Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.63K subscribers
6.78K photos
1.18K videos
57 files
2.75K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.iss.one/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
#prezident_maktablari
#seminar

⚡️Prezident maktablarining rahbar xodimlari uchun o‘quv-seminari bo’lib o’tmoqda

📆 24-26-avgust kunlari Toshkent shahridagi Prezident maktabida Agentlik tizimidagi barcha Prezident maktablarining ijrochi va akademik direktorlari, maxsus fanlar hamda ma’naviyat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun o‘quv-seminari o’z ishini boshladi.

Ushbu seminardan ko’zlangan maqsad, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi 526-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, Prezident maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish,  yangi o‘quv yilida o‘quv jarayonlarini sifatli tashkil etish, tayanch o‘quv reja va dasturlar bilan yaqindan tanishtirish, xalqaro CIS (Council of International Schools) akkreditatsiyasidan o‘tkazish jarayonlariga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirishdir.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#prezident_maktablari
#seminar

Xabar berganimizdek, Prezident maktablarining rahbar xodimlari uchun o‘quv-seminari bo‘lib o‘tmoqda.

Trening davomida rahbar xodimlar tomonidan 2022-2023-o‘quv yilidagi erishilgan natijalar, kamchiliklar  jumladan A-level imtihonlari natijalarining tahlili va  yangi o‘quv yiliga ushbu yo‘nalishda belgilangan ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari haqida fikr almashildi.

🗣Shuningdek, Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish yo‘nalishidagi vazifalar, yangi o‘quv yili uchun tayanch o‘quv reja va dasturlar muhokamasi, yangi o‘quv yilida o‘quvchilarning darsdan tashqari faoliyatlarini tartibga solish, to‘garaklar faoliyatining samaradorligini yanada oshirish maqsadida dasturlarni umumiy sinxronlikka keltirish kabi mavzularida o‘zaro muhokamalar olib borishdi.

📌 Eslatib o'tamiz, 26-avgust kuni ham Toshkent shahridagi Prezident maktabida Agentlik tizimidagi barcha Prezident maktablarining akademik direktorlari va direktor o‘rinbosarlari uchun o‘quv-seminari davom etadi.

📸 Seminar tafsilotlari bilan fotolavhalar orqali tanishishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening
#Angliya

O’ZBEKISTONLIK MAKTAB DIREKTORLARI ANGLIYADAGI MAKTABLARDA DIREKTOR BO’LISHADI

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi” tashkil etilgan bo’lib, g‘oliblar Angliyaning Portsmut universitetida malaka oshirish imkoniyatini
qo‘lga kiritishadi.

🔴 Bugun mazkur dasturning so‘nggi bosqichi sifatida seminar-trening jarayonlari bo’lib o’tmoqda.

❗️Trening Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti Ta’lim, tillar va lingvistika bo‘limi boshlig‘i, professor Stiven Korbett tomonidan o’tkazilmoqda.

⚡️ Ma’lumot uchun, Angliyaning Portsmut universiteti bilan hamkorlikdagi mazkur dastur 1-marta o’tkazilayotgan bo’lib, o‘z ichiga quyidagi 3 ta shartni qamrab oladi:
 
Hujjat topshirish. Nomzodlar ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi lozim (kamida B2 daraja).
 
Yozma ish
 
Suhbat

Ushbu tanlovda g’olib bo’lgan 28 nafar direktor Angliyaning Portsmut shahriga 2 hafta davomida malaka oshirishga yuborilishi rejalashtirilmoqda.

❗️G’oliblar dastur doirasida Angliyadagi Portsmut universitetida treninglarda ishtirok etishadi va 2 kun davomida Angliyadagi maktablarda direktor sifatida ham amaliyot o’tashadi.

Ular keyinchalik Angliyada o’rgangan tajribalarini boshqa maktab direktorlari bilan bo’lishishlari ko’zda tutilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening
#Prezident_maktablari

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, psixolog va tarbiyachi-pedagoglarning malakasini yanada oshirish maqsadida Nukus shahridagi Prezident maktabida amaliy seminar-trening tashkil etildi.

Dastlab mehmonlar uchun maktab boʻylab sayohat uyushtirildi. Bunda mehmonlar maktab hayoti, yaratilgan sharoitlar va uning milliy o'ziga xosligi, shuningdek, oʻquvchilar tomonidan ishlangan loyiha ishlari bilan tanishtirildi.

🗣Seminar-treningni Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi boshligʻi T.Atamuratov va Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi S.Shakirovalar kirish soʻzi bilan ochib berdi.

📝 Seminar davomida:
Prezident maktablari missiyasi, maqsadlari va ularga erishishda Xalqaro maktablar kengashi (CIS) faoliyati tajribasi;
Global fuqarolik va madaniyatlararo ta’lim;
Xavfsiz maktab va bolalarni himoya qilish;
Etika kodeksi, maktab qadriyatlari;
Xodimlar, ota-onalar va bolalar hamjihatligi kabi mavzularda taqdimotlar va treninglar boʻlib oʻtmoqda.

📆Ma'lumot uchun, mazkur seminar-trening ikki kun davom etadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening
#ikkinchi_kun
#jarayon

🗺Nukus shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan seminar-treningning ikkinchi kunidan suratlar.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening

🗺Nukus shahridagi Prezident maktabida o‘tkazilgan "Xavfsiz va sog‘lom muhit – sifatli ta’lim asosidir!" nomli seminar-treningdan videolavha.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Robot_Gumanoid
#Seminar

Xiva shahridagi Prezident maktabida
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga sun’iy intellekt va robototexnika yo‘nalishi bo‘yicha “Robot Gumanoid” loyihasini amalga oshirish bo'yicha
seminar tashkil etildi.

Seminar qizg'in savol-javoblar va amaliy ko'nikmalarga boy bo'ldi.

Telegram | Instagram | Facebook| You tube
#direktorlar_kengashi
#seminar_trening

Xorazm viloyati “Direktorlar kengashi” tomonidan "Zamonaviy rahbar va maktab ta’limida samarali boshqaruv" mavzusida seminar-trening o’tkazildi.

Bugun 6-aprel kuni Xiva shahridagi Prezident maktabida davr talabiga mos lider kadrlarni shakllantirish maqsadida tashkil etilgan ushbu seminarda Xorazm viloyatidagi umumta’lim maktablarining direktorlari hamda ularning ma’naviy-ma’rifiy va o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari qatnashayapti. Seminar munozara va muzokaralarga boy va qiziqarli o’tayotganligini e’tirof etayotgan seminar qatnashchilari tashkilotchilardan mamnun ekanligini bildirishdi.

Birgalikda biz ta’lim tizimini yuksaklarga olib chiqamiz!!!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#direktorlar_kengashi
#seminar_trening

Xorazm viloyati “Direktorlar kengashi” tomonidan "Zamonaviy rahbar va maktab ta’limida samarali boshqaruv" mavzusida o’tkazilgan seminar-treningdan video lavha
#seminar

🤩 Agentlik tizimidagi Fargʻona shahridagi Prezident maktabida "Ta’limda mukammallikka intilish" shiori ostidagi amaliy seminar-trening start oldi.

Shuningdek, Prezident maktablarining 2023/2024-oʻquv yilidagi natijalari va ularning tahlili, "Prezident maktablari-2030" strategiyasi va yangi oʻquv yilida amalga oshiriladigan asosiy vazifalar boʻyicha ma’ruzalar tinglandi.

Eslatib oʻtamiz, amaliy seminar-trening 30-avgustga qadar davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#seminar

🤩 Agentlik tizimidagi Fargʻona shahridagi Prezident maktabida "Ta’limda mukammallikka intilish" shiori ostida amaliy seminar-trening oʻtkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

Mazkur seminar-trening doirasida respublikamizning barcha hududlaridagi Prezident maktablarining Maxsus fanlar boʻyicha direktor oʻrinbosari va Akademik direktorlari uchun Margʻilon shahridagi Hunarmandlar markaziga sayohat tashkil etildi.

Hunarmandlik markazida yuzlab turdagi atlas va adras to‘qish, gilamchilik, tikuvchilik, hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.Barcha mahsulotlar to‘liq qo‘l mehnati yordamida 100 foiz toza ipakdan to‘qiladi.

Markazda tayyor mahsulotlar ko‘rgazmasi, podium, chevarxona ham o‘rin olgan. Matoga gul chizish, bog‘lash, davra, qad tayyorlash jarayonlari ko‘rgazmali tarzda namoyish etiladi.

Sayohat davomida seminar ishtirokchilari milliy matolarimizni yaratish jarayoni, gilamdoʻzlik, kashtachilik sir-asrorlari bilan yaqindan tanishdi. Serjilo ranglar, goʻzal naqshlar bilan uygʻunlashib ketgan milliy hunarmandlik namunalari ularda katta taassurot qoldirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Xorazm_viloyati
#Seminar

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xorazm viloyati hududida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining Sanʼat (ART) va Robototexnika fani o‘qituvchilari uchun Xiva shahridagi Prezident maktabi pedagoglari bilan hamkorlikda yangi metodikalarga o‘rgatish hamda ular bilan tajriba almashish maqsadida seminar tashkil etildi.

Ustozlar seminar davomida oʻquvchilarning qobiliyatlarini, ijodiy faoliyatlarini rivojlantirish yuzasidan tavsiya va koʻrsatmalar oldilar.

📍Seminar Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo‘lib o‘tdi.

🌐
Telegram | Facebook
#Xiva_shahridagi_Prezident_maktabi
#Seminar
#1_kun
🔹 Bugun Xiva shahridagi Prezident maktabida Xorazm viloyatidagi barcha ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘qituvchilari uchun matematika, fizika va informatika fanlaridan maxsus seminarlar tashkil qilindi. Tadbirning asosiy maqsadi pedagoglarning malakasini oshirish, yangi taʼlim usullarini joriy qilish va o‘quv jarayonini yanada sifatli tashkil etishga qaratilgan.

📚 Seminar davomida o‘qituvchilar o‘zaro tajriba almashib, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion metodikalarni taʼlim jarayonida qo‘llash bo‘yicha fikr-mulohazalarini bo‘lishdi. Pedagoglar nafaqat o‘z bilimlarini mustahkamladi, balki o‘quvchilarning taʼlim olish samaradorligini oshirish yo‘nalishida yangi yondashuvlarni o‘rgandilar.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube
#Seminar_2_kun

Maktabimizda fanlar bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar asosida treninglar davom etyapti.

Palvanova Muyassar ustoz:
"Kimyo fanida gamifikatsiyani qo‘llanishi" mavzusida samarali ma’ruza va amaliy ko‘rsatmalar taqdim etdi. U o‘quv jarayoniga o‘yin elementlarini kiritish orqali o‘quvchilarning qiziqishini oshirish va fanni yanada qiziqarli o‘rgatish usullari haqida so‘z yuritdi.

Davlatova Marhabo ustoz:
"Biologiya fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuv" mavzusida interaktiv metodlar va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni taqdim etdi. Ushbu yondashuvlar biologiya fanini samarali o‘qitishda katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

Ushbu treninglar o‘qituvchilarimizni yangi yondashuvlar va metodlar bilan qurollantirib, ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi. Bizning maktabimiz kelajak avlodni yetuk bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash yo‘lida doimiy ravishda izlanishda davom etadi!


👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube
#Xiva_shahridagi_prezident_maktabi
#Seminar_2_kun
Maktabimizda ingliz tili fani o’qituvchilari uchun zamonaviy o’qitish uslublarini o’rgatish bo’yicha seminar treningi tashkil etildi. Treningda o'qituvchilar zamonaviy uslubda darsni tashkil etish, interfaol metodlar va innovatsion pedagogik yondashuvlar orqali o'quvchilarning qiziqishini oshirishga oid ko'nikmalarni o'rgandilar. Ushbu tadbir o'qituvchilarga dars jarayonini samarali va qiziqarli tashkil etish uchun yangi uslublarni qo'llash imkonini berdi. Bunday treninglar o'qituvchilarni rivojlantirish va ta'lim sifatini yaxshilashga xizmat qilmoqda.


👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube