#kun_tarixi
Bugun – buyuk shoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga 540 yil toʻldi
Ulugʻ oʻzbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi, markazlashgan davlat — Boburiylar saltanati asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilning 14-fevralida Andijonda tugʻildi. Bobur Amir Temurning beshinchi avlodi, Fargʻona hukmdori Umarshayxning farzandidir.
Boburdan avlodlarga beqiyos adabiy va ilmiy meros qolgan. Shoir 119 gʻazal, bir masnu sheʼr, 209 ruboiy, 10 dan ortiq tuyuq va qitʼalar, 50 dan ortiq muammo va 60 dan ziyod fardlar yozgani, devoni tarkibida umumiy hajmi 270 baytdan iborat 8 masnaviy oʻrin olgani haqida maʼlumotlar bor. “Mubayyin” (“Bayon etilgan”), “Xatti Boburiy”, “Harb ishi”, aruz haqidagi risolalari esa islom qonunshunosligi, sheʼriyat va til nazariyasi sohalariga oid benazir manbalardir.
Bori elga yaxshiligʻ qilgʻilki, mundin yaxshi yoʻq -
Kim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshiligʻ.
Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri
Web-site | Telegram | Faсebook | You tube