Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
3.03K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
113 files
8.62K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_tanlov

"30 yillikka 30 ta mukofot"

Xalq ta'limi vazirligi mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Xalq ta’limi tizimi pedagog xodimlari o‘rtasida "30 yillikka 30 ta mukofot" tanlovini e'lon qiladi.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo'lganlar:

1️⃣ Mustaqillik sharofati bilan, ayniqsa, oxirgi 5 yilda o'z hayotida, faoliyat olib borayotgan muassasasida ro'y bergan ijobiy o'zgarishlar haqida maqola yozishlari yoki videorolik tayyorlashlari;

2️⃣ Ushbu materialni oʻzining yoki muassasaning Facebook sahifasida yoritishlari;

3️⃣ E'lon qilingan maqola yoki videorolik linkini 15-avgustdan 15-sentabrga qadar ustozfondi.uz manziliga jo'natishlari kerak.

🏆 Taqdirlash:
16-25-sentabr kunlari — Har bir hududda jami 30 ta eng yaxshi ijodiy ish mualliflari g‘olib sifatida aniqlanadi;
27-28-sentabr kunlaritanlov gʻoliblari Xalq taʼlimi vazirligining “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni va esdalik sovgʻasi bilan taqdirlanadi.
Forwarded from OKMK Yoshlari (Bobur Sobirjanov)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_tanlov

🏆 Sovrin jamgʻarmasi 50 million soʻm boʻlgan “Til bilimdonlari” tanlovi boshlandi!

✅️Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi hamda 21-oktabr “Oʻzbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi "Til bilimdonlari" onlayn tanlovini eʼlon qiladi.

🟥Tanlovda ishtirok etish uchun @tiluzbot orqali toʻliq roʻyxatdan oʻtishingiz kerak. Tanlovda ishtirokchilarga 20-oktabrdan boshlab har kuni 30 tadan, jami 150 ta oʻzbek tili imlo qoidalari va xatosiz yozish boʻyicha test savollari berib boriladi.

🟢Test savollaridan eng koʻp ball yigʻgan 200 nafar ishtirokchi hamda loyihaga eng koʻp doʻstlarini taklif qilgan 50 nafar ishtirokchi tanlovning final bosqichi yoʻllanmasiga ega boʻladi.

💠 TANLOV NIZOMINI OʻQISH

➡️Tanlov gʻoliblari tashkilotchilar tomonidan diplom va sertifikatlar hamda quyidagi tartibda pul yutuqlari bilan taqdirlanadi:
🟢1-oʻrin (1 nafar) – 5 million soʻm;
🟢2-oʻrin (2 nafar) – 4 million soʻm;
🟢3-oʻrin (3 nafar) – 3 million soʻm;
🟢4-oʻrin (4 nafar) – 2 million soʻm;
🟢5-oʻrin (10 nafar) – 1 million soʻm;
🟢Bundan tashqari loyihaga eng koʻp doʻstlarini taklif qilgan 10 nafar ishtirokchilar “Eng faol tanlov targʻibotchisi” nominatsiyasi gʻolibi deb topiladi va maxsus sertifikat hamda 1 million soʻmdan pul mukofoti taqdirlanadi.

↪️ Tanlovda ishtirok eting, bilimingizni sinang va gʻoliblar qatorida boʻling.

👉 TANLOVDA ISHTIROK ETISH
Forwarded from Manaviyat.edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat_tanlov

🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi talabalarning qishki ta’tildagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar” onlayn tanlovini e’lon qiladi.

📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 19-yanvarga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi.

Yakunda 30 nafar ishtirokchilar tanlovning g‘olib va sovrindorlari deb topiladi va tashkilotchilar tomonidan quyidagi tartibda taqdirlanadi:

🔵1-o‘rin – 5 million so‘m va I darajali diplom;
🔵2-3-o‘rinlar – 4 million so‘m va II darajali diplom;
🔵4-6-o‘rinlar – 3 million so‘m va III darajali diplom;
🔵7-10-o‘rinlar – 2 million so‘m va sertifikat;
🔵11-20-o‘rinlar – 1 million so‘m va sertifikat;
🔵“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari (10 nafar) – 1 million so‘m va sertifikat bilan taqdirlanadi.

📌 Tanlov nizomi bilan tanishish

Qishki ta’tilni bekor o‘tkazmasdan, qo‘lingizga kitob oling. Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM