyin Prezident maktabi imtihon tajilariga ko'ra, o'qishini o‘tkazsa bo‘ladimi?
▶️ Agar o‘quvchi Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktabga qabul qilingan bo‘lsa va Prezident maktabi imtihoni natijalari e’lon qilingandan so‘ng, ushbu o‘quvchining Prezident maktabi imtihonidan ham o‘tganligi ma’lum bo‘lsa, bu o‘quvchi o‘qishini ko‘chirib, ta’limni Prezident maktabida davom ettirish imkoniyatiga ega.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Сўраган_эдингиз

🔰Prezident maktablariga kirish imtihonlarining natijalari e’lon qilingandan so‘ng, aholi tomonidan bir qancha savollar yo‘llanmoqda. Quyida eng ko’p so‘ralgan savollarga javob beramiz.

Prezident maktablarida o‘qish qachondan boshlanadi?

-Prezident maktablariga o'qish oktyabrda boshlanishi rejalashtirilmoqda.

Prezident maktablari natijalari e’lon qilindi, menga yarim ball yetmay, 25-o‘rinda turibman. Ammo faqat 24 ta qabul qilinar ekan. Menda o‘qish uchun biror imkon bormi?

-Agar 24 nafar nomzoddan birortasi o‘qishni rad etsa, shundagina o‘rin ochilishi mumkin.

Nomzodning Prezident maktabi imtihonida olgan bali bilan Agentlik tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan maktablariga kirish imkoni bormi?

- Yo‘q, bunday imkoniyat ko'zda tutilmagan.
#Сўраган_эдингиз

Agentlik tizimida ko’plab xorijiy o’qituvchilar faoliyat yuritadi. Ularni ishga qabul qilish mezonlari va talablari qanday bo’ladi?

Avvalo, Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalariga xorijlik o‘qituvchilarni taklif etishdan oldin, tavsiya etilgan nomzodlarning malakasi sinchiklab o‘rganiladi.

Nomzod:
1) Magistr darajasi va
2) eng kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo'lishi;
3) Cambridge Curriculum bilan ishlay olishi;
4) xalqaro maktablar ish tajribasiga ega bo'lishi talab etiladi.

Undan keyin, pedagog-kadrlarni saralab olish bo‘yicha ishchi guruh tuzilib, nomzodlarga intervyuga yo‘llanma beriladi. Intervyudan muvafaqqiyatli o‘tgan nomzodlar Agentlik tizimiga ishga qabul qilinadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Сўраган_эдингиз

Farzandim AQSHda o‘qiydi, O'zbekiston fuqarosimiz. Farzandimni Prezident maktabiga bermoqchiman. Buning uchun qanday hujjatlar tayyorlanadi? Hujjat topshirishda farq bormi?

Talabgor chet elda ta'lim olayotgan bo'lsa, Prezident maktabining tegishli sinfiga hujjat topshira oladi. Bunda talabgorning ota-onasi O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lishi talab etiladi.

Talab etiladigan hujjatlar:
- talabgorning tugilganlik to'g'risidagi guvohnomasi yoki kinder passporti;
- talabgor ta'lim olayotgan muassasaning oxirgi o'quv yilini matematika va tabiatshunoslik (shu fan o'rniga o'qitiladigan fan) fanlaridan a'lo baholarga tugatganlik to'grisida tabel (unga tenglashtirilgan hujjat)ni maktab direktori tomonidan tasdiqlangan shakli;
- tasdiqlangan baholar tabelini notarial tarzda tarjima nusxasi;
- tasdiqlangan shakldagi ma'lumotnoma formasini to'ldirish
- talabgorning oxirgi 3 oyda tushgan fotosurati.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Сўраган_эдингиз
#Call_center

Sizga qulaylik yaratish maqsadida pedagoglar tomonidan eng ko'p kelib tushayotgan savollarga mutaxassis javoblarini e'lon qilishda davom etamiz.

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablarga ishga kirish uchun job.piima.uz sayti orqali ro'yxatdan o'tayotgan edik. Unda QR kodli diplomlarni ham yuklasak bo'ladimi?

Ha, QR kodli diplomlarni ham tizimga yuklash mumkin.

Men job.piima.uz sayti orqali ishga kirish uchun ariza topshirdim. Keyingi bosqichga o'tganim va test kuni haqida qanday bilsam bo'ladi?

Nomzodga 1-bosqichdan muvaffaqiyatli o'tgani hamda test jarayonlari haqida elektron pochta orqali xabar beriladi.

📞Call-markaz raqami: (71) 207 20 17 (ichki raqam 605)

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Сўраган_эдингиз

❗️Pedagoglar diqqatiga

Sizga qulaylik yaratish maqsadida pedagoglar tomonidan eng ko'p kelib tushayotgan savollarga mutaxassis javoblarini e'lon qilib boramiz.

Job.piima.uz sayti orqali hujjat topshirganda xato kiritgan ekanman. Qayta tahrirlasam bo‘ladmi?

Ariza beruvchi shaxsan o‘zi hujjatini tahrirlay olmaydi. Agar murojaat bilan Call-markaz (71) 207 20 17 (ichki raqam 605)ga telefon qilsangiz, operatorlar hujjatlardagi va elektron pochtaning noaniq kiritilganini ko‘rib beradi va tahrirlaydi.

Suhbat qachon va qanday tartibda eʼlon qilinadi?

Hujjatlar qabuli 20-mayga qadar davom etadi. Suhbatdan oldin test bo‘lib o‘tadi. Iyun oyining boshida nomzodning elektron pochtasiga xabar boradi. Test jarayonidan 70% va undan yuqori ball to‘plagan nomzodlarga elektron manziliga suhbat jarayoni qachon va qay tartibda (offlayn, onlayn) bo‘lishi maʼlum qilinadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Сўраган_эдингиз

❗️Pedagoglar diqqatiga

Pedagoglar tomonidan eng ko'p kelib tushayotgan savollarga mutaxassis javoblarini e'lon qilib boramiz.

Job.piima.uz sayti orqali hujjat topshirgandim lekin elektron pochtamga javob kelmadi...

❗️Ariza beruvchidan elektron pochtasining spam papkasini tekshirib ko'rish so'raldi. Ba'zida javoblar shu papkaga tushishi mumkin.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Сўраган_эдингиз
#Qabul_2022

Prezident maktabiga hujjat topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar orasida anketa (ma'lumotnoma) ham bor. Mazkur anketa namunasini qayerdan yuklab olishimiz mumkin?

Anketa namunasini portal.piima.uz saytidan quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin: https://piima.uz/storage/public/userfiles/files/1/ANKETA%202022-23/Anketa.pdf

❗️Shuningdek, maktab direktori tomonidan tasdiqlanishi lozim bo'lgan anketa namunasi havola etilmoqda.

📞Call-markaz raqami: 1206

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Сўраган_эдингиз
#Qabul_2022

Yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?

2022-2023-o'quv yilida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimiga o'tkazilgan 168 ta ixtisoslashtirilgan maktablarning:

▶️ aniq fanlar yo'nalishiga 5-11-sinflarga
▶️ tabiiy fanlar yo'nalishiga 7-11-sinflarga qabul bo'lib o'tadi.

Yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga qanday hujjatlar talab etiladi?

• Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
• 3x4 rasm (oxirgi 2 oyda olingan);
• baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
• pasport ma’lumotlar va telefon raqamlar (talabgorning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).
_____

📞Call-markaz raqami: 1206

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Сўраган_эдингиз
#Qabul_2022

Farzandim chet elda tug'ilgan va o’sha yerda tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma olgan. Men va otasi O’zbekiston Respublikasi fuqarosimiz. Farzandim hozirda O'zbekistondagi maktabda tahsil olmoqda. U Prezident maktabiga o'qishga hujjat topshira oladimi?

Ha, topshira oladi. Bunda talabgordan hujjat topshirayotganda o'quvchi shaxsini tasdiqlovchi hujjat turi bo'limidan "Chet elda olingan tug'ilganlik haqida guvohnoma"ni tanlashi talab etiladi.
#Сўраган_эдингиз
#Qabul_2022

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga imtihonlar qanday manbalardan olinadi? Imtihon savollari o'qishga hujjat topshirgan o'quvchilarning yoshi va maktabda o'qigan fanlarini inobatga olgan holda tuzilganmi?

Mazkur maktablarga kirish imtihonlari o'quvchilarning yoshiga mos tarzda, maktab darsliklari asosida tashkil etiladi.

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarda qaysi fanlar o'quvchilarni ikki guruhga ajratgan holda o'rgatiladi?

Agentlik tizimidagi aniq fanlar yo'nalishiga o'qishga hujjat topshirgan o'quvchilarga matematika, fizika, informatika va ingliz tili fanlari, tabiiy fanlar yo'nalishiga o'qishga hujjat topshirgan o'quvchilarga esa kimyo, biologiya va ingliz tili fanlari o'quvchilarni ikki guruhga bo'lgan holda tashkil etiladi.

📞Call-markaz: 1206
#Сўраган_эдингиз
#Qabul_2022

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘qishga hujjat topshirganda IELTS xalqaro sertifikatiga ega o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilishda imtiyozlar beriladimi?

❗️Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘qishga hujjat topshirgan IELTS xalqaro sertifikatiga ega o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilishda ularga imtiyozlar berilishi ko‘zda tutilmagan.

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarda 2022-2023- o‘quv yili qachondan boshlanishi rejalashtirilgan?

❗️Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarda 2022-2023- o‘quv yili joriy yilning sentyabr oyidan boshlanishi rejalashtirilgan.

📌Eslatib o‘tamiz, qabul 30-iyunga qadar uzaytirildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Сўраган_эдингиз
#Prezident_maktablari

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichida qo'lga kiritilgan ballar talabgorning 2-bosqichdagi yakuniy natijalariga qo'shib, hisoblanadimi?

Talabgorning birinchi bosqich imtihonlarida egallagan ballari uning ikkinchi bosqich imtihonlarida inobatga olinmaydi.

Prezident maktablariga 2-bosqich imtihonlari qaysi fanlardan bo'lib o'tadi?

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi tanqidiy fikrlash, muаmmoni hal qilish va ingliz tilidan bo'lib o'tadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_savoli
#Ixtisoslashtirilgan_maktab
#Сўраган_эдингиз

❗️Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar

✔️Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarning ba'zilarida 9-10-11-sinflariga talabgorlar tomonidan sinf shakllantirish uchun yetarli hujjat topshirmaganligi sababli, ushbu sinflar tashkil etilmadi.

✔️
Lekin, nisbatan yuqoriroq ball to‘plagan o‘quvchilarga imkoniyat berish maqsadida viloyat markazidagi yoki qo‘shni tumandagi ixtisoslashtirilgan maktablarga tavsiya etildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Сўраган_эдингиз
#Pedagog_kadrlar
#Kun_savoli

Yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga pedagog-kadrlarning oylik ish haqqiga qo'shimcha ustamalar haqida ma'lumot bersangiz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi “Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi PF-106 – sonli Farmoniga muvofiq Agentlik maktablarida Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan xodimlar ish haqi fondining 100 foizi miqdorida rag‘batlantirish jamg‘armasi shakllantirilishi belgilangan.

Yuqoridagi hujjatga muvofiq oyilik ish haqqiga 100 foizgacha ustamalar belgilanadi.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Сўраган_эдингиз
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning manzili haqida ma'lumot bersangiz.

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi 2022-2023-o'quv yilida jami 168 ta yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablar o'z faoliyatini boshlamoqda.

👉Ularning manzilli ro'yxati bilan
saytimizda batafsil tanishishingiz mumkin.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube