Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
3.05K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
113 files
8.62K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
#taʼlim
#tanqiddan_so‘ng

Tahlil: maktablarda nega jinoyat soni oshmoqda?

⚡️Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida 8-oktyabr kuni xalq taʼlimi tizimi faoliyatiga bagʻishlangan yigʻilishda Olmaliq shahri maktablari oʻquvchilari oʻrtasida jinoyat soni oshib ketgani tanqid ostiga olingandi.

📌 Mazkur muloqotdan soʻng аyni damda Olmaliq shahar hokimi oʻrinbosari Sohib Axmedov va shahar Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri Gʻayrat Xamirov raisligida 19-ixtisoslashgan davlat umumtaʼlim maktabida taʼlim sifati boʻyicha tahliliy-tanqidiy ruhdagi yigʻilish oʻtkazilayapti.

🔰 Yigʻilishda shahar XTB tasarrufidagi maktablarning direktorlari va direktor oʻrinbosarlari hamda OAVlari vakillari ishtirok etmoqda.

Kanalga ulanish: @Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#taʼlim
#tanqiddan_so‘ng

"Jinoyatchi boʻlganidan koʻra chempion boʻlmaydimi?"

⚡️Bugun shahrimizdagi maktablar mutasaddilari ishtirokidagi yigʻilishda viloyat hokimi Zoir Mirzayevning tanqidlaridan toʻgʻri xulosa chiqarish, kamchiliklarni bartaraf etishga eʼtibor qaratildi.

📌 Yigʻilish davomida shahardagi har bir maktabning milliy reyting boʻyicha 8 ta yoʻnalishi asosidagi koʻrsatkichlariga alohida toʻxtalindi. Yutuq va kamchiliklar roʻy-rost aytildi. Har bir maktab rahbari yoʻl qoʻygan xato va kamchiliklari uchun hisob berdi.

❇️ Oʻquvchilar oʻrtasida jinoyat sodir etish holati borligi achinarlidir. Olmaliq shahrida 2022-yilning 9 oyi davomida 10 ta maktabning (1-,6-,8-,11-,14-,17-,19-, 21-,22-,23-maktab) 13 nafar oʻquvchisi tomonidan 8 ta jinoyat sodir etilgan. Bu borada har bir maktab rahbari olib borilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi. Amalga oshirilishi kerak boʻlgan ishlar rejalashtirilib olindi.

Kanalga ulanish: @Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube