Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
3.05K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
113 files
8.62K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
Халқ депутатлари кенгаши сессиясида Тошкент вилоятини комплекс ривожлантириш бўйича асосий йўналиш ва вазифалар муҳокама қилинди.
Чирчиқ шаҳрини замонавий инновациялар ва инвестициялар шаҳрига айлантириш, шу намуна асосида вилоятнинг бошқа шаҳарларини ҳам комплекс ривожлантириш бўйича дастурлар ишлаб чиқиш вазифаси қўйилди.
Мутасадди раҳбарлар Президент айтган устувор вазифалар ижросини ташкил этиш юзасидан халқ депутатлари олдида ҳисобот берди.

Основные направления и задачи комплексного развития Ташкентской области обсуждены на сессии кенгаша народных депутатов.
Поставлена задача превратить Чирчик в город инноваций и инвестиций, на основе этой модели разработать программы комплексного развития остальных городов области.
Ответственные руководители доложили депутатам о предстоящей работе по исполнению поставленных Президентом приоритетных задач.

#Mirziyoyev #safar #Toshkentviloyati #sessiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Sessiya
#Deputatga_eslatma

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari va hokim o'rinbosarlari diqqatiga!

⚡️Bugun, 2021-yilning 23-mart kuni soat 17:00 da shahar hokimligining kichik majlislar zalida Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining sessiyasi o'tkaziladi.

Kun tartibi: "Shaharda "Obod mahalla" dasturini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash to'g'risida".

Sessiya qatnashchilarini ro'yxatga olish soat 16:50 da yakunlanadi.

@olmaliq_deputatlari
Лойиҳа_матни_-_458211-(458281).pdf
253.5 KB
#Rasmiy
#E'lon
#Sessiya_chaqirish_to'g'risida

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining navbatdagi 48-sessiyasi 2022-yilning 22-fevral (seshanba) kuni soat 17:00 da shahar hokimligi katta majlislar zaliga chaqiriladi.

Sessiya ishida ko'rib chiqiladigan masalalar va taklif etilgan ishtirokchilar ro'yxati shahar hokimining qaroriga ilova qilingan.

Sessiya qatnashchilarini ro'yxatga olish soat 16:50 da yakunlanadi.

Kengash kotibiyati.

https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy

#sessiya

Kengash tomonidan dolzarb masalalar koʻrib chiqildi

⚡️Kuni kecha Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining navbatdagi 64-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya kun tartibida deputatlar tomonidan quyidagi masalalar koʻrib chiqilib, muhokamalardan soʻng tegishli qarorlar qabul qilindi:

- Olmaliq shahridagi ayrim mahallalarning hududlari chegaralariga oʻzgartirish kiritish, baʼzi geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisida;
- Olmaliq shahar mahalliy byudjetining 2022-yil yakuni ijrosi toʻgʻrisida;
- Mahalliy budjetning 2023-yilda shakllanishi kutilayotgan qoʻshimcha manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida;
- Shahar mahalliy byudjet xarajatlar yoyilmasiga 2022-yillik kiritilgan oʻzgartishlar toʻgʻrisida;
- Moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
#sessiya

⚡️Joriy yilning 31-mart kuni Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining navbatdagi 6-chaqiriq 69-sessiyasi bo'lib o'tdi.

Sessiya yig'ilishi kun tartibida quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:

📌 1. Olmaliq shahrida referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni refendum o‘tkazuvchi okrug komissiyasiga tavsiya etish to‘g‘risida.

📌 2. Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash to‘g’risida.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Fasebook | You tube
#Sessiya
#Saylov_2024

Okrug saylov komissiyalari a'zoligiga nomzodlar tavsiya qilindi

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining 99-sessiyasi bo'lib o'tdi. Sessiya kun tartibida 3 ta masala ko'rib chiqildi.

Jumladan, bugun deputatlarimiz kutilayotgan saylovlarda Toshkent viloyati Kengashi deputatligi uchun bo'ladigan saylovlarni o'tkazuvchi okrug saylov komissiyalari a'zoligiga nomzodlarni tavsiya qilish haqida qaror qabul qildilar. Viloyatda ja'mi 60 ta okrug tuzilgan bo'lib, shundan 3 ta okrug Olmaliq shahriga ta'luqli. Deputatlarimiz 3 ta okrug komissiyalari a'zoligiga 11 nafardan ja'mi 33 nafar nomzodni hududiy saylov komissiyasiga tavsiya qildilar. Endi hududiy saylov komissiyasi ushbu nomzodlarni tasdiqlash haqida qaror qabul qilishi kerak.

Kengash kotibiyati

https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy
#Sessiya

“Sayxunobod”, “Uychi”, “Gʻijduvon” va “Zarbdor” tajribasi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining navbatdan tashqari 100-sessiyasi bo'lib o'tdi. Sessiya kun tartibida bitta masala ko'rib chiqildi. Olmaliq shahar hokimining “Sayxunobod”, “Uychi”, “Gʻijduvon” va “Zarbdor” tajribasi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar to'gʻrisidagi hisoboti eshitildi. Shahar hokimi o'z hisobotida erishilgan natijalar bilan bir qatorda kamchiliklarga yo'l qo'yayotgan ayrim mutasaddilar, bank rahbarlari va hokim yordamchilari haqida to'xtaldi. Deputatlar mas'ullar oldidagi navbatdagi dolzarb vazifalarni belgilash bilan birga kamchiliklarga yo'l qo'yib kelayotgan mas'ullarga chora ko'rish haqida qaror qabul qildilar.

Kengash kotibiyati.

https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy
#Sessiya

Yana bir qator tuman-shaharlarga hokimlar tasdiqlandi

Xalq deputatlari tuman-shahar Kengashlarining sessiyalarida nomzodlari koʻrsatilgan quyidagi hokimlar oʻz lavozimiga qayta tasdiqlandi.

▫️Alisher Rayimov -Angren shahar hokimi;

▫️Nasrullo Babayev - Bekobod shahar hokimi;

▫️Ilhom Kilichxonov -Nurafshon shahar hokimi;

▫️Odiljon Ataullayev - Yangiyoʻl tumani hokimi;

▫️Toʻra Bobolov - Oqqoʻrgʻon tumani hokimi;

▫️Shuhrat Doʻsbekov - Bekobod tumani hokimi;

▫️Sherzod Salixov - Chinoz tumani hokimi;

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter