Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.63K subscribers
6.73K photos
1.17K videos
57 files
2.73K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.iss.one/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
#Xorijiy_hamkorlik
#Turkiya

Xabar berganimizdek, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi delegatsiyasi ayni vaqtda Turkiyaning Anqara shahrida bo'lib turishibdi.

Delegatsiya vakillari dastur doirasida Turkiya Respublikasining Ta'lim va tarbiya departamenti vakillari doktor Ahmet Ishleyn, bo‘lim boshlig‘i Mehmet Salih Janbal hamda bir guruh mas'ullar bilan uchrashishdi.

❗️Uchrashuv davomida Turkiyada ta'lim jarayonining tashkil etilishi, darsliklarni nashrga tayyorlash va chop etish kabi mavzularda o'zaro fikr almashildi.

✔️Shuningdek, Agentlik vakillari nashriyotlar faoliyati bilan ham yaqindan tanishishdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xorijiy_hamkorlik

IKKI VAZIR UCHRASHUVI: BAA BILAN PEDAGOGLAR MALAKASINI OSHIRISH VA O’QUVCHILARNI KASBGA YO‘NALTIRISH SOHALARIDA HAMKORLIK QILINADI

Ayni damda Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida tashrif bilan bo’lib turgan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova BAA Ta’lim vaziri, Doktor Ahmad Belhul Al Falasi bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida O‘zbekiston va BAA ta'lim sohalarida amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlar va islohotlar haqida so‘z bordi.

❗️Uchrashuv doirasida tomonlar:

▶️ BAA va O‘zbekiston ta’lim tizimlarini o‘rganish va hamkorlikda qo’shma loyihalar tashkil etish,
▶️ O‘zbekistonda
xorijiy til sifatida arab tili o‘qitiladigan maktablar uchun o‘quv-metodik majmualarni takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish,
▶️ pedagoglarning malakasini oshirish, ular faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha tajriba almashish hamda
▶️ maktab o‘quvchilarini kasbga yo'naltirish kabi
masalalar muhokama qilindi.

✔️ Uchrashuv so‘ngida tomonlar barcha yo‘nalishlarda yaqindan hamkorlik o‘rnatish borasida kelishib olishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik
#BAA

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Birlashgan Arab Amirliklarining Alef Education ta'lim platformasi bosh direktori Jefri Alfonso boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Tadbir avvalida vazirlik faoliyati hamda Alef education haqida ikki tomonlama taqdimotlar bo’lib o’tdi.

Uchrashuv doirasida tomonlar o’zaro hamkorlik, xususan Alef ta'lim platformasini O'zbekiston sharoitiga moslashtirish rejalari kabi masalalarni muhokama qilishdi.

✔️ Ta’kidlash joiz, Alef education ta’lim platformasi:

🔹 O‘quvchilar bilimini baholash,
🔹 pedagoglar faoliyatini o‘quvchilar bilimiga asoslangan holda sun’iy intellekt yordamida baholab borish,
🔹 аniq va tabiiy fanlar, shuningdek
xorijiy tillar yo‘nalishidagi ta’limni onlayn platforma yordamida yo‘lga qo‘yish kabi imkoniyatlarga ega platforma hisoblanadi.

❗️ Uchrashuv doirasida mehmonlar uchun Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Toshkent shahridagi Prezident va Olmazor tuman 22-sonli umumta'lim maktablari bo'ylab kampus-tur tashkil etildi.

📆 Ma’lumot o’rnida, Alef ta'lim platformasi rahbariyati bilan uchrashuvlar 12-aprelga qadar davom etadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xorijiy_hamkorlik
#Ispaniya

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi va Ispaniya Taʼlim va kasbga o‘qitish vazirligi mutasaddilari ishtirokida onlayn uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv avvalida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari faoliyati, joriy qilingan xalqaro standartlarga mos o‘quv jarayonlari va zamonaviy baholash standartlari haqida ispan tomoniga taqdimot qilindi.
 
❗️Uchrashuv davomida:

▶️ ispan tilini o‘qitishni ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida, xususan, Prezident va ijod maktablarda ikki tilli bo‘limlar dasturi asosida yo’lga qo’yish,

▶️ mazkur maktablarda chet tili o‘qituvchilarning yordamchilari dasturi hamda Ispaniya ta’lim va kasbga o‘qitish vazirligining resurs markazlari faoliyatini joriy qilish orqali
hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish haqida so’z bordi.

Ma’lumot uchun, ushbu dasturga 30 yil avval asos solingan bo‘lib, hozirgi kunda bu taʼlim dasturlari Lotin Amerikasi, AQSH, Yevropa mamlakatlari, Xitoy, Rossiya va boshqa davlatlar maktablarida keng joriy qilingan.

❗️ Mazkur dasturlar doirasida har yili Germaniyaga 20 nafar, AQSHga 800 nafar ispan o‘qituvchilari yuboriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xorijiy_hamkorlik
#Angliya

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi” tashkil etilgani haqida xabar bergandik.

📆 Bugun ushbu tanlovda g‘olib bo‘lgan direktorlar Angliyaning Portsmut shahriga 2 hafta davomida malaka oshirish uchun jo‘nab ketishdi.

⚡️Gʻoliblarning 12 nafari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod  hamda ixtisoslashtirilgan maktab direktorlari.

📝Ular dastur doirasida Angliyadagi Portsmut universitetida treninglarda ishtirok etishadi va 2 kun davomida Angliyadagi maktablarda direktor sifatida amaliyot o‘tashadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM