O'rtachirchiq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
444 subscribers
2.56K photos
385 videos
29 files
696 links
Ushbu kanal Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari Agentligi tizimidagi Toshkent viloyati O'rta Chirchiq tuman ixtisoslashtirilgan maktab yangiliklarini yetkazish uchun ochilgan
Download Telegram
#EcoExpo2025 #Dolzarb90kun

“Eco Expo Central Asia 2025” — Markaziy Osiyodagi ilk ekologik texnologiyalar koʻrgazmasiga bizning maktabimizning ekoqo'mita a'zolari va yosh ixtirochilari ekskursiya uyushtirishdi.

Ushbu koʻrgazma Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tashabbusi bilan tashkil etildi.

Eco Expo Central Asia 2025 ko’rgazmasida 30 dan ortiq mamlakatdan kelgan davlat idoralari, xususiy sektor, xalqaro tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot markazlari ishtirok etishdi.

Ecoexpo-2025 ko'rgazmasiga ekskursiya uyushtirishdan maqsad, bugungi kunning dolzarb mavzularidan biri "Ekologiya va texnologiya mujassamligi", ya'ni zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda, ekologiya va atrof-muhit barqarorligini ta'minlash, kelajakka ishonch bilan qadam tashlash. Oldimizdagi maqsad #Ecoexpo2026 da o'z ixtiro va texnologiyalarimiz bilan ishtirok etish.
———
🍀 Toshkent viloyati O'rtachirchiq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi "ECOCOMMUNITY O'RTACHIRCHIQ" JAMOASI
🔥5🆒21👍1🤩1
#Renessans_oromgohi
#yoz_ōtmoqda_soz

RENESSANS OROMGOHI: TABIAT, DOʻSTONA MULOQOT, MASHG'ULOTLAR, SPORT

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi “Renessans” sog‘lomlashtirish oromgohida iqtidorli o‘quvchilar uchun kuchaytirilgan o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

📌Ushbu oromgohda Toshkent viloyati O'rta Chirchiq tumani Ixtisoslashtirilgan maktabi 10-,,B" sinf o'quvchisi Jo'rayev Davronbek Shuhrat o'g'li ham faol  ishtirok etib , maroqli dam olib qaytdi.

Davronbek bu oromgohda 2-yil bo'lishi . 8-sinfda STEM olimpiadasining Respublika bosqichidagi ishtiroki uchun rag'batlantirilib, yuborilgan bo'lsa.Bu yil Umumta'lim fanlari olimpiadasining Viloyat bosqichida Fizika fanidan ishtirok etib faxrli 1-o'rinni egallagani uchun yuborildi.
Davronbek u yerda yangi do'stlar orttirdi, turli musobaqalarda ishtirok etdi. Zakovat intellektual o'yinlarida qatnashdi va u qatnashgan jamoa g'olib bo'ldi 🏆.

Maktabimizda bunday faxrli o'quvchilarimiz juda ko'p. O'quvchilarimizga omad tilaymiz!
🔥6
#DOLZARB_90_KUN
#ŌRTA_CHIRCHIQ_IM
#FIZIKA

Toshkent viloyati O'rta Chirchiq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Dolzarb 90 kun doirasida fizika fanidan o'tkazilgan o'quvchilarning loyiha ishi taqdimoti, laboratoriya ishi va qiziqarli tajribalardan lavhalar

Fizika fani o'qituvchisi: Norov Mirshod Nodir o'g'li
🔥31👏1