🇺🇿POST (Жиззах)
411 subscribers
2.08K photos
4.41K videos
4 files
513 links
🇺🇿Ўзбекистонда ва жаҳонда бўлаётган воқеа ҳодисалар.
📢Жиззахда бўлаётган янгиликлар.
🤝 Таклиф ва мурожаатлар учун 👇👇👇👇
Админ @Postkanaladminbot
Download Telegram
#Kadastr #infografika

👍Davlat kadastrlari palatasining Jizzax viloyat boshqarmasi tuman-shahar filiallari tomonidan 2023-yilning sakkiz oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslar egaligida bo‘lgan jami 15995 ta ko‘chmas mulk obyektiga kadastr hujjati rasmiylashtirildi.

Batafsil Infografikada.

KANAL 👉@POSTJIZZAX7
#Kadastr #infografika

👍Davlat kadastrlari palatasining Jizzax viloyat boshqarmasi tuman-shahar filiallari tomonidan 2023-yilning 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslar egaligida bo‘lgan jami 15915 ta ko‘chmas mulk obyektiga kadastr hujjati rasmiylashtirildi.

Batafsil Infografikada.

KANAL👉@POSTJIZZAX7
#Jizzax_kadastr
#Oylik_tahlil
#Kadastr_pasporti

Jizzax viloyatida 3 oyda 6 974 mingdan ziyod kadastr pasporti shakillantirish uchun arizalar kelib tushgan

Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasining hududiy tuman (shahar) filiallari tomonidan joriy yilning 3 oy davomida 4 862 ta kadastr pasporti shakllantirildi.

Shakllantirilgan kadastr pasportlari hududlar kesimida tahlil qilinganida:

Arnasoy tumani - 180 ta,
Baxmal tumani
- 744 ta,
Do‘stlik tuman
- 173 ta,
Zarbdor tumani
- 244 ta,
Zafarobod tumani
- 173 ta,
Zomin tumani
- 635 ta,
Mirzacho‘l tumani
- 200 ta,
Paxtakor tumani
- 224 ta,
Forish tumani
- 128 ta,
G‘allaorol tumani
- 494 ta,
Sh.Rashidov tumani
- 774 ta,
Jizzax shahar
- 754 ta,
Yangiobod tumanida 119 ta
kadastr pasporti shakllantirilgan.

👉
@POSTJIZZAX7
OGOHLIKKA CHORLOV!

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda kadastr muhandisi mahalliy fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydoniga egalik guvohnomasini rasmiylashtirib, uy-joy qurish uchun ruxsat olib berish evaziga pul talab qilgani va tezkor tadbirda qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqaldi.

🌟Kadastr agentligi bunday holat yuz bermasligi uchun yurtdoshlarimizga bir necha marotaba ogohlantiruvchi murojaat bilan chiqqan.

Bugun yana bir bor barcha yurtdoshlarimizni ogohlikka chaqiramiz.

Uzoq yillar davomida o‘zi yashab kelayotgan uyini rasmiylashtirib olishni niyat qilib yurgan halol insonlar ko‘p ammo, vaziyatdan foydalanib, noqonuniy yo‘llar bilan daromad qilishni reja qilib yurgan «uddaburonlar» ham yo‘q emas.

Sizlarni bunday nopok kimsalarning har qanday so‘zlari va va’dalariga ishonmaslikka chaqiramiz!

Birinchidan, mahallalar aniq tasdiqlangan reja asosida xatlovdan o‘tkaziladi. Biri qolib ikkinchisiga o‘tilmaydi, ya’ni xalq tili bilan aytganda “tezlashtirib berishning imkoni yo‘q!”.

Ikkinchidan, xatlovdan keyin «E’TIROF» dasturiga kiritilgan har bir holat bo‘yicha 15 dan ortiq vazirlik va idoralar xulosalarini beradi hamda kosmik suratlar yordamida tahlil qilinadi. Xalq tili bilan aytganda “ilojini qilib o‘tkazib bo‘lmaydi!”.

Uchinchidan, xatlov jarayonida qonun bilan aniq belgilab berilgan 8 ta toifaga kiruvchi holatlar o‘rganiladi. Hozirda egallab olib, qurilish qilib qonuniylashtirib olishni reja qilayotganlar javobgarlikka tortiladi va bu ishlar ham axborot tizimlari orqali nazorat qilinadi. Xalq tili bilan aytganda “tanish-bilish o‘tmaydi!”.

‼️Hurmatli yurtdoshlar, har qanday holatda ham firibgarlik, ta’magirlik yoki korrupsiya holatlariga duch kelsangiz huquqni muhofaza qilish organlariga xabar bering.

#Kadastr_agentligi #Murojaat

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt