Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.62K subscribers
6.87K photos
1.18K videos
57 files
2.77K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.iss.one/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
#Bitiruvchi_2021 #Uchrashuv

Prezident maktabining bitiruvchilari Qonunchilik palatasida

Avvalroq xabar qilingan uchrashuv bitiruvchilarning Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga tashrifi bilan davom etdi. Parlament quyi palatasi deputatlari ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbati bitiruvchilar uchun alohida ahamiyat kasb etdi.

🔹 Uchrashuv doirasida Qonunchilik palatasi faoliyati to‘g‘risida batafsil ma'lumot berildi. Shuningdek, qonun loyihalarini ishlab chiqish va qabul qilish jarayonlari xususida ham so‘z yuritildi. O‘quvchilarga Parlament quyi palatasida tuzilgan Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiya a'zolari tanishtirilib, ular ishtirokida savol-javoblar o‘tkazildi.

🔰Tadbir yakunida bitiruvchilar Qonunchilik palatasining majlislar zali, parlament kutubxonasi hamda muzey faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Президент тадбиркорлар билан очиқ мулоқот ўтказди. Бундай шаклдаги учрашув илк бор ўтказилди ва унда жами ўн мингга яқин тадбиркор иштирок этди.
Давлатимиз раҳбари ўз нутқида соҳадаги муаммоларни ҳал қилишга қаратилган 7 та муҳим йўналишни кўрсатиб ўтди, янги ташаббусларни илгари сурди.
Мулоқотда тадбиркорлар сўзга чиқиб, фаолиятида дуч келаётган муаммоларни, таклиф ва мулоҳазаларини айтди. Улар тармоқ мутасаддилари ва ҳокимлар иштирокида муҳокама қилинди.

Президент провел открытый диалог с предпринимателями. В мероприятии, впервые прошедшем в таком формате, приняли участие около 10 тысяч представителей бизнеса.
В своем выступлении глава государства обозначил 7 важных направлений решению проблем в сфере и выдвинул новые инициативы.
Выступившие предприниматели рассказали о проблемах в своей деятельности, высказали свои мнения и предложения. Они рассмотрены с участием ответственных лиц и хокимов.

#Mirziyoyev #uchrashuv #tadbirkorlik #muloqot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#uchrashuv

Xiva shahridagi Prezident maktabi

❇️ Xiva shahridagi Prezident maktabida Xorazm viloyati hokimining iqtisodiy va tadbirkorlik masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari Qudratbek Igamberganov va viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari Usmonboy Jumangaldiyevlar ishtirokida o'quvchilar bilan uchrashuv tashkil qilindi.
❇️ Uchrashuvda o'quvchilar soha mas'ullaridan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
❇️ Uchrashuv so'ngida hamkorlik aloqalari yana davomli bo'lishi kelishib olindi.

***

Xiva PM👉 telegram | you tube
#uchrashuv

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Xorazm viloyatidagi maktablar orasida 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Xiva shahridagi Prezident maktabida o'rtoqlik uchrashuvi tashkil etildi.

💥Iqtidorli yoshlarimiz uchrashuv davomida o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazib, yaqindan tanishib olishdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Instagram
Facebook| You tube
#Uchrashuv
"Halollik vaksinasi" bilan emlangan yangi avlodni tarbiyalash - ustuvor vazifamizdir.
Sh. Mirziyoyev

Xiva shahridagi Prezident maktabida Xorazm viloyati prokuraturasi xodimlari maktab jamoasi bilan uchrashuv o'tkazdilar. Viloyat prokurorining katta yordamchisi Qalandarov Jaloliddin Davronovich tavsiyasi bilan Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish kompleks nazoratini amalga oshirish bo'yicha bosh mutaxassis Hasanov Alisher Ollaberganovich hamda viloyat prokuror yordamchisi Davletov Mirzabek Allayarovichlar maktab jamoasiga korrupsiyaga qarshi kurash, korrupsion holatlarning oldini olish, xodimlar huquqlarining himoyalanishi haqida ma'ruza qildilar hamda xodimlarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.
Xiva shahridagi Prezident maktabining korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha mas'ul xodimlari kadrlar bo'yicha menejer M. Matyaqubova hamda maxsus fanlar bo'yicha direktor o'rinbosari V. Atanazarov tadbirning o'tkazilishida tashkilotchilik qildilar.

✍️Xiva shahridagi Prezident maktabi matbuot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook| You tube
#Uchrashuv
Xiva shahridagi Prezident maktabida 9203-harbiy qism "X" bo‘limi tarbiyaviy-mafkuraviy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Xudayberganov Suroj bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida harbiy sohadagi tajribalar, vatanparvarlik va xizmatdagi mas'uliyat haqida qiziqarli ma'lumotlar berildi. Bu uchrashuv o‘quvchilarda yurtga sadoqat va mas'uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube