Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.74K subscribers
7.7K photos
1.24K videos
57 files
3.02K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.iss.one/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
#sport_games
#Amir_Temur
#687

📝
Amir Temur ― buyuk shaxs, kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, el-yurtini sevgan va uni mashhuri jahon qilgan inson.

✳️Xiva shahridagi Prezident maktabida Sohibqiron Amir Temur xotirasini yod etib o'quvchi yoshlar o'tasida " Biz kim Sohibqiron avlodlari" shiori ostida tadbir tashkil etildi.

O'quvchilarimiz harbiy maktab o'quvchilari bilan shaxmat, stol tennis, tosh ko'tarish, kamondan o'q otish kabi do'stona sport o'yinlarida bir-birlari bilan kuch sinashishdi.

🌐Bizni kuzatishda davom eting
Telegram Instagram
You tube Facebook
#Tarixiy_sana
#Amir_Temur_687

O‘zbek davlatchiligini yuqori bosqichga ko‘tara olgan, buyuk sarkarda nafaqat mamlakatimiz, balki jahon tarixida ham tub burilishlar sodir etgan shaxs sifatida yuksak ahamiyatga ega.

Amir Temur birinchi navbatda bunyodkor shaxs va har tomonlama yetuk, bilimli kishilardan edi. Uning faoliyatiga nazar tashlar ekanmiz, har bir odimida yurt farovonligi, obodligi, ta’lim, fan va san’atning rivoji uchun qayg‘urishini ko‘rishimiz mumkin.

Sohibqiron taxtga chiqqandan so‘ng birinchi navbatda mamlakat taraqqiyotining asosi bo‘lmish ta’limga juda katta e’tibor qaratdi. O‘sha davrning asosiy ta’lim dargohlari bo‘lgan maktab va madrasalarga vaqf mulklari ajratish orqali ularni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlagan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Amir_Temur_tavalludi

KUCH — ADOLATDA!


Amir Temur 1336- yil 9- aprel kuni Kesh (Shahrisabz) yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or (Yakkabog') qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning otasi amir Muhammad Tarag‘ay turk avlodining barloslaridan bo‘lib, Movarounnahrda o‘ziga yarasha obro’-e’tiborga ega, nufuzli ziyolilardan bo‘lgan.

XV asr boshlariga kelib Amir Temur ulkan imperiyani tuzdi, uning yer-suvlari Volgadan Kavkazgacha, Markaziy Osiyodan Hindistongacha cho‘zilgan edi. Dono qo‘mondon sifatida u o‘z yerlarini himoya qilish uchun ko‘pmingli mukammal qo‘shinni tuzdi. Amir Temurning boshqaruvi 35 yil (1370-1405) davom etdi.

Buyuk sarkarda va davlat arbobi bizga adabiy asarlar va davlat boshqaruvi tuzuklaridan tortib, jahon tarixiga kirgan noyob arxitektura va qadimiy me’morchilik durdonalarigacha bo‘lgan ulkan merosni qoldirdi. U yashab, mehnat qildi, yerlarni zabt etdi va o‘z tarixini - buyuk insonning tarixini yaratdi.

Telegram | Instagram | Facebook| You tube
#Amir_Temur_688_yilligi

O'quvchilarning intellektual qiziqishlarini qo'llab quvvatlash maqsadida Xiva shahridagi Prezident maktabida sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligini munosabati bilan viktorinalar tashkil qilinmoqda.

Viktorinalarni tashkil qilishda maktabning tarix va tarbiya fani o'qituvchilari va tarbiyachi-pedagoglar faollik ko'rsatishmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook| You tube
#Amir_Temur_tavalludining_689_yilligi

Bugun — yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun.

Amir Temur nafaqat harbiy sarkarda, balki ilm-fan, madaniyat homiysi sifatida ham tarixda o'chmas iz qoldirgan. Amir Temur o'z davrida adabiyot, san'at, ilm-fan va ta'limni rivojlantirishga salmoqli hissa qo'shgan.

Amir Temurning mashhur “Temur tuzuklari” asari 1783-yilda Buyuk Britaniyada, 1891-yilda Hindistonda, 1868-yili Eronda chop etilgan. Asar bir qator, jumladan, fransuz, ingliz, urdu, rus tillariga tarjima qilingan.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube
#Amir_Temur_tavalludining_689_yilligi

Bugun poytaxtimizda Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo'lib o'tdi.

Unda davlat va jamoat tashkilotlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari ham Sohibqiron haykali poyiga gullar qoʻyib, Amir Temur xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Amir_Temur_tavalludining_689_yilligi
#Amir_Temur_va_Temuriylar_ibrati


9-aprel – buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludiga bag‘ishlab, Xiva shahridagi Prezident maktabining 7-sinf o‘quvchilari hamda tarbiyachi pedagog M.Matyaqubova ishtirokida “Amir Temur va Temuriylar ibrati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida Amir Temurning boy merosi, dono siyosati, jasorati hamda Temuriylar davrining ilm-fan, madaniyat va san’atdagi yutuqlari haqida batafsil so‘z yuritildi. Tadbir o‘quvchilarda tarixiy merosga hurmat, vatanparvarlik va ma’naviy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.


Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube