#jarayon
⚡️Bugun 29-yanvar kuni soat 05-00dan boshlab Uvaysiy MFY hududida vaqtinchalik oʻchib qolgan tabiiy gaz sababli, Olmaliq shahar FVB va “Olmaliqshahargaz” taʼminoti hamda hamkor tashkilotlar xodimlari ishtirokida isteʼmolchilarga tabiiy gaz berilishi oldidan aholini gaz bilan bogʻliq sodir boʻlishi mumkin boʻlgan koʻngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida ogohlantirish ishlari olib borilmoqda.
Kanalga ulanish⤵️
@Olmaliq_shahri

Aholiga qulay sharoit yaratish yoʻlida
⚡️Olmaliq shahar sektor rahbarlari boshchiligida shahrimizning “Ehtirom” koʻchasi markaziy yoʻlidagi tirbandlikning oldini olish, aholining harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida “Oydin” dehqon bozori va Ulugʻbek koʻchasi, 80-uyning oralig‘idan oʻtgan yoʻlga beton qoplamasi yotqizilishidan oldingi demontaj ishlari boshlab yuborildi.
📌Aytish joizki, ushbu yoʻl ilgaridan boʻlgan, ammo bozorga yondosh hudud boʻlgani tufayli tadbirkorlar tomonidan noqonuniy egallanib, yoyma bozorga aylantirib olingandi. Yo‘l taʼmirlash ishlari ob-havo sharoitidan kelib chiqib, tez kunlarda yakunlanishi hamda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

#kommunal_soha_faoliyatidan
#jarayon
⚡️ Koʻchada sharros yomgʻir yogʻmoqda. Tozaligimiz posbonlari esa har qanday ob-havo sharoitida zimmalaridagi vazifalarni sidqidildan ado etib kelishmoqda.
📌 Jumladan, bugun ham Olmaliq shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan chiqindilar oqibatida toʻlib qolgan irrigatsiya tarmoqlari ochilmoqda.
Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri
Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn #jarayon
#sayyor_qabul
#ochiq_muloqot
⚡️ Olmaliq shahar sektor rahbarlari qabuliga “Boʻston” MFYda yashovchi fuqarolar koʻcha yoritgich chiroqlari ustunlarini almashtirish hamda daydi itlarni nazoratga olish masalalari boʻyicha kelishdi. Mutasaddilar tayanch ustunlarni almashtirish uchun "Openbudjet" loyihasiga tashabbus kiritish va ushbu jarayon start olganda mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolar ovoz toʻplashda faol boʻlishi lozimligini taʼkidlashdi.
📌 Shuningdek, aholi xavfsizligi uchun qarovsiz itlarni ushlab, tegishli jamiyatga topshirish boʻyicha shahar Obodonlashtirish boshqarmasi rahbari Qudrat Rahimovga topshiriq berildi.
Qabul davom etmoqda.

Xotin-qizlar uchun boʻsh ish oʻrinlari mavjud
⚡️Olmaliq shahar hokimligi, Oila va xotin qizlar boʻlimi, IIB xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektori G.Sabriyeva bilan hamkorlikda “Elegant Garment tekstil” korxonasidagi xotin-qizlarga yaratilgan shart-sharoitlar oʻrganilib, suhbatlar oʻtkazildi.
📌 Suhbat jarayonida korxonaga Yuqori Chirchiq, Ohangaron, Piskent tumanlaridagi ayollar qatnab ishlayotganligi, ham oilasi, ham ishiga ulgurayotganligi va barcha sharoitlar yaratilganligi toʻgʻrisida to‘xtalishdi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, shahrimizdagi ishsiz, uyda oʻtirgan ayollarimizni ham ushbu korxonaga ishga taklif qilamiz.

⚡️ Olmaliq shahar hokimi qabuliga fuqaro qizlarining bandligi taʼminlash masalasida murojaat qilib keldi.
- Qizingizni hozir ishga joylashtiramiz. Ikkinchisi nima ish qiladi?
- Ikkinchisi tikuvchilikda oʻqiyapti hozir.
- Yoshi nechada?
- 26 yosh.
- Uni ham ishga joylashtiramiz. Fabrikada ishlasin, - dedi shahar hokimi Qobil Xamdamov.

⚡️1-sektor shtabida davom etayotgan qabulda Oliy Majlis deputati Adham Nazirqulov ham ishtirok etmoqda.
Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri
Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
#jarayon
⚡️ Toshkent viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi huzuridagi maxsus ekspluatatsiya montaj boʻlinmasi tomonidan Olmaliq shahridagi barcha piyodalar oʻtish joylariga yoʻl yotiq chiziqlari chizish ishlari amalga oshirilmoqda.

Yangi O‘zbekiston massivida maktab qurilishi boshlanmoqda
⚡️Shahrimizning Abdulla Qahhor mahallasidagi bo‘sh yer maydoniga Yangi O‘zbekiston massivi hamda massiv uchun 960 o‘rinli maktab qurilishi boshlanmoqda.
📌Shu munosabat bilan mazkur xayrli ish oldidan shahrimiz sektor rahbarlari nuroniylar boshchiligida yaxshi niyatlar bilan qurbonlik ato etishib, duoi fotihaga qo‘l ochdilar.

Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon
⚡️ RMMM markazi Olmaliq shahar boʻlinmasi va shahar Xalq taʼlimi boʻlimi, shahar “Maʼrifat” targʻibotchilari hamkorligida XTB boʻlimi tasarrufidagi 17-umumiy oʻrta taʼlim maktabida yangilanayotgan Konstitutsiya targʻibotiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
📌 “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya oʻzimizniki!” shiori ostida boʻlib oʻtgan ushbu targʻibot tadbirida maktab xodimlari, oʻquvchilarning ota-onalari hamda masʼullar ishtirok etdi.
♻️Tadbir davomida asosiy Qonunimiz mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etish yoʻlida qoʻlga kiritilayotgan barcha yutuq va marralarimizning xuquqiy poydevori ekanligi, shuningdek, 30-aprel kuni boʻlib oʻtadigan referendumda har birimiz ishtirok etib oʻz fuqarolik burchimizni bajarishimiz lozimligi alohida qayd etildi.
✅“Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya oʻzimizniki!” shiori ostidagi targʻibot tadbirlari Olmaliq shahar boʻylab davom etmoqda.

Ayni damda shahrimizning "Oltin olma" xiyobonida "Yurtim munavvar oqshomlari" dasturi bo‘lib o‘tmoqda.

#olimpiada
⚡️O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Chirchiq Davlat Pedagogika Universitetining 2023-yil 30-martdagi 01-01/1138-sonli xatiga asosan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi "Kimyo va biologiya yo'nalishlarida uzluksiz ta'lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish to’g’risida"gi PQ-4805-sonli qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida Olmaliq shahar XTB ga qarashli 7-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida ayni paytda kimyo, biologiya, fizika fanlaridan fan olimpiadasining 1-bosqichi bo’lib o‘tmoqda.
📌 Fan olimpiadasi Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti Professor o'qituvchilari tomonidan o'tkazilmoqda.
Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri
Web-site | Telegram | Fasebook | You tube

Forwarded from QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI
#JARAYON
➖ Ishchi guruhning bugungi o‘rganish ishlari Olmaliq shahrida davom etdi. Shaharda jami 676 ko‘p qavatli uy mavjud. Mutasaddilar ko‘p qavatli uylarning holatini ko‘zdan kechirib, undagi bir qator muammolarga guvoh bo‘ldilar. Mazkur uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv tashkilotlari faoliyati o‘rganildi.
Shahardagi 37 ta ko‘p qavatli uyga xizmat ko‘rsatuvchi "Injener ramz" boshqaruv tashkiloti tomonidan aholiga xizmat ko‘rsatish sohasidagi kamchiliklar tanqid ostiga olindi. Faoliyati qoniqarsiz deb topilgan boshqaruv tashkilotiga mazkur muammolarni bartaraf etish uchun muddat belgilanib, qat’iy ogohlantirildi. Boshqaruv tashkiloti faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish uchun vazirlikdan mas’ul biriktirildi.
Olmaliq shahrida faoliyat yurituvchi, dastavval uy-joy mulkdorlari shirkati bo‘lgan "Mamlakat ona kelajak" BSK ish faoliyatini ham yaxshi deb bo‘lmaydi. 17 ta uyga xizmat ko‘rsatuvchi BSK obodonlashtirish ishlariga deyarli e’tibor bermagan. Dam olish o‘rindiqlari, bolalar maydonchalari ta’mirtalab holatda. Shuningdek, ushbu qurilmalar xavfsizlik talablariga ham umuman javob bermaydi. Aholi tushumlari 97 foiz bo‘lishiga qaramay, boshqaruv tashkiloti tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan ushbu kamchiliklar ish faoliyati tartibsiz tashkil etilganligini ko‘rsatadi.
Mutasaddilar mazkur kamchiliklarni qisqa vaqt ichida bartaraf etish yo‘llarini muhokama qildilar. Bunda boshqaruv tashkilotlar faoliyatini ko‘rib chiqish, sohada raqobat muhitini yaratish choralarini ko‘rish lozimligi ta’kidlandi.
Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|

⚡️Toshkent viloyat ishchi guruhi Olmaliq shahrida viloyat hokim maslahatchisi Sh. Xoʻjayeva (ishchi guruh rahbari), Kadastrlar agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi Bino va inshootlar davlat kadastrini yuritish bo‘limi boshlig‘i R. Kuriyazov hamda Olmaliq shahrida tuzilgan ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda tashqi reklama vositalarining holatlari boʻyicha oʻrganishdi.
✨Maqsad, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-avgust kuni Toshkent viloyatiga tashrifi davomida viloyatdagi ko‘cha va tashkilotlarning nomlari, peshlavha, reklama va e’lonlardagi, shuningdek avtomobil yo‘llarida o‘rnatilgan yo‘l belgilari va axborot ko‘rsatkichlaridagi yozuvlarning davlat tili qoida va me’yorlariga, qonunchilik hujjatlariga hamda milliy qadriyatlarga mos, bexato yozilganligini o‘rganilishi va tartibga solinishi yuzasidan berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash.
Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri
Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
⚡️Toshkent viloyat ishchi guruhi Olmaliq shahrida viloyat hokim maslahatchisi Sh. Xoʻjayeva (ishchi guruh rahbari), Kadastrlar agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi Bino va inshootlar davlat kadastrini yuritish bo‘limi boshlig‘i R. Kuriyazov hamda Olmaliq shahrida tuzilgan ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda tashqi reklama vositalarining holatlari boʻyicha oʻrganishdi.
✨Maqsad, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-avgust kuni Toshkent viloyatiga tashrifi davomida viloyatdagi ko‘cha va tashkilotlarning nomlari, peshlavha, reklama va e’lonlardagi, shuningdek avtomobil yo‘llarida o‘rnatilgan yo‘l belgilari va axborot ko‘rsatkichlaridagi yozuvlarning davlat tili qoida va me’yorlariga, qonunchilik hujjatlariga hamda milliy qadriyatlarga mos, bexato yozilganligini o‘rganilishi va tartibga solinishi yuzasidan berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash.
Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri
Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#Jarayon
HUDUDIY TRANSPORT BOSHQARMALARIDA AVTOMATLASHTIRILGAN DISPETCHYERLIK XIZMATLARI TASHKIL ETILADI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-59-sonli qarorining 3-bandiga asosan, Toshkent viloyatida 2024-yilda shaharlarda avtobus yo‘nalishlarining yangi tarmog‘i joriy etilishini, avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi va avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilishi belgilangan.
Bugungi kunda Transport boshqarmasi huzurida “Toshkent yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish" davlat muassasasi tashkil etilgan bo‘lib, ushbu muassasada 2024-yilda avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmati faoliyat olib borishi, viloyatning 7 ta shahrida shahar ichi avtobus yoʻnalishlari dispetcherlik xizmatiga ulanishi rejalashtirilgan.
Avtomatlashtirilgan dispetcherlik markazi Toshkent viloyati Transport boshqarmasida tashkil etilib, yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Hozirda viloyatda yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonalar tomonidan jamoat transporti harakatlanishini nazorat qilish uchun 50 dan ortiq korxonalarda dispetcherlik xizmatlari tashkil qilingan.
🌐 Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter

🏥 Bugun, Respublika Shoshilinch Tibbiy Yordam Ilmiy Markazi Toshkent viloyati filialida ilk bor buyrak koʻchirib oʻtkazish amaliyoti bajarildi.
🔬 Ushbu noyob va murakkab jarrohlik amaliyoti natijasida 50 yoshli onaxon oʻz oʻgʻliga donorlik qildi.
🩻 Bemor J.Ya 1996-yilda Toshkent viloyati Chirchiq shahrida tugʻilgan “Surunkali buyrak yetishmovchiligi” tashxisi bilan “D” nazoratida turadi. 2023-yil iyul oyidan buyon Gemodializ seansini olib kelgan.
❇️Ushbu jarrohlik amaliyotini RSHTYOIMning “Transplantologiya” boʻlimi ilmiy rahbari F.A.Xadjibayev boshchiligida ishchi guruh hamda, filial xodimlari tomonidan amalga oshirildi.
✅Har ikkala bemorning ahvoli jarrohlik amaliyotidan soʻng qoniqarli ahvolda, bemorga koʻchirib oʻtkazilgan buyrak oʻz faoliyatini bajara boshladi va 120 ml peshob ajralishi kuzatildi. Xozirda har ikkala bemor ham jonlantirish boʻlimida shifokorlar nazoratida davo muolajalarini davom ettirmoqda.
🌐 Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitterr