#tarannum
#Vatan_manzumasi
⚡️ Insonning ertangi kunga boʻlgan ishonchi, quvonchu, shirin tashvishlari zamirida aslida Vatanga boʻlgan muhabbat mujassam desak, xato boʻlmaydi. Shuning uchun ham ota-bobolarimiz “Qilayotgan amallarimiz xayr-barokotli, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo boʻlsin”, deya duo qilishadi.
📌 Bir qarashda soddagina hamda deyarli har kun eshitib oʻrganib qolganimiz va hayot sinovlaridan oʻtgan ushbu duoning tag-zamirida ertangi quvonchimiz - bevosita yurtimiz tinchligi, Vatanimiz rivoji bilan chambarchas bogʻliq degan maʼno zohir. Vatanga har qancha taʼrif bersak, tarannum etsak ham oz.
✅ Toshkent viloyati hokimligi tomonidan bugun shahrimizning “Metallurg” madaniyat saroyida “Vatan manzumasi” nomli adabiy-maʼrifiy kecha tashkil qilindi. Tadbirda ishtirok etgan taniqli madaniyat namoyondalari, sanʼatkorlar, estrada xonandalari, shoir va yozuvchilarning Vatanni madh etuvchi ijodiy chiqishlar orqali Ona Vatanga boʻlgan muhabbat tarannum etildi.
@Olmaliq_shahri