Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
3.01K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
118 files
8.63K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Prezidentimiz Murojaatnomada kon-metallurgiya sohasi boʻyicha ham aniq maqsadlar haqida alohida toʻxtalib oʻtdi.

Xususan, Toshkent viloyati hududida joylashgan “Yoshlik” mis konini oʻzlashtirishning birinchi bosqichi yakuniga yetkazilishini, 60 million tonna rudani qayta ishlash quvvatiga ega 3-misni boyitish fabrikasi ishga tushirilishini taʼkidladi.

Shuningdek, Olmaliqda misni boyitish fabrikasi va Mis eritish zavodi loyihalari boshlanishi, Navoiy viloyatidagi Pistali konida 4 million tonna oltin rudasini qayta ishlash majmuasining qurilishi yakunlanib, ishga tushirilishi bu sohada misli koʻrilmagan imkoniyatlar yaratishi alohida urgʻulandi.

Mazkur loyihalar esa oʻz-oʻzidan zamonaviy bilimga ega mutaxassislarni tarbiyalashni talab etadi.

Mavzu yuzasidan TDTU Olmaliq filiali direktori Alisher Samadov munosabat bildirdi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

Abdumajid ota Shodiyev:
“Murojaatnomada belgilab berilgan muhim vazifalar xalqimizni rozi qilish yoʻlidagi amaliy ishlarda muhim dasturilamal boʻladi. Albatta, xalq farovonligi, yurt taraqqiyoti yoʻlida qilinayotgan tizimli islohotlar samarasini oʻz hayotimiz misolida uzoq gapirishimiz mumkin."

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Munosabat

⚡️ Olmaliq shahar T.Malik MFY xotin-qizlar faoli Aliboyeva Vazira Bahtiyorovna 20-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga qilgan murojaatini Olmaliq shahar hokimligi studiyasidan shahrimizning nuroniylari, turli kasb egalari hamda hamkasabalarimiz bilan katta hayajon ila tingladik.

📌 Yangi 2023-yilni "Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili" deb nomlanishi barchamizni juda quvontirdi. Biz mahalla faollari xalqimizni tinchlik farovon bo'lishida mas'ul ekanligimizni va har bir mahallamizdagi har bir oilaga katta e'tibor bilan qarashimizni chuqur mulohaza etdim. Murojaatnomada keltirilgan koʼrsatmalarning ijrosini taʼminlashda barcha hamkasblarim qatori men ham oʻz vazifalarimni vijdonan va sidqidildan bajarishga, xalqimizni hayotini yaxshilashga oʻz hissamni qoʻshaman.

@Olmaliq_shahri

🌐 Web-site | ✉️ Telegram |📱 Faсebook |🌐 You tube
#munosabat

"Yoshlar kundaligi" telegram kanalida Olmaliq shahar, "Oltin olma" xiyoboni yon qismida tòplanib qolgan chiqindilar bòyicha holat zudlik bilan mas'ullar tomonidan nazoratga olindi.

Ya'ni, Olmaliq shahar Ekologiya bòlimi mutaxassislari, shahar FVV bo‘limi,  MFY raisi va "Toza hudud" DUK Olmaliq shahar filiali rahbari birgalikda joyiga chiqib holat òrganildi.
     
Ma'lum bo‘lishicha, mazkur hududga fuqaro R.Y. tomonidan chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlaganligi holati aniqlanib, MJtKning 91¹-moddasi, 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
      
Shuningdek, tòplanib qolgan chiqindilar "Toza hudud" DUK Olmaliq shahar filiali texnikalari jalb qilingan holda tòliq olib chiqib ketildi.

@Olmaliq_shahri
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaatnoma
#Munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasi yuzasidan Olmaliq shahar XTB tasarrufidagi 14-sonli umumiy o'rta ta‘lim maktabining tarbiya fani o‘qituvchisi Nargiza Xaydarovaning munosabati.

@Olmaliq_shahri
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaatnoma
#Munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga qilgan  Murojaatnomasi yuzasidan Olmaliq shahar XTB tasarrufidagi 20-IDUMning Ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Dilorom Dadajonovaning munosabati.

@Olmaliq_shahri
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaatnoma
#Munosabat

⚡️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga qilgan  Murojaatnomasi yuzasidan Olmaliq shahar XTB tasarrufidagi 11-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining ingliz tili fani oʻqituvchisi Nasiba Izbosarovaning munosabati.

@Olmaliq_shahri
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaatnoma
#Munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasi yuzasidan Olmaliq shahar XTB tasarrufidagi 7-maktabning tarix fani o'qituvchisi, Xalq ta'limi a'lochisi Zilola Toshtemirovaning munosabati.

