Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.62K subscribers
6.8K photos
1.18K videos
57 files
2.75K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.iss.one/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
#Сўраган_эдингиз

🔰Prezident maktablariga kirish imtihonlarining natijalari e’lon qilingandan so‘ng, aholi tomonidan bir qancha savollar yo‘llanmoqda. Quyida eng ko’p so‘ralgan savollarga javob beramiz.

Prezident maktablarida o‘qish qachondan boshlanadi?

-Prezident maktablariga o'qish oktyabrda boshlanishi rejalashtirilmoqda.

Prezident maktablari natijalari e’lon qilindi, menga yarim ball yetmay, 25-o‘rinda turibman. Ammo faqat 24 ta qabul qilinar ekan. Menda o‘qish uchun biror imkon bormi?

-Agar 24 nafar nomzoddan birortasi o‘qishni rad etsa, shundagina o‘rin ochilishi mumkin.

Nomzodning Prezident maktabi imtihonida olgan bali bilan Agentlik tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan maktablariga kirish imkoni bormi?

- Yo‘q, bunday imkoniyat ko'zda tutilmagan.
#Yangi_darsliklar #Taqdimot

ZAMONAVIY DARSLIKLAR TAQDIMOTI O'TKAZILDI

⚡️Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan "Yangi uslubdagi darslik - zamonaviy ta'lim garovi" mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan ikkita "Adabiyot" va 1 ta "Matnshunoslik" darsliklari, shuningdek "Maktab maslahatchisi" dasturi taqdimot qilindi.

🔸Hilola Umarova, Agentlik rahbari:
"Ta'lim tizimini isloh etish yangi avlod darsliklarini ishlab chiqish, tizimga yangi innovatsion uslublarni joriy etish bilan uzviy bog'liq".

🔸Zulxumor Mirzayeva, Filologiya fanlari nomzodi: "Yangi darsliklarni ishlab chiqishda noan'anaviy nostandart uslublarga murojaat qildik".

🔸Rahimboy Jumaniyozov: "O'zbek adabiyoti tarixining deyarli 1300 yili eski o'zbek yozuvi bilan bog'liq. Bu yozuvni o'rganish birinchi navbatda, tariximizni yanada yaxshiroq o'rganish hamdir".

👉Olimlar va mualliflarning fikrlari bilan saytimizda tanishing.
#Chavandozlar_maktabi

Xabaringiz bor, joriy yilning 10-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ta'lim mavzusida videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi.

✔️Unda, jumladan harbiy xizmatchilar ishtirokida vatanparvarlik darslari tashkil etish muhimligi qayd etildi va Milliy gvardiya bilan hamkorlikda maktablarda vatanparvarlik darslarini tashkil etish hamda chavandozlar maktabiga jalb qilish bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

🔸Mazkur vazifalar ijrosi doirasida Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan Xiva shahrida joylashgan Prezident maktabida o‘quvchi yoshlar uchun otlar ishtirokida mashg‘ulot tashkil etildi.

⚡️Mashg‘ulot davomida yoshlar o‘zlari qiziqtirgan savollariga javob olib, tadbir so‘ngida otlarga minib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Фарзандим_Президент_мактаби_ўқувчиси

“TUG‘ILGAN KUNIMDA PREZIDENTIMIZ BILAN UCHRASHGANMAN”

Yurtimizning turli hududlarida yashaydigan, farzandi Prezident maktabida o'qiydigan oilalar bilan suhbatlashishda davom etamiz. Bugungi mehmonimizning o‘g‘li Jo‘raboev Diyorbek Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi...

"Farzandingizga bolaligida vaqt ajrating, keyin o‘zini o‘zi eplab, boshqarib ketadi".

"O‘g‘lim Prezident bilan uchrashib, o‘zi yozgan she'rni o‘qib berganida, oilamiz bilan faxrlanganmiz".

"Prezident maktabida o‘qish uchun faqat bilim emas, harakat ham talab etiladi".

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Chavandozlar_maktabi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi hamda O‘zbekiston Milliy Gvardiyasi hamkorligida tuzilgan qo‘shma qaror ijrosi yuzasidan bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

🔸Jumladan, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o'quvchilari viloyat Milliy gvardiyasi boshqarmasi vakillari ishtirokida ot sport maktabiga borishdi.

🔹Shuningdek, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari Mudofaa vazirligiga qarashli jamoat xavsizlik institutida bo'lishdi.
Ushbu bilim yurtida, bolalar qo'shin turlari, harbiy texnika qurollari, harbiy o'quv xonalari, otlik qo'shin harbiy san'atlari bilan tanishishdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
МАҲАЛЛИЙ ОАВ БИЗ ҲАҚИМИЗДА

🔸Uza.uz Ижод мактаби ўқувчилари учун янги дарсликлар яратилди
🔸yuz.uz Янги услубдаги дарслик – замонавий таълим гарови
🔸Sevimli telekanali IJOD MAKTABLARI UCHUN YARATILGAN DARSLIKLAR TAQDIMOTI
🔸Расмий хабарлар/официальные новости ⚡️Эски ўзбек ёзувини ўргатишга қаратилган илк дарслик тақдимоти бўлиб ўтди
🔸Aniq.uz Президент мактаблари учун “School Counselor”нинг йўриқномаси тайёр!
🔸Human.uz Биринчи марта адабиёт дарслигига “Адабий лаборатория” киритилди
🔸Darakchi.uz Ихтисослашган мактаблар учун учта янги замон дарслиги яратилди
🔸Xalq ta'limi o'qituvchisi Сифатли таълим учун замонавий дарсликлар яратилмоқда
🔸XXI asr o'qituvchisi Сифатли таълим учун замонавий дарсликлар яратилмоқда
🔸Ostonov minbari Президент таълим муассасалари агентлигида ташкил этилган матбуот анжумани
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar #Dastur_muhokamasi

MATEMATIKA FANI BO‘YICHA ISHLAB CHIQILGAN INTEGRATSIYALASHGAN TA'LIM DASTURI MUHOKAMASI BO‘LIB O'TDI

🔸Bugun, 25-sentabr kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan matematika fani bo‘yicha ishlab chiqilgan ta'lim dasturi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

✔️ Muhokamada V.I.Romanovskiy nomidagi matematika instituti ilmiy xodimlari, Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Xalq ta'limi vazirligi mas'ul xodimlari, Respublika ta'lim markazi metodistlari, O‘zbekiston milliy universiteti va Toshkent davlat pedagogika universitetining professorlari hamda amaliyotchi o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

⚡️Mazkur ta'lim dasturining o‘ziga xosligi nazariy va amaliy faoliyat turlariga bo‘linganligida aks etadi. Dastur doirasida, shuningdek matematikani boshqa fanlar bilan uyg'unlikda o‘qitishga alohida e'tibor berilgan.

📌Dasturni ishlab chiqishda milliy hamda xorijiy tajribalar, jumladan, PISA, TIMSS, PIRLS xalqaro baholash dasturlari mazmuni o‘rganildi.