Xiva shahridagi Prezident maktabi
1.59K subscribers
6.97K photos
1.2K videos
57 files
2.8K links
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi.


👉 instagram.com/psinkhiva
👉 https://t.iss.one/PSinKhiva
👉https://www.facebook.com/psinkhiva
👉 @KhivaPMBot savollar uchun
Download Telegram
#Statistika_qabul
#Qabul_2022

🔰Agentlik tizimidagi maktablarga qabul yuzasidan ariza.piima.uz saytiga arizalar kelib tushmoqda. Ushbu arizalarning 11-iyun soat 11:00 holatiga ko'ra statistikasini taqdim etamiz.

✔️ Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma'lumotga ega bo'lasiz.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Сўраган_эдингиз
#Qabul_2022

Farzandim chet elda tug'ilgan va o’sha yerda tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma olgan. Men va otasi O’zbekiston Respublikasi fuqarosimiz. Farzandim hozirda O'zbekistondagi maktabda tahsil olmoqda. U Prezident maktabiga o'qishga hujjat topshira oladimi?

Ha, topshira oladi. Bunda talabgordan hujjat topshirayotganda o'quvchi shaxsini tasdiqlovchi hujjat turi bo'limidan "Chet elda olingan tug'ilganlik haqida guvohnoma"ni tanlashi talab etiladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2022
#Videobayonot

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan tabiiy va aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘qishga hujjat topshirgan o‘quvchilar qaysi fanlardan imtihon topshirishlari kerak?

Prezident ta'lim muassasalari agentligida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarning aniq fanlar yo‘nalishiga o‘qishga hujjat topshirgan 5- va 6- sinf o‘quvchilari matematika va ingliz tili fanlaridan 7-8-9-10-va 11-sinf o‘quvchilari esa matematika fizika va ingliz tili fanlaridan imtihon topshirishlari kerak bo‘ladi.

Tabiiy fanlar yo‘nalishiga o‘qishga hujjat topshirgan 5-va 6-sinf o‘quvchilari biologiya va ingliz tili fanlaridan, 7-8-9-10-va 11-sinf o‘quvchilari esa biologiya, kimyo va ingliz tili fanlaridan imtihon topshirishadi.

📞Call-markaz: 1206
#Statistika_qabul
#Qabul_2022

🔰Agentlik tizimidagi maktablarga qabul yuzasidan ariza.piima.uz saytiga arizalar kelib tushmoqda. Ushbu arizalarning 14-iyun soat 11:00 holatiga ko'ra statistikasini taqdim etamiz.

✔️ Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma'lumotga ega bo'lasiz.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2022
#Videobayonot

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarda imtihonlar necha bosqichda va qanday tarzda o'tkaziladi?

Agentlik tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarda imtihonlar bir bosqichda bo'lib o'tadi. Testlar davlat test markazi tomonidan tuzilib, o'quvchilarga qog'oz shaklida taqdim etiladi.

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarda qaysi fanlar o'quvchilarni ikki guruhga ajratgan holda o'rgatiladi?

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi aniq fanlar yo'nalishiga o'qishga hujjat topshirgan o'quvchilarga matematika, fizika, informatika va ingliz tili fanlari, tabiiy fanlar yo'nalishiga o'qishga hujjat topshirgan o'quvchilarga esa kimyo, biologiya va ingliz tili fanlari o'quvchilarni ikki guruhga bo'lgan holda tashkil etiladi.

📞Call-markaz raqami: 1206

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Сўраган_эдингиз
#Qabul_2022

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga imtihonlar qanday manbalardan olinadi? Imtihon savollari o'qishga hujjat topshirgan o'quvchilarning yoshi va maktabda o'qigan fanlarini inobatga olgan holda tuzilganmi?

Mazkur maktablarga kirish imtihonlari o'quvchilarning yoshiga mos tarzda, maktab darsliklari asosida tashkil etiladi.

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarda qaysi fanlar o'quvchilarni ikki guruhga ajratgan holda o'rgatiladi?

Agentlik tizimidagi aniq fanlar yo'nalishiga o'qishga hujjat topshirgan o'quvchilarga matematika, fizika, informatika va ingliz tili fanlari, tabiiy fanlar yo'nalishiga o'qishga hujjat topshirgan o'quvchilarga esa kimyo, biologiya va ingliz tili fanlari o'quvchilarni ikki guruhga bo'lgan holda tashkil etiladi.

📞Call-markaz: 1206
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2022
#Видеойўриқнома

📣📣PREZIDENT TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MAKTABLARGA QABUL BOSHLANDI!

📹
Sizga qulaylik yaratish maqsadida Prezident maktablariga onlayn ariza topshirish bo'yicha bosqichma-bosqich video-qo'llanma taqdim etilmoqda.

☎️Shuningdek, qabul jarayonlariga oid savollaringiz yuzasidan call-markazning 1206 qisqa raqamiga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.

👉Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring:

Veb-sayt: piima.uz
Telegram: piimauz
Facebook: piima.uz
Instagram: piima.uz
#Jonli_bayonot
#Qabul_2022

⚡️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi Axborot xizmati Prezident, ijod va Agentlik tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlarga jonli efirda javob beradi!

👉 Soat 13:00 da Agentlikning YouTube kanali orqali bizni kuzating.

📞Сall-markaz raqami: 1206

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Videobayonot
#Qabul_2022

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar imtihonlarsiz o‘qishga qabul qilinishi aytilgan edi. Ushbu qoidaga muvofiq barcha olimpiadalarda g‘olib bo‘lganlar o‘qishga qabul qilinadimi yoki qandaydir cheklovlar ham mavjudmi?

Ushbu imtiyoz Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tasdiqlangan Xalqaro olimpiadalar, Mintaqaviy olimpiadalar bundan tashqari asosiy fan olimpiadalarining matematika, fizika, kimyo, biologiya, hamda Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan viloyat bosqichida 1-2-3-o‘rinlarini egallagan 9-10-11-sinf o‘quvchilariga tatbiq etiladi.

📞Call-markaz raqami: 1206
#Soʻragan_edingiz
#Qabul_2022

Prezident maktablarida qaysi fanlar ingliz tilida o‘rgatiladi?

Prezident maktablarida fizika, matematika, kimyo, biologiya, Informatika, ingliz tili, science va zamonaviy yondashuv fanlari o‘quvchilarga ingliz tilida o‘rgatiladi.

Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘qishga hujjat topshirgan o‘quvchilardan olinadigan test savollari bir vaqtda va bir xilda bo‘ladimi?

Mazkur maktablarga o'qishga hujjat topshirgan o'quvchilardan olinadigan test savollari bir-biridan farq qiladi va imtihonlar ham har xil kunlarda o‘tkaziladi.

📞 Call-markaz: 1206

⬇️ Biz Ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube