Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
3.05K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
113 files
8.62K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
#qaror_ijrosi_amalda
#hamkorlik

⚡️Bugun 20-IDUMda Olmaliq shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi shahar boʻlinmasi hamkorligida “Erta tugʻruq, erta homiladorlik va erta turmushning oldini olish” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

📌Suhbatda shahar hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi M.Minavarova, RMMM Olmaliq shahar boʻlinmasi rahbari S.Yakupbekovalar soʻzga chiqib, erta tugʻruq, erta nikohlarni kamaytirish, yosh oilalarni qoʻllab-quvvatlash, ular oʻrtasidagi ajrim xolatlarining oldini olish, yaqin qarindoshlar oʻrtasida tuziladigan nikoh va uning salbiy oqibatlari haqida misollar yordamida keng tushuncha berildi.

Suhbatdan koʻzlangan asosiy maqsad erta tugʻruq, erta homiladorlik kabi salbiy xolatlarga samarali yechim topish, qizlar va ayollar maʼnaviyatini yuksak darajaga koʻtarish, xotin-qizlarni jamiyatdagi faolligini yanada oshirishdan iborat.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
#qaror_ijrosi_amalda

Jaholatga qarshi maʼrifat bilan

⚡️Bugun Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Olmaliq shahar boʻlinmasi tomonidan shahar hokimligi hamda “Ramazoni sharif” jome masjidi hamkorligida “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4436-sonli qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Birinchi mintaqaviy hudud 14-sonli Jazoni ijro etish koloniyasidagi jazo ijrosini oʻtayotgan mahkumlar uchun “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan” mavzusida targʻibot tadbiri tashkil etildi.

📌 Unda soha mutaxassislari tomonidankun tartibidagi mavzuning mazmun-mohiyati, jahonda roʻy berayotgan notinchliklar toʻgʻrisida soʻz yuritilib, yurtimizda eng katta boylik bu tinchlik ekanligi alohida taʼkidlandi. Milliy oʻzlik va maʼnaviy qadriyatlarga qarshi tahdidlar tobora ortayotgani, faqat oʻzini oʻylash, mehnatga, oilaga yengil qarash ayniqsa, yoshlar ongiga ustamonlik bilan singdirilayotgan tahdidlar toʻgʻrisida fikr almashildi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri
#qaror_ijrosi_amalda
#yoshlar_tarbiyasi

⚡️Bugun Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Olmaliq shahar boʻlinmasi tashabbusi bilan shahar Oila va xotin-qizlar boʻlimi hamkorligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021yil 26-martdagi PQ-5040-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 18-umumtaʼlim maktabida “Internet tarmogʻidan buzgʻunchi gʻoyalardan saqlanish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

📌Suhbatda shahar “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzosi F.Otaqulov hamda maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi, oʻquvchilar, yosh ijodkor ishtirok etdi.

Suhbatda soʻzga chiqqanlar bugun internet orqali yoshlarning maʼnaviy hayotini barbod qilishga qaratilgan turli xil yot gʻoyalardan yoshlarning qalbini, ongini, hayotini asrash haqida oʻz fikr-mulohazalarani bildirdi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
#qaror_ijrosi_amalda

⚡️Bugun Olmaliq kasb-hunar maktabida  Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi shahar boʻlinmasi hamda shahar IIB bilan hamkorlikda Prezidentning 2022-yil 19-yanvardagi PF-87-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Erta tugʻruq va erta nikohning salbiy oqibatlari" mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi. 

📌Tadbir jarayonida shahar IIB XPB XHQB katta inspektori, podpolkovnik G.Sabriyeva, inspektor psixolog F.Xalmenova maʼruzalarida qizlarning taʼlim olib, jamiyatda oʻz oʻrinlarini topishlari muhimligi, erta nikoh kabi holatlarni qisqartirish, sharʼiy va qonuniy nikoh masalalari, oilada gigiyenik qoidalar, shuningdek, qarindoshlar oʻrtasidagi nikohning zararli tomonlari, ajralishlar sabablari taʼkidlandi.

Suhbatdan koʻzlangan asosiy maqsad erta tugʻruq, erta homiladorlik kabi salbiy holatlarga samarali yechim topish, qizlar va ayollar maʼnaviyatini yuksak darajaga koʻtarish, xotin-qizlarni jamiyatdagi faolligini yanada oshirishdan iborat.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri