Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.63K subscribers
6.74K photos
1.17K videos
57 files
2.74K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.iss.one/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xiva shahridagi Prezident maktabi

#zahiriddin_muhammad_bobur

▫️"U turli goʻzal fazilatlar, maqtovga loyiq sifatlarga ega podshoh edi. Barcha sifatlari ichida shijoat va muruvvatpeshaligi ustun kelar edi”
💬 “Tarixi Rashidiy”dan

▫️ "Bobur dilbar shaxs, Uygʻonish davrining tipik hukmdori, mard va tadbirkor odam boʻlgan, u sanʼatni, adabiyotni sevardi, hayotdan huzur olishni yaxshi koʻrardi...”
💬 Javoharlaʼl Neru

▫️ "Uning uslubi oddiy va mardona, jonli va obrazli. U oʻz zamondoshlarining qiyofalari, urf-odatlari va intilishlarini, qiliqlarini oynadek ravshan tasvirlaydi. Shu jihatdan bu asar Osiyoda yagona, chinakam tarixiy tasvir namunasidir”
💬 Monstyuart Elfinston

***
Xiva PM 👉 telegram|website | youtube
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur

Bugun o'zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga 539 yil to'ldi!

⚜️⚜️⚜️


Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim,
Ko‘nglimdin o‘zga mahrami asror topmadim.

Jonimdek o‘zga jonni dilafgor ko‘rmadim,
Ko‘nglim kibi ko‘ngulni giriftor topmadim.

Usruk ko‘ziga toki ko‘ngul bo‘ldi mubtalo,
Hargiz bu telbani yana hushyor topmadim.

Nochor furqati bila xo‘y etmisham, netay,
Chun vaslig‘a o‘zumni sazovor topmadim.

Bore boray eshigiga bu navbat, ey ko‘ngul,
Nechaki borib eshigiga, bor topmadim.

Bobur, o‘zingni o‘rgata ko‘r, yorsizki, men,
Istab jahonni, muncha qilib, yor topmadim.
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_539_yilligi

Bugun shoh va shoir, yirik davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.
_______
Kim ko‘rubdur, ey ko‘ngul, ahli jahondin yaxshilig‘?
Kimki, ondin yaxshi yo‘q, ko‘z tutma ondin yaxshilig‘!

Gar zamonni nafy qilsam, ayb qilma, ey rafiq,
Ko‘rmadim hargiz, netoyin, bu zamondin yaxshilig‘!

Dilrabolardin yomonliq keldi mahzun ko‘ngluma
Kelmadi jonimg‘a hech oromi jondin yaxshilig‘.

Ey ko‘ngul, chun yaxshidin ko‘rdung yamonliq asru ko‘p,
Emdi ko‘z tutmoq ne, ya'ni har yamondin yaxshilig‘?

Bori elga yaxshlig‘ qilg‘ilki, mundin yaxshi yo‘q –
Kim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig‘!

Yaxshilig‘ ahli jahondin istama Bobur kibi,
Kim ko‘rubdur, ey ko‘ngul, ahli jahondin yaxshilig‘?

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xiva_PM
#Termiz_PM
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur

⚡️14-fevral oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Termiz va Xiva shahridagi Prezident maktablari hamkorligida tashkil qilingan g'azalxonlik chellenji.




Xiva PM rasmiy telegram sahifasi https://t.iss.one/PSinKhiva
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur

Zahiriddin Muhammad Bobur ruboiylari Xiva shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari ijrosida.

⚜️⚜️⚜️

Tole yo‘qi jonimg'a balolig' bo‘ldi,
Har ishniki ayladim, xatolig‘ bo‘ldi.
O‘z yerni qo‘yib, Hind sori yuzlandim,
Yo Rab, netayin, ne yuz qarolig' bo‘ldi.



Xiva PM rasmiy telegram sahifasi https://t.iss.one/PSinKhiva
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan Xiva shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari shoir g'azallarini ifodali o'qidilar.




Xiva PM rasmiy telegram sahifasi https://t.iss.one/PSinKhiva
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur

📚Kuni kecha Xiva shahridagi Prezident maktabida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligiga bag'ishlab "Boburdek seving Vatanni" mavzusida adabiy tadbir o'tkazildi.

⚜️ Tadbirda o'quvchilar shoh va shoir qalamiga mansub g'azal va ruboiylardan ifodali o'qidilar, shuningdek shoirning hayoti va ijodi yuzasidan viktorina ham o'tkazildi.

Maktab "Drama klubi" ishtirokchilari tomonidan sahnalashtirilgan soya janridagi asar namoyish qilindi.

🏆 Tadbir so'ngida "Hafta kitobi" loyihasiningi va viktorina g'oliblari taqdirlandilar.

⚜️⚜️⚜️

Xiva PM rasmiy telegram sahifasi https://t.iss.one/PSinKhiva
Forwarded from Hilola Umarova
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_540_yilligi

Bugun shoh va shoir, yirik davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.
___________
Zahiriddin Muhammad Bobur haqida

Bobur dilbar shaxs edi. Uyg‘onish davrining ajoyib sultoni, kuchli, tadbirkor kishi bo‘lib, san’atni, adabiyotni, go‘zallikni sevardi”.
Javoharlal Neru, “Hindistonning kashf etilishi” kitobidan.

Bobur fe’li-sajiyasiga ko‘ra Sezarga qaraganda sevishga arzigulikdir. Uning manglayiga yuksak fazilatli inson deb bitib qo‘yilgan”.
Eduard Xolden, ingliz tarixchisi.

“Saxovati va mardligi, iste’dodi, ilm-fan, san’atga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanishi jihatidan Osiyodagi podshohlar orasida Boburga teng keladigan birorta podshoh topilmaydi”.
Uilyam Erskin,“Boburnoma” tarjimoni.

“Mirzo Boburning Hindistondagi qudrati uning bosib olgan yerlari bilan emas, u hind xalqining ko‘nglida uyg‘ota olgan hurmat-ehtirom bilan o‘lchanadi”.
Qamar Rais, hind jamoat arbobi va adabiyotshunos olimi.
#Alisher_Navoiy_tavalludining_583_yilligi
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_541_yilligi

⚜️ 𝑿𝒊𝒗𝒂 𝒔𝒉𝒂𝒉𝒓𝒊𝒅𝒂𝒈𝒊 𝑷𝒓𝒆𝒛𝒊𝒅𝒆𝒏𝒕 𝒎𝒂𝒌𝒕𝒂𝒃𝒊𝒅𝒂 𝑯𝒂𝒛𝒓𝒂𝒕 𝑨𝒍𝒊𝒔𝒉𝒆𝒓 𝑵𝒂𝒗𝒐𝒊𝒚 𝒉𝒂𝒎𝒅𝒂 𝒁𝒂𝒉𝒊𝒓𝒊𝒅𝒅𝒊𝒏 𝑴𝒖𝒉𝒂𝒎𝒎𝒂𝒅 𝑩𝒐𝒃𝒖𝒓 𝒉𝒂𝒚𝒐𝒕𝒊, 𝒊𝒋𝒐𝒅𝒊𝒈𝒂 𝒃𝒂𝒈‘𝒊𝒔𝒉𝒍𝒂𝒏𝒈𝒂𝒏 “𝑩𝒊𝒓 𝒂𝒔𝒓𝒏𝒊𝒏𝒈 𝒊𝒌𝒌𝒊 𝒈𝒂𝒗𝒉𝒂𝒓𝒊” 𝒔𝒉𝒊𝒐𝒓𝒊 𝒐𝒔𝒕𝒊𝒅𝒂 𝒎𝒂’𝒏𝒂𝒗𝒊𝒚-𝒎𝒂’𝒓𝒊𝒇𝒊𝒚 𝒕𝒂𝒅𝒃𝒊𝒓 𝒐‘𝒕𝒌𝒂𝒛𝒊𝒍𝒅𝒊.

Tadbirda maktabimiz o‘quvchilari ulug'larning ijod namunalaridan aytib, badiiy kechaga ko‘tarinkilik bag‘ishladilar. Shuningdek "Drama" to'garagi a'zolarining sahna ko'rinishlari barchani ta'sirlantira oldi.


telegram | instagram | facebook | you tube