@Olmaliq_shahri
#munosabat

Olmaliq shahri, “Ehtirom” koʻchasi 3-koʻp qavatli uy oldidagi bolalar maydonchasi qarovsiz yotganligi boʻyicha

⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliq shahri, “Ehtirom” koʻchasi 3-koʻp qavatli uy oldidagi bolalar maydonchasi qarovsiz yotganligi boʻyicha hamda mahalla faollari bir boʻlib asrab qolmasa qurilish uchun berib yuborilishi haqida tanqidiy fikrlar bildirilgan edi.

📌Mazkur holat Olmaliq shahar hokimligi tomonidan nazoratga olinib, bolalar maydonchasiga hech kim hech qanday zarar yetkazmaganligini maʼlum qilamiz. Kunlar isishi bilan rejaga asosan, “Injiner Ramz” boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan bolalar maydonchasidagi oʻyin elementlari taʼmirlanib, yaroqli holatga keltirildi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Fasebook | You tube
#munosabat

Fuqaro Gulchiroy Egamqulovaning ijtimoiy tarmoqlar orqali yoʻllangan murojaati boʻyicha

⚡️Olmaliq shahar M.Ulugʻbek MFY raisi S.Omonova, mahalla yoshlar yetakchisi M.Qulahmedova, mahalla xotin-qizlar faoli Yu.Baxtiyorova ishtirokida tuzilgan dalolatnomaga koʻra, Olmaliq shahri M.Ulugʻbek MFY, Nizomiy koʻchasi, 4-uy 3-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro Maʼrifat Boʻronova 2023-yil “Ayollar daftari”ning 4-bosqichi 6-toifasi, yaʼni, nogironligi bor, tibbiy yordamga muhtoj ehtiyojmand ayol sifatida roʻyxatga olingan.

📌 Ayolning qizi Gulchiroy Egamberdiyeva Piskent tumani Said qishlogʻiga turmushga chiqqan, ikki nafar farzandi bor. G.Egamberdiyeva 2023-yilning aprel oyida MFY raisi S.Omonovaga qoʻngʻiroq qilib, hozirgi kunda yolgʻiz ayollarga imtiyozli tarzda “Haj” safariga yoʻllanma berilayotganligi, shu yoʻllanmani onasiga ham olib berishini soʻragan. MFY raisi bunday imtiyoz bilan mahalladan fuqarolar yuborilmaganligi, soʻrab surishtirilganida shahar miqyosida 3 nafar kam taʼminlangan fuqaro “Haj” safariga yuborilganligi hamda mazkur masala yuzasidan Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Olmaliq shahar boʻyicha bosh mutaxassisi Jamshid Pardayev (93-118-84-00) bilan bogʻlanishi mumkinligi haqida maʼlum qilingan.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri
#MUNOSABAT

⚠️ Telegram messenjeri orqali tarqalayotgan Toshkent viloyati Olmaliq shahrida qurilayotgan 9 qavatli obyektning holati tasvirlangan videolavha Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan o’rganilmoqda.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra obyektda qurilish-montaj ishlari to'xtatilgan hamda tegishli organlarga taqdim etish uchun zarur hujjatlar to'planmoqda. Yanada to‘liq tafsilotlar haqida tez orada ma'lumot beramiz!

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MUNOSABAT

😄 Toshkent viloyati Olmaliq shahri I.Karimov MFY hududida bunyod etilayotgan  9 qavatli turar-joy binosi qurilishida aniqlangan qoidabuzarliklar va sifatsiz bajarilgan ishlar:

•  ushbu turar-joy binosini qurishda SHNQ 2.01.03-19  “Zilzilaviy hududlarda qurilish” meʼyor talablari buzilgan holda kotlovan tayyorgarligi toʻgʻrisida geolog dalolatnomasi va zamin tuproq qatlami zichligi boʻyicha laboratoriya xulosalari toʻliq rasmiylashtirilmagan;
•  obyektning barcha qavatlarini koʻtarishda SHNQ 2.01.03-19  “Zilzilaviy xududlarda qurilish” meʼyor talablari buzilgan holda monolit-beton kontruksiyalarning mustahkamligi boʻyicha laboratoriya sinovlarining xulosalari olinmagan;
•  obyektda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilmagan.

😎Xavfsizlik lentalari tortilmay opalubka montaj ishlari bajarilgan. Shuningdek, opalubka montaj ishlarida loyihadan chetga chiqish holatlari kuzatilgan;
•  obyekt qurilishining  loyiha va qurilish meʼyorlari talablariga muvofiq amalga oshirilganligi yuzasidan ijro sxemalar, ishlatilgan qurilish materiallarining sifatini tasdiqlovchi pasport va sertifikatlar, yopiq ishlar dalolatnomalari SHNQ 3.01.01-03 talablarida belgilangan ijro hujjatlari toʻliq rasmiylashtirilmagan.

Bugungi kunda qurilish montaj ishlari vaqtincha toʻxtatilganini maʼlum qilamiz.

Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan qoidabuzarliklarni loyiha va qurilish meʼyorlari talablari asosida bartaraf etilishi yuzasidan texnik nazoratchi hamda pudratchi masʼullariga tegishli koʻrsatmalar berilgan.

Pudrat tashkiloti rahbari Oʻzbekiston Respublikasi ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 99-moddasiga asosan jarimaga tortilgan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram | Youtube|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

⚡️⚡️⚡️

Olmaliq shahri va Piskent tumanini bogʻlovchi yoʻlning taʼmirtalabligi boʻyicha

Ayni kunlarda OKMK asfaltsozlari tomonidan shahrimizning markaziy koʻchalariga eltuvchi M.Ulugʻbek koʻchasidan Mis kompleksi sanoat zonasigacha boʻlgan 6 km uzunlikdagi katta trassaga asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.

Rejaga asosan 60 ming kv.metrdan ziyod maydonga asfalt qoplamasi yotqizilishi koʻzda tutilgan. OKMK Trestining Qurilish materiallari va konstruksiyalari ishlab chiqarish boshqarmasiga qarashli 4-maxsus ishlar uchastkasti boshligʻi Akrom Mirahmedov rahbarligida serqatnov ushbu yoʻlda ishlar 2 smenada tashkil etilgan.

Hozirda shahrimizning M.Ulugʻbek koʻchasidan “Ammofos-Maksam” korxonasigacha boʻlgan hududdagi yoʻldagi chuqurchalar yamalmoqda. Shundan soʻng, birinchi qoplama asfalt(40 mm) va asosiy asfalt qoplamasi(30 mm) yotqiziladi.

Maʼlumot uchun: kombinat yoʻlsozlari tomonidan jami boʻlib shahrimiz koʻchalarining 50 680 m kvadrat hududi asfaltlanishi koʻzda tutilgan.‌‌

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
#munosabat

⚡️ Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2017-yil yanvardagi “Shifoxonalarda ichki infeksiyaning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi SanQvaM №0342-17 sonli buyrugʻining 5-ilovasi 1,9 bandini, Toshkent viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasining 2023-yil 3-maydagi 06-06736-sonli koʻrsatma xati hamda Olmaliq shahar Tibbiyot birlashmasining 2023-yil 3-maydagi 411-sonli xatiga asosan Olmaliq shahar Tugʻruq boʻlimi joriy yil 5-maydan navbatdan tashqari tozalash ishlari olib borilishi uchun faoliyati vaqtincha toʻxtatilgan.

📌 Ayni kunda ham boʻlimda sanitar tozalash ishlari davom ettirilmoqda. Dezinfeksiya va dezinseksiya ishlari yakunlangach, Olmaliq shahar Sanitariya-epidemiologiya, jamoat osoyishtaligi va salomatligi boʻlimining ruxsati bilan shahar Tugʻruq boʻlimi oʻz faoliyatini davom ettiradi.

❗️ Olmaliq shahar Tugʻruq boʻlimining vaqtincha faoliyat yuritmagan kunlarida shahrimizdagi homilador, tugʻadigan va tuqqan ayollar Toshkent viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasining 2023-yil 4-maydagi 03-06747-sonli koʻrsatma xatiga koʻra, Piskent, Ohangaron tumanlari hamda Nurafshon va Ohangaron shaharlari Tibbiyot birlashmalariga qarashli Tugʻruq boʻlimlariga qabul qilinishi belgilangan.

👉 Bugun, 10-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda shahar Tugʻruq boʻlimi bilan bogʻliq asossiz tarqalgan holat Olmaliq shahar tugʻruq boʻlimiga aloqasi yoʻqligini maʼlum qilamiz.

Malika Umrzoqova,
Olmaliq shahar
Tugʻruq boʻlimi bosh shifokori.

Kanalga ulanish
⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat
#OAV_nigohida

⚡️Olmaliqdagi doʻkonda erkak tomonidan kaltaklangan qiz voqeasi: zoʻravonlikka yoʻl qoʻyilmaydi!

Batafsil: “Sevimli” TVning “Zamon” dasturida.
Muallif: Elyor Goʻroʻgʻliyev.

