Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
3.01K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
118 files
8.63K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
#Bayonot

“Olmaliq shahrida bogʻ buzib tashlanmoqda” mazmunidagi videomurojaat boʻyicha

Yutub ijtimoiy tarmogʻidagi Ulugʻbek Ashur kanalida “Olmaliq shahrida tayyor bogʻ buzib tashlanmoqda” mazmunida video tarqalmoqda.

Ushbu yer maydoni hozirgi kunda Olmaliq shahri hokimligi zaxirasida boʻlib, shahar bosh rejasi boʻyicha Yangi Oʻzbekiston loyihasi asosida 17 ta koʻp qavatli uylar, 990 oʻrinli maktab va 460 oʻrinli bogʻcha qurilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Toshkent viloyati hokimining 2021-yil 30-iyunda 23-10-0-Q\21-sonli qarori qabul qilingan.

Bogʻda mavjud 950 tup mevali va manzarali koʻchatlar 2018-yili ekilgan va hozirda hosilga kirgan. Hokimlik bilan tadbirkor oʻrtasida bogʻni saqlab qolish emas, kompensatsiya uchun koʻproq mablagʻ undirish yuzasidan nizo kelib chiqqan.

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev bugun tadbirkor bilan muhokama oʻtkazdi va vaziyat yuzasidan quyidagi mazmunda yakuniy qarorga kelindi.

Birinchidan, bogʻdagi birorta daraxt kesilmaydi, buzilmaydi, buzilmagan holda saqlanib qoladi.

Ikkinchidan, yer maydoni shahar hokimligi zaxirasida boʻlgani bois tadbirkorga 5 yillik ijara asosida foydalanishga beriladi

Uchinchidan, massiv bosh rejasiga kiritilgan koʻp qavatli uylar va boshqa ijtimoiy soha obyektlari shu hududning oʻzidagi daraxt mavjud boʻlmagan yondosh hududlarga koʻchirilib, qayta loyihalashtiriladi.

Bugungi muhokamalar yakunida ikki tomon ham mazkur kelishuvga rozi boʻldi. Oʻz navbatida, mazkur masalani tarmoqlarda koʻtarib chiqqan barchaga minnatdorlik bildiramiz.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bayonot

Anomal ob-havo sharoitida umumtaʼlim maktablarida taʼlimni tashkil etish yuzasidan
bayonot

Viloyat hokimining topshirigʻiga asosan, Toshkent viloyatidagi barcha hududlarda hokim, maktab direktori va mahalla raislari bilan maktablardagi issiqlik taʼminoti holati oʻrganildi, telefon orqali ularning fikrlari olindi.

Oʻrganish ishlari kecha 23:00 da tugallandi. Quyidagi yakuniy xulosaga kelindi:

11-yanvardan viloyat boʻyicha 77 ta maktabda dars boʻladi.

Ushbu maktablarning oʻquvchilari darslar boshlanishi haqida ota-onalar kengashi orqali xabardor qilingan.

Boshqa umumtaʼlim maktablarida oʻqishlar, mavjud sharoitlarni inobatga olgan holda, 12-yanvardan bosqichma - bosqich boshlanadi.

Bugun soat 14:00 da ertadan boshlab dars boshlanadigan boshqa maktablar roʻyxati eʼlon qilinadi.

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️

#Баёнот

Аномал об-ҳаво шароитида умумтаълим мактабларида таълимни ташкил этиш юзасидан баёнот

Вилоят ҳокимининг топшириғига асосан, Тошкент вилоятидаги барча ҳудудларда ҳоким, мактаб директори ва маҳалла раислари билан мактаблардаги иссиқлик таъминоти ҳолати ўрганилди, телефон орқали уларнинг фикрлари олинди.

Ўрганиш ишлари кеча 23:00 да тугалланди. Қуйидаги якуний хулосага келинди:

11 январдан вилоят бўйича 77 та мактабда дарс бўлади.

Ушбу мактабларнинг ўқувчилари дарслар бошланиши ҳақида ота-оналар кенгаши орқали хабардор қилинган.

Бошқа умумтаълим мактабларида ўқишлар, мавжуд шароитларни инобатга олган ҳолда, 12 январдан босқичма - босқич бошланади.

Бугун соат 14:00 да эртадан бошлаб дарс бошланадиган бошқа мактаблар рўйхати эълон қилинади.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bayonot

Olmaliq shahrining “Ehtirom” koʻchasidagi yoʻlga nomaʼlum suyuqlik toʻkilib ketgani boʻyicha

⚡️ “Olmaliq KMK” AJ Sanoat temir yoʻllar boshqarmasining noruda materiallari sexi haydovchisi tomonidan, 2023-yil 1-mart kuni olib ketilayotgan yaroqsiz moylarni tashish qoidasi buzilib, ehtiyotsizlik sabab, Olmaliq shahar, “Totuvlik” koʻchasi chorrahasidan qayrilganda avtotransportga ortilgan yuk yerga tushib ketishi oqibatida asfalt yoʻlga moylar toʻkilib, haydovchi tomonidan tashish qoidasi buzilgan.

📌Ushbu holat yuzasidan Olmaliq shahar Ekologiya boʻlimi tomonidan haydovchiga nisbatan MJtKning tegishli moddalariga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, shu kunning oʻzida tozalash ishlari olib borildi. Taʼkidlab oʻtish joizki, mazkur holatning ekologik jarayonlarga salbiy taʼsiri mavjud emas.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri