O’zbekiston yoshlar ittifoqi Olmazor tuman Kengashi
17 subscribers
122 photos
37 videos
170 links
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Olmazor tuman Kengashi rasmiy telegram kanali

Murojaat uchun: @Olmazor_murojaat_bot
Download Telegram
🎖 Olmazorda "Yil sardori" aniqlandi.

📌 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining O'zbekiston yoshlar forumida bildirgan takliflari asosida joriy yilning 29-aprel kuni Toshkent shahar Yoshlar markazida Olmazor tuman sardorlari o'rtasida "Yil sardori" ko’rik-tanlovining Olmazor tuman bosqichi o’tkazildi.

Tanlovda umumta’lim maktablaridagi "Ittifoq" va "Kamalak" sardorlari 4 ta shart bo'yicha o'zaro bellashdilar.

🏆 Natijalarga ko’ra "Ittifoq" sardori yo'nalishida 243-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Erkinova Munavvar, "Kamalak" sardori yo’nalishida 196-umumta’lim maktabi o’quvchisi Qarshiyeva Diyoralar faxrli birinchi o’rinni egallab, Toshkent shahar bosqichiga yo’llanma oldilar.

⚡️ "Yil sardori" ko’rik tanlovida yoshlarimiz o’zlarining boshlang’ich tashkilotda amalga oshirgan ishlari va kelajakdagi istiqbolli g’oyalarini tanlov shartlariga ko’ra komissiya a’zolariga tanishtirdilar.
Forwarded from Shukurulloxon Anvarov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣 Avval xabar berganimizdek, “Vatan, do‘stlik va baxtli bolalik uchun!” shiori ostidagi Respublika “Kamalak” bolalar tashkilotining XX anjumani Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Oqtosh” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida qizg‘in kayfiyatda davom etmoqda.

🎥 Anjumanning birinchi kuni taassurotlari bilan quyida “Bunyodkor” yoshlar teleklubi tomonidan tayyorlangan videorolik orqali tanishishingiz mumkin.

Bizni kuzatishda davom eting:
t.iss.one/shukurulloxon_anvarov

#anjuman #kamalak #XX_yosh
Forwarded from Segment.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Соҳибқирон_саройи #Оқсарой

“Viasat History” телеканали Шаҳрисабздаги Соҳибқирон Амир Темурнинг Оқсарой қароргоҳининг компьютердаги реконструкциясини кўрсатди.

Каналга уланиш@yangiuzbekiston_uz
📣 Olmazor tumanida "Munozara" klubi faoliyatini boshladi!

👨‍👩‍👦‍👦 Klub yoshlarni mustaqil fikrlaydigan, qat'iy hayotiy pozitsiyaga ega qilib tarbiyalash, ularda tizimli tahlil qilish, mantiqiy fikrlash va mohirona munozara olib borish qobiliyati, notiqlik va liderlik sifatlarini rivojlantirish, o'zgalarning fikrini hurmat bilan qabul qilishga o'rgatishga qaratilgan!

Ayni damda Olmazor tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi Olmazor tuman bo‘limi va O'zbekiston yoshlar ittifoqi Olmazor tuman mahalliy Kengashi bilan hamkorlikda "Munozara" klubi a'zolari ishtirokida 1-Tur saralash bosqichi tashkil etildi.

📌 "Yoshlar oyligi" doirasida mazkur klub a'zolari ishtirokida turning saralash bosqichlari har haftaning seshanba kuni Toshkent shahar "Yoshlar markazi"da tashkil etish rejalashtirilgan.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Ёшлар билан учрашув
#15june #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
Forwarded from Хамидов (младший)
“Yangi Oʻzbekiston Strategiyasi”

📚 Joriy yilning 17-sentyabr kuni Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, OʻzLiDePning Toshkent shahar Kengashi, Oʻzbekiston Milliy universiteti hamkorligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi Oʻzbekiston Strategiyasi” nomli yangi kitobi mazmun va mohiyatini oʻrganishga bagʻishlangan anjuman oʻtkazildi.

Anjumanda olimlar, siyosatchilar, videokonferens aloqa shaklida texnika, tibbiyot, qishloq xoʻjaligi, pedagogika, adabiyot, moliya va iqtisodiyot yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlovchi 10dan ortiq oliy taʼlim muassasalarining 1200 nafarga yaqin talaba-yoshlari ishtirok etishdi.

📈 Anjuman davomida yoshlarga “Yangi Oʻzbekiston Strategiyasi” nomli yangi kitob mazmun va mohiyati, unda koʻtarilgan masalalar, ustuvor yoʻnalishlar, gʻoya va takliflar toʻgʻrisida atroflicha maʼlumotlar berildi.