Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
3.05K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
113 files
8.62K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
#davlat_tili_33_yilligi

⚡️Olmaliq shahrida O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 33 yilligi munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin ona tilim” shiori ostida shahar hokimining maslahatchisi Muzaffar Shanayev va XTB aʼzoligida o‘tkazilgan intelektual “Zakovat” o‘yinining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

📌 Unda “Mufradot”, “Jadidlar” va “Yengil adabiyot” jamoalari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. “Qadring baland bo‘lsin ona tilim” shiori ostidagi tadbirlar davom etmoqda.

Kanalga ulanish: @Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
#sayohat
#davlat_tili_33_yilligi

Adiblar xiyoboni - maʼnaviyat manzili

⚡️Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Olmaliq shahar boʻlinmasi hamda shahar Xalq taʼlimi boʻlimi hamkorlikda Oʻzbek tiliga davlat maqomi berilganiga 33 yil toʻlganligi munosabati bilan 15-maktabning iqtidorli yoshlari Toshkent shahridagi “Adiblar xiyoboni”ga sayohat uyushtirildi.

🔸Sayohatga Olmaliq shahar ”Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzosi Nulifar Ataqulova boshchilik qildi. Bugunki kunda adabiyotga, maʼnaviyatga berilayotgan eʼtibor tufayli adiblar xiyoboni chin maʼnoda maʼnaviyat maskaniga aylanmoqda. Ulugʻ allomalarni, shoirlarni eslash, yod etish tariximizga boʻlgan yuksak ehtiromni bildiradi.

📚Faol, bilimdon yoshlarga RMMM Toshkent viloyati boʻlimi tomonidan badiiy adabiyotlar topshirildi. Yoshlar bunday sayohatdan zavq va quvonchga toʻlishdi.

Kanalga ulanish: @Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
#davlat_tili_33_yilligi

⚡️Olmaliq shahrida "O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kuni"ning 33 yillik bayrami munosabati bilan markaziy koʻchaga bilbordlar oʻrnatilmoqda.

Kanalga ulanish: @Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
#davlat_tili_33_yilligi

Til — millat tafakkurining bebaho xazinasi

📌Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Olmaliq shahar boʻlinmasi hamda shahar Xalq taʼlim boʻlimi hamkorligida bugun 11-umumtaʼlim maktabida Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 33 yilligi munosabati bilan “Qadring baland boʻlsin, ona tilim!” shiori ostida “Til — millat tafakkurining bebaho xazinasi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

🔸Unda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari R.Bahramova hamda I.Chinorovalar ishtirok etib, oʻzbek tilining jozibasi, bugungi kundagi ahamiyati, soʻz masʼuliyati toʻgʻrisida oʻz fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi.

🔹Tadbir davomida oʻzbek tilining davlat tili sifatida nufuzi oshib borayotgani, hatto buni dunyo jamoatchiligi ham eʼtirof etayotgani alohida taʼkidlandi.

🎼Tadbir yakunida yosh ijodkorlar ijrosida Vatan va oʻzbek tilini madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar yangradi.

@Olmaliq_shahri