Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
3.05K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
113 files
8.62K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
Лойиҳа_матни_-_458211-(458281).pdf
253.5 KB
#Rasmiy
#E'lon
#Sessiya_chaqirish_to'g'risida

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining navbatdagi 48-sessiyasi 2022-yilning 22-fevral (seshanba) kuni soat 17:00 da shahar hokimligi katta majlislar zaliga chaqiriladi.

Sessiya ishida ko'rib chiqiladigan masalalar va taklif etilgan ishtirokchilar ro'yxati shahar hokimining qaroriga ilova qilingan.

Sessiya qatnashchilarini ro'yxatga olish soat 16:50 da yakunlanadi.

Kengash kotibiyati.

https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy
#E'lon
#Rasmiy

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining VI chaqiriq 51- sessiyasi 2022-yil 29-aprel (juma) kuni shahar hokimligi kichik majlislar zalida bo'lib o'tadi.

Sessiya kun tartibida

1."Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining Reglament va deputatlik odobi masalalari bo'yicha doimiy komissiyasining 2022-yil 20-apreldagi hulosalari to'g'risida" ;
2. Boshqa masalalar.

Ko'rib chiqilishi rejalashtirilgan.

Sessiya ishi doimiy komissiya tavsiyasiga asosan, yopiq tarzda ko'rilishi kutilmoqda.

https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy
#e_auksion_uz

📌Бўш турган биноларни ижарага олинг ва тадбиркорлик қилинг

➡️
Батафсил

👉Каналга уланиш: https://t.iss.one/toshvilpressa

Facebook | Instagram | YouTube | Twitter | TikTok
#Rasmiy
#E'lon

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining oltinchi chaqiriq navbatdagi 57-sessiyasi 2022-yil 19-avgust (juma) kuni soat 17:00 da Olmaliq shahar hokimligi katta majlislar zaliga chaqiriladi.

Sessiya kun tartibi.

https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy
#e'tirof

1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni

⚡️Bugun Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining sohaviy mukofotlari bilan taqdirlangan Toshkent viloyati halq taʼlimi tizimida faoliyat yuritayotgan ustoz-murabbiylarni 1-oktyabr “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan taqdirlash tadbiri boʻlib oʻtdi.

📌Tizimda faoliyat yuritayotgan 66 nafar ustozlar, “Xalq taʼlimi fidoyisi”, “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Tantanalar viloyatning muhtasham “Yoshlar markazi” saroyida boʻlib oʻtdi. Tadbir davomida taʼlim tizimida uzoq yillar faoliyat yuritib, bugungi kunda qarilik gashtini surayotgan Onaxonlar eʼtirof etilgan “Bu –mening onam” kitobi taqdimoti ham boʻlib oʻtdi.

❇️Taqdirlanganlar orasida shahrimizning 16-umumtalim maktabi boshlangich sinf oʻqituvchisi, metod birlashma rahbari Li Elena Nikolayevna va ХТB chet tili fan metodisti Pardavoy Kultanov ham mukofotlarga sazovor boʻldi.

Kanalga ulanish: @Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
#e'tirof

Muallim - olamning yorug' chirog'i

⚡️Ustoz - so'z zargari, har bir soha mutaxassisining poydevori asoschisi. Ularni har qancha e'zozlasak, qadrlasak-da oz. Ular ehtirom, e'zoz va e'tiborga munosib. Yurtimizda bayram shukuhi, "O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan joylarda ko'plab tadbirlar tashkil etilmoqda.

❇️Shunday bayramlardan biri bugun 7-umumta'lim maktabida tashkil etildi. Avval ushbu maktabda ishlab ketgan va hozirda nafaqada bo'lgan ustozlar uchun tashkil etilgan bayram o'zgacha shukuh, bayramona ruhda o'tkazildi.

⚡️Yuqori saviyada tashkil etilgan tadbir davomida iqtidorli o'quvchilar o'z chiqishlarini namoyon etishdi. Ayniqsa, o'quvchi va o'qituvchilar ishtirokida ovozsiz sahnalashtirilgan maktab hayotidan olingan teatrlashtirilgan musiqali chiqishlar tadbirni yanada jonlantirdi.

📌Tadbir so'ngida maktab rahbariyati tomonidan faxriy ustozlarga estalik sovg'alari berilib, ularning maktab rivoji yo'lidagi mehnatlari e'tirof etildi.

Kanalga ulanish: @Olmaliq_shahri
#e'lon

⚡️2022-yil 6-oktabr kuni soat 15:00da Olmaliq shahar hokimligi tashabbusi bilan Aholi bandligiga ko’maklashish markazi tomonidan "mehnat yarmarkasi" o’tkaziladi.

📌Oliy ta`lim, o‘rta maxsus, maktab bitiruvchilari, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagi ish qidirayotgan fuqarolarni Olmaliq shahrida joylashgan "Aqua park" hovlisi, "MUNIS" do‘konining qarama-qarshi tomonida bo‘lib o‘tadigan "mehnat yarmarkasi"ga taklif etamiz!

📌Yarmarkada Olmaliq shahridagi byudjet tashkilotlari, MChJlar, Ohangaron shahridagi “Artel”, poytaxtimizdagi “Artel” va “Texnopark” korxonalari, “Enter Steel” kabi yirik qurilish firmalari bo’sh ish o’rinlari bilan ishtirok etishadi.

👉Ta`kidlash joizki, yarmarkada malaka talab qilinmaydigan vakant ish o’rinlari ham mavjud.

@Olmaliq_shahri
#e'tibor

Ehtirom, eʼzoz, eʼtibor

📌Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5938-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Respublikamiz boʻylab 1-noyabrdan 30-noyabrgacha “Keksalar uchun turizm oyligi” oʻtkazilib kelinmoqda.

⚡️Shu maqsadda nuroniy ota va onaxonlar uchun “Ehtirom, eʼzoz, eʼtibor” nomli konsert dasturi namoyish etildi. Unda shahar hokimligi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash shahar boʻlimi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi shahar boʻlinmasi hamda shahar Madaniyat boʻlimining vakillari ishtirok etishdi.

🎼 Tadbir davomida Oʻzbekiston filarmoniyasi tomonidan konsert dasturi namoyish etildi. Shoʻx shodon qoʻshiqlar ishtirokchilarga koʻtarinki kayfiyat baxsh etdi.

Kanalga ulanish: @Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
#e'tibor

Kasaba uyushmasi raislari qutlandi

⚡️Bugun, 11 noyabr- O‘zbekiston Kasaba uyushmasi kuni munosabati bilan Ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Olmaliq shahar bo'linmasi tomonidan ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan 46 nafar kasaba uyushmasi raislarining faoliyatlari e'tirof etilib, shahar XTB mudiri G‘ayrat Xamirov tomonidan qutlandi.

Shuningkdek, shahar bo'linmasi Kengashi raisi Bobomurod Musaev bayram bilan barchani tabriklab, kelgusi ishlarida sadoqat bilan xizmat qilish, ittifoqlikda ishlarni amalga oshirish, qolaversa, yosh avlod uchun munosib tarzda mehnat qilish zarurligini ta'kidlab o'tdi.

@Olmaliq_shahri
#e'tibor

Sektor rahbarlari bolajonlarni Yangi yil bayrami bilan qutladi

⚡️Yangi yil bayrami arafasida eʼtiborga muhtoj bolajonlarga koʻtarinki kayfiyat baxsh etish maqsadida Olmaliq shahar sektor rahbarlari shahar hokimi Qobil Xamdamov boshchiligida shahrimizning 6-yordamchi maktabidagi 169 nafar hamda 80-sonli kar va zaif eshituvchi bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 188 nafar oʻquvchilariga ayyom tuhfalari ulashildi.

📌 Maktab jamoalari tomonidan sahnalashtirilgan bayram dasturlari bolajonlarga bir olam quvonch baxsh etdi. Ertak qahramonlarining ezgulik yovuzlikning ustidan doimo gʻolib degan gʻoyani mujassamlashtirgan sahna chiqishlari bolajonlaru sektor rahbarlari tomonidan ham olqishlandi.

@Olmaliq_shahri
#e'tibor

⚡️Shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Shermuhammad Begiyev hamda Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Marhabo Minavarova yil davomida faol boʻlgan, masʼuliyatli xodimalarni tashakkurnoma bilan taqdirladilar hamda ularga yangi yil bayrami munosabati bilan sovgʻalar ulashildi.

@Olmaliq_shahri
#e'tibor

Harbiylar sharaflandi

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligining 31 yilligi hamda 14 yanvar- Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bugun Olmaliq shahridagi 99280-harbiy qismda rasmiy bayram tadbiri tashkillashtirildi.

📌Tadbirda Olmaliq shahar hokimi Qobil Xamdamov va sektor rahbarlari - prokuror Abdumalik Kuldashev, IIB boshlig‘i Jamoliddin Manazarov hamda Mudofaa vazirligining faxriylari va harbiy xizmatchilar ishtirok etishdi. Tadbir avvalida shahar hokimi tomonidan soha vakillariga yo‘llangan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Shundan so‘ng harbiy sohada ko‘p yillar faol mehnat qilgan faxriylar hamda harbiy xizmatchilarga shahar hokimligining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Tadbir mobaynida harbiy qism komandiri shaxsiy tarkib nomidan shahar hokimligiga o‘z minnatdorligini bildirdi.

Kanalga ulanish ⤵️

@Olmaliq_shahri
#E'lon

⚡️ 2023-yil 31-yanvar kuni Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Yakupbekova Sayyora Aliyevna (23-saylov okrugi: "Toshkent" va "Bog'aro", mahallalari aholisi uchun) soat 11:00dan 12:00 gacha "Toshkent" MFY binosida fuqarolarni qabul qiladi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
#e'tirof

⚡️Toshkent viloyati hokimligi hamda viloyat Nuroniylar jamg‘armasi hamkorligida Olmaliq shahridagi "Marhamat" tantanalar majmuasida "Uch avlod uchrashuvi" tashkil etildi. Tadbirda viloyat nuroniy otaxon va onaxonlari, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi faxriylari, Afg‘on urushi faxriylari, yoshlar, shuningdek Vatan himoyasida vafot etgan IIB xodimlarining oila a'zolari ishtirok etishdi.

📌 Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishi bilan Vatanimizning yuksak unvon va medallari, shuningdek "Mahalla iftixori" ko‘krak nishoni bilan bir qator yurtdoshlarimizga mukofotlar topshirildi. Olmaliq shahridan ham o‘zlarining fidokorona mehnatlari bilan hurmat qozonganA.Avloniy MFY raisi N.Jonzakova hamda "Navro‘z" MFY raisi A.Djo‘rayev ham mukofotlandilar.

Каналга уланиш ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
#e_auksion

Tadbirkorlik uchun yerlarni sotib oling!

39 mingga yaqin yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarildi

🔷 Qoraqalpog'iston Respublikasidan 1383 ta (ko'rish)
🔷 Andijon viloyatidan 1951 ta (ko'rish)
🔷 Buxoro viloyatidan 3034 ta (ko'rish)
🔷 Jizzax viloyatidan 3820 ta (ko'rish)
🔷 Qashqadaryo viloyatidan 3112 ta (ko'rish)
🔷 Navoiy viloyatidan 1053 ta (ko'rish)
🔷 Namangan viloyatidan 2349 ta (ko'rish)
🔷 Samarqand viloyatidan 4579 ta (ko'rish)
🔷 Surxondaryo viloyatidan 5005 ta (ko'rish)
🔷 Sirdaryo viloyatidan 1943 ta (ko'rish)
🔷 Toshkent shahridan 34 ta (ko'rish)
🔷 Toshkent viloyatidan 2126 ta (ko'rish)
🔷 Xorazm viloyatidan 3502 ta (ko'rish)
🔷 Farg'ona viloyatidan 5107 ta (ko'rish)

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#e_auksion

e-auksion.uz platformasi biznes uchun qulay platforma!

36,2 mingga yaqin ko'chma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling!

🟢
Qoraqalpog'iston Respublikasidan 4522 ta joy (ko'rish)
🟢 Andijon viloyatidan 1668 ta joy (ko'rish)
🟢 Buxoro viloyatidan 1969 ta joy (ko'rish)
🟢 Jizzax viloyatidan 1735 ta joy (ko'rish)
🟢 Qashqadaryo viloyatidan 1847 ta joy (ko'rish)
🟢 Navoiy viloyatidan 1692 ta joy (ko'rish)
🟢 Namangan viloyatidan 2124 ta joy (ko'rish)
🟢 Samarqand viloyatidan 4305 ta joy (ko'rish)
🟢 Surxondaryo viloyatidan 2310 ta joy (ko'rish)
🟢 Sirdaryo viloyatidan 1628 ta joy (ko'rish)
🟢 Toshkent viloyatidan 5189 ta joy (ko'rish)
🟢 Farg'ona viloyatidan 4495 ta joy (ko'rish)
🟢 Xorazm viloyatidan 2605 ta joy (ko'rish)

Ushbu obyektlar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 485-son qaroriga ko'ra savdoga chiqarilmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#e_auksion

e-auksion.uz 67 mingga yaqin yer uchastkalarini taklif etadi

⭕️ 22300 ta dehqon xo'jaligi uchun yerlar (ko'rish)
⭕️ 36178 ta tadbirkorlik uchun yerlar (ko'rish)
⭕️ 2544 ta kichik sanoat zonalaridagi yerlar (ko'rish)
⭕️ 1193 ta yoshlar sanoat zonalaridagi yerlar (ko'rish)
⭕️ 1182 ta uy-joy qurish uchun yerlar (ko'rish)
⭕️ 911 ta erkin iqtisodiy zonalardagi yerlar (ko'rish)
⭕️ 702 ta qishloq xo'jaligi yerlari (ko'rish)
⭕️ 588 ta xalqaro yo‘llar bo‘yidagi yerlar (ko'rish)
⭕️ 100 ta ko'p qavatli turar joy uchun yerlar (ko'rish)
⭕️ 297 ta mikromarkazlar uchun yerlar (ko'rish)
⭕️ 7 ta turistik-rekreatsion zona uchun yerlar (ko'rish)
⭕️ 100 ta Yangi O'zbekiston massivlari uchun yerlar
(ko'rish)
⭕️ 20 ta nodavlat ta'lim muassasalari uchun yerlar
(ko'rish)
⭕️ 9 ta turistik rekreatsion zona uchun yerlar (ko'rish)
⭕️ 11 ta xizmat ko‘rsatish joylari uchun yerlar (ko'rish)

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#e_auksion

13-iyul sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

367 ta
lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 30,7 mlrd so'm bo'lgan 345 ta lot 38,5 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

davlat aktivlari:

- soni 13 ta
- boshlang‘ich narxi 9,3 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 13,9 mlrd so‘m

📍Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 9,5 mlrd so‘m bo‘lgan “Toshkent agroservis MTP” MCHJning “Ohangaron Agroservis MTP” MChJdagi 100 foiz ulushi 9,9 mlrd so‘mga sotildi.

davlat aktivlari ijarasi:

- soni 11 ta
- boshlang‘ich narxi 93 mln so‘m
- sotilgan narxi 108,2 mln so‘m

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#E'lon

Bugun soat 15:30 da "Nurafshon"  telekanalida "Hududgaz Toshkent" korxonasi rahbari bilan jonli efirda ochiq muloqot o‘tkaziladi.  Muloqotda o‘zingizni qiziqtirgan savollar bilan ishtirok eting.

Telefonlar:
+998 71 214 19 32;
+998 71 214 12 72
___
#Эълон

Бугун соат 15:30 да "Нурафшон"  телеканалида "Ҳудудгаз Тошкент" корхонаси раҳбари билан жонли эфирда очиқ мулоқот ўтказилади.  Мулоқотда ўзингизни қизиқтирган саволлар билан иштирок этинг.

Телефонлар:
+998 71 214 19 32;
+998 71 214 12 72
___
#Объявление

Сегодня в 15:30 на телеканале "Нурафшон" состоится открытый диалог с руководителем предприятия "Худудгаз Ташкент". Просим жителей Ташкентской области принять активное участие в открытом диалоге и получить ответы на все интересующие и актуальные вопросы.

Телефоны:
+998 71 214 19 32;
+998 71 214 12 72

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#E'lon

Bugun soat 15:30 da "Nurafshon"  telekanalida Toshkent viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i bilan jonli efirda ochiq muloqot o‘tkaziladi.  Muloqotda o‘zingizni qiziqtirgan savollar bilan ishtirok eting.

Telefonlar:
+998 71 214 19 32;
+998 71 214 12 72
___
#Эълон

Бугун соат 15:30 да "Нурафшон"  телеканалида Тошкент вилояти қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги бошқармаси бошлиғи билан жонли эфирда очиқ мулоқот ўтказилади.  Мулоқотда ўзингизни қизиқтирган саволлар билан иштирок этинг.

Телефонлар:
+998 71 214 19 32;
+998 71 214 12 72
___
#Объявление

Сегодня в 15:30 на телеканале "Нурафшон" состоится открытый диалог с руководителем строительство и жилищно-коммунальное хозяйство. Просим жителей Ташкентской области принять активное участие в открытом диалоге и получить ответы на все интересующие и актуальные вопросы.

Телефоны:
+998 71 214 19 32;
+998 71 214 12 72

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter