Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.62K subscribers
6.81K photos
1.18K videos
57 files
2.75K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.iss.one/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
#sport_games
#Amir_Temur
#687

📝
Amir Temur ― buyuk shaxs, kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, el-yurtini sevgan va uni mashhuri jahon qilgan inson.

✳️Xiva shahridagi Prezident maktabida Sohibqiron Amir Temur xotirasini yod etib o'quvchi yoshlar o'tasida " Biz kim Sohibqiron avlodlari" shiori ostida tadbir tashkil etildi.

O'quvchilarimiz harbiy maktab o'quvchilari bilan shaxmat, stol tennis, tosh ko'tarish, kamondan o'q otish kabi do'stona sport o'yinlarida bir-birlari bilan kuch sinashishdi.

🌐Bizni kuzatishda davom eting
Telegram Instagram
You tube Facebook
#Tarixiy_sana
#Amir_Temur_687

O‘zbek davlatchiligini yuqori bosqichga ko‘tara olgan, buyuk sarkarda nafaqat mamlakatimiz, balki jahon tarixida ham tub burilishlar sodir etgan shaxs sifatida yuksak ahamiyatga ega.

Amir Temur birinchi navbatda bunyodkor shaxs va har tomonlama yetuk, bilimli kishilardan edi. Uning faoliyatiga nazar tashlar ekanmiz, har bir odimida yurt farovonligi, obodligi, ta’lim, fan va san’atning rivoji uchun qayg‘urishini ko‘rishimiz mumkin.

Sohibqiron taxtga chiqqandan so‘ng birinchi navbatda mamlakat taraqqiyotining asosi bo‘lmish ta’limga juda katta e’tibor qaratdi. O‘sha davrning asosiy ta’lim dargohlari bo‘lgan maktab va madrasalarga vaqf mulklari ajratish orqali ularni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlagan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Amir_Temur_tavalludi

KUCH — ADOLATDA!


Amir Temur 1336- yil 9- aprel kuni Kesh (Shahrisabz) yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or (Yakkabog') qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning otasi amir Muhammad Tarag‘ay turk avlodining barloslaridan bo‘lib, Movarounnahrda o‘ziga yarasha obro’-e’tiborga ega, nufuzli ziyolilardan bo‘lgan.

XV asr boshlariga kelib Amir Temur ulkan imperiyani tuzdi, uning yer-suvlari Volgadan Kavkazgacha, Markaziy Osiyodan Hindistongacha cho‘zilgan edi. Dono qo‘mondon sifatida u o‘z yerlarini himoya qilish uchun ko‘pmingli mukammal qo‘shinni tuzdi. Amir Temurning boshqaruvi 35 yil (1370-1405) davom etdi.

Buyuk sarkarda va davlat arbobi bizga adabiy asarlar va davlat boshqaruvi tuzuklaridan tortib, jahon tarixiga kirgan noyob arxitektura va qadimiy me’morchilik durdonalarigacha bo‘lgan ulkan merosni qoldirdi. U yashab, mehnat qildi, yerlarni zabt etdi va o‘z tarixini - buyuk insonning tarixini yaratdi.

Telegram | Instagram | Facebook| You tube
#Amir_Temur_688_yilligi

O'quvchilarning intellektual qiziqishlarini qo'llab quvvatlash maqsadida Xiva shahridagi Prezident maktabida sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligini munosabati bilan viktorinalar tashkil qilinmoqda.

Viktorinalarni tashkil qilishda maktabning tarix va tarbiya fani o'qituvchilari va tarbiyachi-pedagoglar faollik ko'rsatishmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook| You tube