Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
3.05K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
113 files
8.62K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
#Rasmiy

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi to'g'risida

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining VI chaqiriq navbatdagi 46-sessiyasi 2022-yil 18-yanvar (seshanba) kuni soat 17:00 da Olmaliq shahar hokimligi katta majlislar zaliga chaqiriladi.

Sessiya kun tartibi👉https://telegra.ph/Xalq-deputatlari-Olmaliq-shahar-Kengashining-VI-chaqiriq-navbatdagi-46-sessiyasi-kun-tartibi-01-11

Eslatma: Ishtirokchilarni ro'yxatga olish soat 16:50 da yakunlanadi.

Rasmiy kanalga ulanish:https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy
#Rasmiy
#E'lon

Olmaliq shahar hokimining "Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining oltinchi chaqiriq navbatdagi 47-sessiyasini chaqirish to'g'risida"gi Qarori imzolandi.

https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy
Лойиҳа_матни_-_458211-(458281).pdf
253.5 KB
#Rasmiy
#E'lon
#Sessiya_chaqirish_to'g'risida

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining navbatdagi 48-sessiyasi 2022-yilning 22-fevral (seshanba) kuni soat 17:00 da shahar hokimligi katta majlislar zaliga chaqiriladi.

Sessiya ishida ko'rib chiqiladigan masalalar va taklif etilgan ishtirokchilar ro'yxati shahar hokimining qaroriga ilova qilingan.

Sessiya qatnashchilarini ro'yxatga olish soat 16:50 da yakunlanadi.

Kengash kotibiyati.

https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy
#E'lon
#Rasmiy

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining VI chaqiriq 51- sessiyasi 2022-yil 29-aprel (juma) kuni shahar hokimligi kichik majlislar zalida bo'lib o'tadi.

Sessiya kun tartibida

1."Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining Reglament va deputatlik odobi masalalari bo'yicha doimiy komissiyasining 2022-yil 20-apreldagi hulosalari to'g'risida" ;
2. Boshqa masalalar.

Ko'rib chiqilishi rejalashtirilgan.

Sessiya ishi doimiy komissiya tavsiyasiga asosan, yopiq tarzda ko'rilishi kutilmoqda.

https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy
#Rasmiy

Muddatidan avval bo'shagan Olmaliq shahar 3, 8, 11, 28-saylov okruglarida Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatligiga saylovlar e'lon qilinadi.

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining 2022-yil 14-iyunda bo'lib o'tgan 54-sessiyasi sessiyasi qarorlariga binoan mazkur saylovlar 2022-yil 17-iyul (yakshanba) kuni o'tkazilishi belgilandi.

Siyosiy partiyalar Qonunda belgilangan tartibda Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashiga saylov o'tkazuvchi shahar saylov Komissiyasiga murojaat qilishlari mumkin.

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi.

https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy
#Rasmiy
#E'lon

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining oltinchi chaqiriq navbatdagi 57-sessiyasi 2022-yil 19-avgust (juma) kuni soat 17:00 da Olmaliq shahar hokimligi katta majlislar zaliga chaqiriladi.

Sessiya kun tartibi.

https://t.iss.one/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy
#Rasmiy

Shavkat Joʻrayevich Rahimov Toshkent viloyati prokurori etib tayinlandi

Ayni paytda Toshkent viloyati hokimligida faollar yigʻilishi oʻtkazilmoqda. Majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nigʻmatilla Yoʻldoshev, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etmoqda.

Yigʻilishda Shavkat Joʻrayevich Rahimovni Toshkent viloyati prokurori sifatida tanishtirildi.

Shavkat Rahimov 1996-yildan buyon prokuratura organlarida faoliyat yuritib keladi. U 2011-yil mart oyidan boshlab Bosh prokuror oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Majlisda Nigʻmatilla Yoʻldoshev viloyatda qonun ustivorligini taʼminlash borasidagi mavjud vaziyat haqida tanqidiy-tahliliy nutq so'zladi.

✉️ Telegram 🌐 YouTube 📱Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
#Rasmiy

Kun.uz saytida eʼlon qilingan “Majlislar oʻlkasi” nomli maqola yuzasidan raddiya

🌐
BATAFSIL

️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#rasmiy

Tayinlov

Akbarov Elyor Ismoilovich – Toshkent viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

Elyor Akbarov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Olmaliq kon metallurgiya kombinati ijtimoiy obyektlar boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_bayonot

Toshent viloyati hokimligi tomonidan ota-onalarning iltimosiga koʻra, anomal ob-havo tufayli yuzaga kelgan murakkab shart-sharoit tahlil qilindi, ota-onalar kengashi vakillari bilan maslahatlashildi.

Xususan, kelayotgan besh kunlikda ham hudud anomal ob-havo taʼsirida boʻlishi haqidagi mutaxassislarning bildirgisi muhokama qilindi.

Shulardan kelib chiqqan holda, Toshkent viloyatida Maktabgacha taʼlim, Xalq taʼlimi, Oʻrta-maxsus taʼlimi muassasalarida oʻqishlar 23-yanvardan boshlanishi haqida qaror qabul qilindi.

Oʻz navbatida, viloyatdagi Oliy taʼlim muassasalarida oʻqishlarning boshlanish sanasi har bir oʻquv yurtining ichki imkoniyat va shart-sharoitidan kelib chiqib, rektorlar tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Toshkent viloyatida ish boshlayotgan “metan zapravka”lar va ularning ish grafigi

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

YOKUN.UZ cayti orqali “Uch oyda janob Hamdamovning 75 ta qarori maxfiy eʼlon qilingan – Olmaliqda oʻzi nimalar boʻlayapti?” sarlavhali maqolasi boʻyicha

BATAFSIL

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Fasebook | You tube
#rasmiy_munosabat

Tadbirkor Shohrux Roziqovning ijtimoiy tarmoqlardagi videomurojaati boʻyicha

Tadbirkor Shohrux Roziqovning ijtimoiy tarmoqlar orqali yoʻllagan videomurojaati Olmaliq shahar hokimligi va yer boʻyicha masʼullar tomonidan batafsil oʻrganib chiqildi.

Tadbirkor tomonidan cayyor savdo shoxobchasi uchun soʻralgan yer maydoni , yaʼni, Sh.Rashidov MFY Amir Temur koʻchasi “Adiat” nomli noturar joy obyekti oldi tomoni yoʻl yoqasida joylashgan boʻlib, mazkur yer maydoni avval ham “K-Savdo” elektron auksion savdosiga qoʻyilib avtomobil yoʻllari muhofaza hududi chegarasida joylashganligi hamda OKMK AJga qarashli yer maydoni ekanligi sababli rad etilgan. Shuningdek ushbu yer maydonini qayta auksionga qoʻyish imkoni mavjud emas.

Shu oʻrinda tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻymoqchi boʻlgan fuqarolarga ta`kidlab oʻtamizki, hozirda yer ajratish hokimlik vakolatiga kirmaydi. Bugungi kunda tadbirkorlik uchun davlatimiz va hukumatimiz tomonidan yurtimizda barcha shart-sharoitlar yaratilgan, yer maydoni olish shaffof tarzda olib borilayapti.

Eslatib oʻtamizki, ommaviy axborot vositalarida, jumladan, internet tarmogʻida asoslanmagan, oʻz tasdigʻini topmagan, noxolis va bir tomonlama maʼlumot tarqatgan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 40-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining jinoyat kodeksining 139-modda, 244⁶-moddalarida keltirilgan taʼsir choralari qoʻllanilishi belgilangan.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Fasebook | You tube
Forwarded from UzA | Tezkor xabarlar
#RASMIY

❗️РАСМАН: Ўзбекистон Республикаси Президентлигига кўрсатилган номзодлар рўйхатга олинди

Улуғбек Илёсович Иноятов, Халқ демократик партияси;

Шавкат Миромонович Мирзиёев, Тадбиркорлар ва ишбилармонлар ҳаракати – Ўзбекистон либерал-демократик партияси;

Робахон Анваровна Маҳмудова, Ўзбекистон “Адолат” социал-демократик партияси;

Абдушукур Худойқулович Ҳамзаев, Ўзбекистон Экологик партияси.

Каналга уланиш: 
@uzauz
#rasmiy

Viloyat soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Alovitdin Xusnitdinovich Inagamov
—  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishiga asosan Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

A. Inagamov  1980-yilda  Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 2009-yil Toshkent moliya institutini tamomlagan. Maʼlumoti   boʻyicha mutaxassisligi soliq va soliqqa tortish amaliyoti.

Lavozimga tayinlangunga qadar, Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

NURONIYLARGA “MEHNAT FAXRIYSI” KOʻKRAK NISHONI TANTANALI TOPSHIRILDI

Oʻzbekiston Respublika Prezidentining “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishonini taʼsis eti toʻgʻrisida“gi PQ-3133 sonli qaroriga asosan, Respublika ”Nuroniy" jamgʻarmasi Vasiy Kengashining Qaroriga koʻra, viloyatimizdagi bir guruh mehnat faxriylari va nuroniylar mazkur esdalik nishoni bilan taqdirlangan edi. Bugun Nurafshon shahrida koʻkrak nishonlari oʻz egalariga tantanali surʼatda topshirildi.

Marosimda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi va nutq soʻzladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Kuni kecha Olmaliq shahrining "Ramazon" mahallasidagi bir necha xonadondagi ichimlik suvi joʻmraklaridan qonli suv oqishi kuzatilgan.

Shahar "Suv ta’minoti" korxonasi mas’ullarining holat yuzasidan dastlabki ma’lumot berishicha, bu kushxonadagi oqova suv va ichimlik suv quvurining teshilib, oʻzaro qoʻshilib ketishi sababli kuzatilgan.

Ushbu holat zudlik bilan mas’ullar tomonidan nazoratga olinib, hozirda ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy #Tayinlov

Norboyev Ozodjon Sharofiddinovich "Toshkent suv taʼminoti" MChJ direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

O.Norboyev 1992-yilda Buxoro viloyati Olot tumanida tugʻilgan. Ma’lumoti – oliy. 2017-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filialini tamomlagan. 

Tayinlovga qadar "Toshkent suv taʼminoti" MChJ bosh muhandisi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM