Opera hám baqsıshılıq kórkem ónerine qánigelestirilgen mektep-internatı.
179 subscribers
1.5K photos
133 videos
23 files
496 links
Opera hám baqsıshılıq kórkem ónerine qánigelestirilgen mektep-internatı web saytı; https://qqopera-mektep.uz/ru/

Geopoziciya: https://yandex.ru/maps/org/202380383489

Youtube: https://youtube.com/@user-uj4tf5xh5y
Download Telegram
#Yangilik

⚡️ my.gov.uz orqali Ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlariga hujjatlarni onlayn topshiring

Hurmatli ota-onalar, farzandingizni Madaniyat vazirligi tasarrufidagi Ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlariga ta’lim olishi uchun hujjat topshirmoqchimisiz? Lekin hujjatlarni ta’lim muassasalariga olib borib topshirishga vaqtingiz bo‘lmayaptimi? Unda, Siz uchun zo‘r yangiligimiz bor.

Endilikda, uydan chiqmagan holda my.gov.uz portali orqali hujjatlarni onlayn topshirishingiz mumkin. Buning uchun siz my.gov.uz portaliga tashrif buyurib, "Ta’lim" bo‘limiga o‘tasiz va hujjatlarni so‘ralgan ketma-ketlikda topshirasiz. Eng muhimi ushbu davlat xizmatidan foydalanishda to‘lov talab etilmaydi.

Eslatma, Ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlariga o‘qishga kirish uchun hujjatlar qabuli joriy yilning 5-iyul kuniga qadar davom etadi.

❗️ Ma’lumot uchun, tez kunlarda my.gov.uz portali orqali o‘qishni Ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlaridan boshqasiga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmati, bolalar musiqa va san’at maktabiga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati hamda o‘qishni bolalar musiqa va san’at maktabidan boshqasiga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatidan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt | YouTube