@Olmaliq_shahri
#munosabat

⚡️ Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliq shahri markazida joylashgan "Oydin" dehqon bozoriga olib boruvchi piyodalar yo‘lagi yopilib bozorga aylanib ketganidan shikoyat qilinib, mas’ullardan holatni nazoratga olib, chora ko‘rishlari so‘ralgan.

📌 Mazkur holat bo‘yicha shahar Davlat soliq inpeksiyasi va Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan bir necha bor tartibga solish ishlari olib borilgan bo‘lishiga qaramay, holat qayta takorlanmoqda. Hatto tartibga solish jarayoni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, jamoat tomonidan noto‘g‘ri talqin etilish holatlari kuzatilgan. Boshqa ish taklif qilinishiga qaramay "tadbirkorlar" piyodalar yo‘lagida narsa-buyumlar sotishda davom etmoqda.

Tez kunlarda ushbu holat bo‘yicha mas’ul idoralar Axborot xizmatlari tomonidan qo‘shimcha ma’lumot berilishiga umid qilamiz.

@Olmaliq_shahri
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

KUN.UZ SAYTIDA EʼLON QILINGAN TANQIDIY MATERIAL YUZASIDAN

Kun.uz jurnalisti Shokir Sharipov jurnalist surishtiruvi oʻtkazib, unda Toshkent viloyati hokimligi tomonidan fermer Bekzod Sheronovning yerini noqonuniy olib qoʻyilgani haqida xabar tarqatgan. Surishtiruv muallifi fermerning yeri Olmaliq shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” massivini qurish uchun joʻrttaga olib qoʻyilganini qayta-qayta taʼkidlaydi, mutasaddilar vaziyatga izoh bermaganiga urgʻu qaratadi. Xoʻsh, aslida vaziyat qanday?

Mazkur surishtiruv suratga olinayotganda Olmaliq shahri hokimi Qobil Hamdamov va boshqa mutasaddilar jurnalist Shokir Sharopov bilan uchrashishgan, intervyular berilgan. Ammo, jurnalist faqat bir tomonning fikri bilan internetda material eʼlon qilgan va holatga ishora qilib, inson, jamiyat haqida diniy-falsafiy xulosalar keltirib, jamoatchilikni chalgʻitishga uringan.

Jurnalist mazkur voqealar zanjirini har ikki gapning birida viloyat hokimi Zoyir Mirzayevga bogʻlaydi, aniq misollar keltirmaydi, faqat farazlarini bildirish bilan cheklanadi. Haqiqat shuki, Olmaliq shahrining bosh rejasi ishlab chiqilganda, Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimida ishlamas edi.

Toshkent viloyati hokimligi mazkur jurnalist surishtiruvini noxolis axborot bilan omma fikrini chalgʻitish hamda tuhmat va haqoratdan iborat kontent, deb hisoblaydi, belgilangan tartibda huquq-tartibot idoralariga murojaat qiladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MINENERGY.UZ
#munosabat

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar va internet saytlarida respublikadagi metan zapravkalarida ish vaqti soat tonggi 6:00 dan soat 15:00 ga qadar cheklanganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda “Hududgazta’minot” AJ shuni ma’lum qiladiki, mamlakatimizda havo haroratining sovib borishi tufayli aholi orasida tabiiy gazga talab birmuncha oshdi. Bu esa, o‘z navbatida, aholi iste’molining ko‘payishiga, pirovardida, gaz bosimining sezilarli pasayishiga olib keldi.

Qolaversa, 7 – 16-dekabr kunlari oralig‘ida kutilayotgan (8 dekabrda 0 daraja, 12-dekabrda -16 daraja) sovuq ob-havo sharoitida ham gaz bosimining pasayishi kutilyapti. Shundan kelib chiqib, aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida metan zapravkalari ishlash vaqtini cheklash choralari ko‘rilmoqda. Rejaga muvofiq, metan zapravkalari soat 6:00 dan soat 15:00 ga qadar ishlaydi.

Mazkur vaqtinchalik cheklov aholi iste’molchilari hamda ijtimoiy obyektlarni tabiiy gaz bilan bir maromda ta’minlash maqsadida ayni paytgacha respublikamizning barcha hududida kiritildi.

Iste’molchilardan yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda, vaziyat barqarorlashgunga qadar tejamkorlikka rioya qilishlarini so‘raymiz.

AGTKSHlar faoliyatida o‘zgarishlar kuzatilsa, qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi.

Energetika vazirligi Axborot xizmati,
“Hududgazta’minot” AJ Matbuot xizmati.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube