Olmaliq shahar hokimligi va olmaliqliklarga oid ma'lumotlar
2.91K subscribers
33.6K photos
3.16K videos
121 files
8.63K links
Олмалиқ шаҳар ҳокимлиги ва олмалиқликларга оид маълумотлар

Мурожаатлар учун: @OLMALIQHOKIMLIGI_BOT
Download Telegram
#keksalari_eʼzoz_topgan_yurt
#maʼnaviy_maʼrifiy_tadbir

“Keksalar haftaligi” tadbirlari davom etmoqda


⚡️Respublikamizning barcha hududlarida boʻlgani kabi Olmaliq shahrida ham joriy yil 3-9-oktyabr kunlari “Keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish - xalqimizga xos ezgu fazilat” degan gʻoya ostida “Keksalar haftaligi” oʻtkazilmoqda.

📌Haftalik doirasida “Koinot”  mahallasidagi  15-umumiy oʻrta taʼlim maktabida shahar Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat shahar boʻlinmasi hamkorligida maktabning keksa faxriy oʻqituvchilariga maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

🔹Tadbirda shahar “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzosi, shoir Luqmon Musulmon ishtirok etib, keksalarga koʻrsatilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrliklar, ularni ijtimoiy faolligini oshirish va qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlar uchun rahmat aytdi.Ular uchun bir piyola choy tashkillanib, esdalik sovgʻalari tarqatildi.

@Olmaliq_shahri
#maʼnaviy_maʼrifiy_tadbir
#video #foto

Yangi Oʻzbekiston – maʼrifatli jamiyat

⚡️ Hozirgi kunda keng eʼtirof etilayotganidek, Yangi Oʻzbekiston – maʼrifatli jamiyat. Ayniqsa, oʻsib kelayotgan yosh avlod qalbida Ona-Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarimiz va qadimiy anʼanalarimizga hurmat hissini kuchaytirish, maktab taʼlimi bilan birga oʻquvchilarning intellektual qobiliyatlarini zamon talablari darajasida shakllantirishga yurtimizda alohida eʼtibor qaratilayotgani bejizga emas.

📌 Olmaliq shahar 1-IDUMda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Olmaliq shahar boʻlinmasi hamda shahar "Maʼrifat“ targʻibotchilar jamiyati hamkorligida ”Yangi Oʻzbekiston - maʼrifatli jamiyat“ shiori ostida ”Milliy qadriyatlarimiz va anʼanalarimiz" mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

📎 Tadbirni oʻtkazishdan maqsad farzandlarimizni milliy qadriyatlar, urf-odat va anʼanalarimiz asosida tarbiyalash, ularning maʼnaviy dunyosini boyitish, isteʼdodlarini roʻyobga chiqarish, ajdodlarga munosib avlod boʻlib ulgʻayishdan iborat.

🌐 Web-site | Telegram |📱 Faсebook |🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maʼnaviy_maʼrifiy_tadbir

⚡️ Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Olmaliq shahar boʻlinmasi hamda Yoshlar ishlari agentligi shahar boʻlimi hamkorligida bugun XTB tasarrufidagi 18-umumtaʼlim maktabida buyuk shoir Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan “Navoiy yodi-la yashaymiz mudom!” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

📌Unda shahar “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari, ota-onalar, oʻqituvchilar va yosh ijodkor oʻquvchilar ishtirok etishdi. Tadbir davomida ijodkor oʻquvchilar tomonidan Alisher Navoiy hayoti va ijodiga toʻxtalib, mavzuga oid sahna koʻrinishlari, raqslar ijro etildi.

Kanalga ulanish ⤵️
@Olmaliq_shahri

Web-site | Telegram | Faсebook | You tube