Olmazor tumani Kengashi
121 subscribers
1.56K photos
137 videos
426 links
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash deputatlari
Download Telegram
#Tajriba_almashinuvi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🇺🇿 Toshkent shahar Kengashi deputatlari Andijonda: delegatsiyaning ilk kunidagi uchrashuvlar va tajriba almashinuvi


❗️Avval xabar berganimizdek, xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlari deputatlari hamda kotibiyat mudirlaridan iborat delegatsiya kunlari Andijon shahriga xizmat safarini amalga oshirmoqda. Tashrif mahalliy Kengashlar faoliyatining samaradorligini oshirish, doimiy komissiyalar ishini takomillashtirish va hududlararo tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilgan.

📆 Tashrifning birinchi kunida delegatsiya a’zolari kunning birinchi yarmida Andijon shahar hokimligida bo‘lib, xXalq deputatlari Andijon shahar Kengashining 2024-yilda amalga oshirgan ishlari, Kengash kotibiyatining hujjat yuritish tartibi hamda deputatlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu uchrashuvda Andijon shahar hokimi hamda Kengash kotibiyati mudiri mehmonlarga keng qamrovli taqdimot o‘tkazdi.

🛡 Kunning ikkinchi yarmida esa Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i boshchiligida Toshkent shahar delegatsiyasi “Bolalar shaharchasi” faoliyati bilan tanishtirildi. Delegatsiya a’zolari bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya muhitlari, ijtimoiy xizmatlar va infratuzilmaning holati bilan bevosita tanishib, bu boradagi ilg‘or amaliyotlarni yuqori baholadilar.

🤝 Uchrashuvlar davomida delegatsiya a’zolari Andijon shahridagi hamkasblari bilan mahalliy vakillik organlari va ijro hokimiyati o‘rtasidagi hamkorlik, muammolarni joyida hal etish, deputatlik nazoratining ta’sirchanligini oshirish kabi yo‘nalishlarda fikr almashdilar.

🌐Kunning qolgan qismida amalga oshirilgan tadbirlar haqidagi batafsil ma’lumotlar xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida tez orada yoritiladi.


📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Olmazor #Kengash #Faoliyati

"Dolzarb - 90 kun"
Yosh avlod salomatligi - biz uchun muhim!


Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati Feruza Salomova hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi faollari ishtirokida Olmazor tumanidagi 569-sonli "Qizg'aldoq g'unchalari" nomli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti muassasida "Toza qo'llar" dasturi rukunida tadbir o‘tkazildi.
Qo‘l yuvish infeksiya tarqalishini oldini olishning eng samarali usulidir!


Gepatit “A” kasalligini “iflos qo‘llar” kasalligi deb atalishi bejiz emas. Bu kasallik virusi yuqishida shaxsiy gigiyenaga to‘la rioya etmaslik, ya’ni ovqatlanishdan oldin qo‘llarni sovunlab yuvmaslik, meva-sabzavotlarni yuvmasdan iste’mol qilish va qaynatilmagan suvni ichish sabab bo‘ladi. 


Tarbiyalanuvchilarga shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, jumladan qo‘lni to‘g‘ri yuvish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

🌐 Telegram | Instagram | Facebook |You tube
#Tajriba_almashinuvi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🇺🇿 Toshkent shahar Kengashi deputatlari Andijonda: birinchi kunning ikkinchi yarmida sanoat va ijtimoiy loyihalar bilan tanishildi


📌 Avval xabar berganimizdek, xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlari deputatlari hamda kotibiyat mudirlaridan iborat delegatsiyaning Andijon shahriga tashrifi davom etmoqda. Tashrifning birinchi kuni, kunning birinchi yarmida Andijon shahar Kengashi faoliyati hamda “Bolalar shaharchasi”dagi ijtimoiy infratuzilma bilan tanishilgan bo‘lsa, kunning ikkinchi yarmi hududlar rivojiga xizmat qiluvchi iqtisodiy loyihalar bilan tanishish bilan davom etdi.

🏭 Delegatsiya dastlab Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida AT “Xalq banki” tomonidan charm poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan “Charm-poyabzal” kichik sanoat zonasi loyihasi bilan tanishdi. Ushbu loyiha hududiy sanoat salohiyatini oshirish va mahalliy aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan.

🌱 Shuningdek, Oltinko‘l tumanidagi “Qo‘shtepa” mahallasida 15,9 gektar maydonda joylashgan, “Green World Landshaft” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan ko‘chat yetishtirish va landshaftsozlik yo‘nalishidagi yirik loyiha ham deputatlar e’tiborida bo‘ldi. Loyihaning hududni obodonlashtirish va ekologik barqarorlikka qo‘shayotgan hissasi alohida qayd etildi.

🪑 Delegatsiya Oltinko‘l tumanida AT “Aloqa bank” ko‘magida tashkil etilayotgan “Mebelsozlik kompleksi” loyihasi bilan ham tanishdi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning qo‘llab-quvvatlanayotgani va yangi ish o‘rinlarining yaratilayotgani e’tirof etildi.

💧 Shuningdek, tashrif doirasida Xonobod shahridagi “Water Life Mineral” MCHJ faoliyati bilan ham tanishuv tashkil etildi. Korxonaning ichimlik suvi ishlab chiqarish quvvati va ekologik tozalikka yo‘naltirilgan texnologik yondashuvi deputatlar tomonidan ijobiy baholandi.

🛡 Shu tariqa, Toshkent shahri delegatsiyasining Andijondagi xizmat safari doirasidagi birinchi kun yakuniga yetdi. Tashrif davomida deputatlar turli sohalardagi loyihalar bilan tanishib, tajriba almashish va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab olishdi.

🌐 Tashrifning keyingi kunlari bo‘yicha yangiliklar xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalarida yoritib boriladi.


📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM